Musaeva Gulnora Abdulxamidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Viki texnologiyasi asosida talabalarning ingliz tilida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi (oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslikligi bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8716
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Fargona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09. raqamli Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Iminaxunova Iroda Xusainovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Merganova Nigora Mamadodilovna.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Viki texnologiyasi asosida talabalarning ingliz tilida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning ingliz tilda kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik va lingvodidaktik asosda, viki texnologiyasini kollaborativ yozuv, interfaollik, multimedia vositalari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlari orqali yozma nutqda sohaviy matnlarni samarali qo‘llash, ixtissoslikga oid matnlarni tuzish, tahrir qilish va tahlil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyati asoslangan;
ingliz tilda yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan semantik, funksional va strukturaviy til qiyinchiliklarini bartaraf etishga xizmat qiluvchi viki texnologiyasiga asoslangan tashkiliy-kommunikativ model, mushohada yuritish, fikr almashish, mustaqil qarorlar qabul qilish va kognitiv ko‘nikmalarni lingvodidaktik, psixologik, texnik va pedagogik mezonlarga mos holda mantiqiy-tuzilmaviy asosda loyihalash orqali takomillashtirilgan;
oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda autentik topshiriqlar asosida viki-essay, viki-glossary va peer-review algoritmlarini takomillashtirib, “process and product” didaktik ta’minotini yaratishda tashkiliy shart – sharoitlarni inobatga olish natijasida kompleks dasturlar rivojlantirilgan;
oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda reseptiv, reproduktiv, produktiv va reflektiv maqsadli mashq va topshiriqlar tizimining adaptivlik jihatini ifodalovchi aniq ko‘rsatkichlar hamda baholash mezonlari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozma nutq kompetensiyasini viki-texnologiyasidan foydalanish asosida rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
talabalarning ingliz tilida kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik va lingvodidaktik asosda, viki texnologiyasini kollaborativ yozuv, interfaollik, multimedia vositalari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlari orqali yozma nutqda sohaviy matnlarni samarali qo‘llash, ixtissoslikga oid matnlarni tuzish, tahrir qilish va tahlil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid tavsiyalari “Writing help: food ssiense and teshnology”nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil, 29 sentyabrdagi 438-son nashr ruhsatnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilda yozma nutq kompetensiyasini kasbiy shakllantirish bilan integratsiyasini ta’minlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
ingliz tilda yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda yuzaga keladigan semantik, funksional va strukturaviy til qiyinchiliklarini bartaraf etishga xizmat qiluvchi viki texnologiyasiga asoslangan tashkiliy-kommunikativ model, mushohada yuritish, fikr almashish, mustaqil qarorlar qabul qilish va kognitiv ko‘nikmalarni lingvodidaktik, psixologik, texnik va pedagogik mezonlarga mos holda mantiqiy-tuzilmaviy asosda loyihalashga doir takliflari “Writing help: food sciense and technology” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil, 29 sentyabrdagi 438-son nashr ruhsatnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilda yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda viki texnologiyasidan foydalanish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda autentik topshiriqlar asosida viki-essay, viki-glossary va peer-review algoritmlarini takomillashtirib, “process and product” didaktik ta’minotini yaratishda tashkiliy shart – sharoitlarni inobatga olish natijasida kompleks dasturlari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM nuharririyati tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlari ssenariysining 2024 yil fevral va may sonlarida dasturida foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-iyundagi 04-36-746-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, talabalarning ingliz tilida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda autentik materiallardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda reseptiv, reproduktiv, produktiv va reflektiv maqsadli mashq va topshiriqlar tizimining adaptivlik jihatini ifodalovchi aniq ko‘rsatkichlar hamda baholash mezonlariga oid takliflari “Writing help: food ssiense and teshnology” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil, 29 sentyabrdagi 438-son nashr ruhsatnomasi) Natijada, ingliz tilida talabalarning yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishga doir metodika ommalashtirilgan.