Qodirov Ilxomjon Tojiaxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi qazuvchi arilari (Hymenoptera: Sphecidae) faunasi», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B443.
Ilmiy rahbar: Axmedova Zuxra Yuldashevna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Xudaybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Musaev Dilshod Muxammadjanovich, biologiya fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi hududida Sphecidae oilasi vakillarining faunasining zamonaviy holatini baholash, ekologik xususiyatlarini ochib berish hamda ayrim turlarini molekulyar-genetik aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiyisida Ammophilinae, Sphecinae, Sceliphrinae kenja oilalariga mansub 8 avlod, 26 tur qazuvchi arilarning taksonomik tarkibi tahlil qilinib, tadqiqot hududi uchun 25 tur ilk bor aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida ilk bor uchratilgan turlarning morfologik va bioekologik xususiyatlari ochib berilgan;
Farg‘ona vodiyisida aniqlangan Sphecidae oilasi vakillarining 21 turi tuproqlarda, 3 turi turar joy binolarida, va 2 ta turi boshqa ari uyalaridan foydalanib uya qurishi aniqlangan;
qazuvchi arilar ozuqa zanjirida, ularning lichinkalarini – 11 tur Lepidoptera, 10 tur Orthoptera va 5 tur Aranei turkumi vakillarining lichinkalari bilan oziqlantirilishi isbotlangan;
Sphecidae oilasiga mansub ari turlarining imago bosqichidagi trofik aloqalarida o‘simliklar ishtiroki o‘rganilib, 19 oilaga mansub 30 tur o‘simlik nektarlari bilan oziqlanishi aniqlangan;
Farg‘ona vodiyisida tarqalgan Sphecidae oilasiga mansub arilar 9 ta zoogeografik guruhlarga kirishi kuzatilib, turlarning eng ko‘p uchrashi 42,3 % Transpalearktik guruh turlari, va 3,8 % eng kam qayd etilgan Palearktika –Efiopiya, Palearktik, Indo–Malay, va Palearktika – Efiopiya – Indo–Malay –Avstraliya guruhilarga mansub ekanligi aniqlangan;
fenotipik o‘zgaruvchanligi yuqori bo‘lgan qorinoyoqli mollyuskalar (Hygromiidae, Ariophantidae, Physidae, Planorbidae) rDNKsi 18S sohasi nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan va genetik materialdagi farqlar asosida o‘zgaruvchanlik sabablari ochib berilgan;
Podalonia, Ammophila, Sphex va Sceliphron avlodlariga mansub 10 turning mtDNK si COXI sohasi nukleotidlar ketma-ketligi aniqlangan va genetik materialdagi farqlar asosida o‘zgaruvchanlik sabablari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi qazuvchi arilari (Hymenoptera: Sphecidae) faunasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida, Sphecidae oilasi turlarining mtDNK (COXI) sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2024 yil 10 apreldagi ma’lumotnomasi). Natijada, S. flavipennis – OP856943, S. pruinosus – OP860922, A. sabulosa – OP601364, A. heydeni – OP601358, P. affinis – OR345346, P. ebenina – OR345060, P. hirsuta – OR342224, S. madraspatanum – PP598623, S. deforme – PP598621, S. destillatorium – PP598620 turlari uchun identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqiyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysi hududida tarqalgan qazuvchi arilarning 3 ta kenja oila 6 ta avlodga mansub 10 turga mansub - A. heydeni, A. sabulosa, E. dives, S. flavipennis, P. nudatus, P. viduatus, S. madraspatanum, S. deforme, Ch. femoratum, Ch. omissum) turlarining 10 nusxa namunalari Respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi” noyob obektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 7 oktyabrdagi 4/1255-2216-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Farg‘ona vodiysi hududlari bo‘yicha Institut kolleksiya fondini boyitish imkonini bergan.