Djuraev Murodjon Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Buxoro eski shahar qismidagi turar joylarni kichik hajmdagi mexmonxonalarga moslashtirish uslubllari”, 18.00.01 – Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/A178.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy rahbar: Reyimbaev Shuhrat Sadullaevich, arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.07.2024.A.20.11
Rasmiy opponentlar: Sultanova Dilshoda Namazovna, arxitektura fanlari doktori, professor; Atoshov Sanjar Baxodirovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro Eski shahar qismida joylashgan turar-joy binolarini saqlash, ularni kichik xajmdagi mehmonxonalarga moslashtirish uslublarini yaratish va modernizatsiya qilish borasida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro tarixiy shahar markazidagi turar-joylarning arxitekturaviy shakllanishida iqlimiy; mahalliy qurilish materiallari; fazoviy-funksional; an’anaviy ustachilik maktabi va ustalar tajribasi kabilar asosiy omillar sifatida belgilanib, hududda turar-joylar asosan bir hovlili (oddiy kosiblar va hunarmandlar uchun), ikki hovlili (ganchkor ustalar va boy mulkdorlar uchun) va uch hovlili (savdogarlar va dallollar uchun) shaklda qurilganligi asoslangan;
turar-joy binolarining badiiy qiymatini aniqlashda hamda kichik hajmdagi mexmonxonalarga moslashtirishda davlat muxofazasiga tavsiya qilinadigan yirik arxitektura binolari; mahalliy darajada muxofazalashga loyiq binolar; me’moriy-badiiy jihatdan o‘ziga hos mahalliy me’morchilikni aks ettiruvchi binolar; me’morchiligi bo‘yicha neytral, tarixiy fonni yaratishda foydali bo‘lgan binolar; tarixiy muhitga mutlaqo mos kelmaydigan binolar kabi toifalarga ajratish taklifi asoslangan;
Buxoro eski shahar qismida 10 ta mahalladagi 104 ta an’anaviy turarjoylar belgilanib, ular T.Jandiy mahallasida (19 ta), J.Ikromiy mahallasida (17 ta), H.Olimjon mahallasida (15 ta) eng ko‘p joylashganligi dalillangan;
turar joylarni kichik hajmdagi mexmonxonaga moslashtirishda insonga yo‘naltirilganlik (mehmonlarning psixologik, estetik va fiziologik ehtiyojlarini qondirish), moslashuvchanlik va funksional zonalash (kichik joylarda bir nechta funksiya bir vaqtning o‘zida bajarish mumkin bo‘lgan zonalar yaratish), materiallar va ranglarning uyg‘unligi (ekologik toza, tabiiy materiallardan foydalanish, tarixiy muhitga mos ranglarni tanlash), tabiiy va sun’iy yorug‘lik kombinatsiyalari (makonlardagi yorug‘likni meyorida ta’minlash), ichki makonning funksional erkinligi (mehmonlar uchun makonlararo o‘tishlarning qulayligi, psixologik jihatdan xotirjamlik hissini uyg‘otuvchi bo‘lishi) kabilar asosiy konseptual belgilar ekanligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Buxoro eski shahar qismidagi turar joylarni kichik hajmdagi mexmonxonalarga moslashtirish uslublari” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro tarixiy shahar markazidagi turar-joylarning arxitekturaviy shakllanishida iqlimiy; mahalliy qurilish materiallari; fazoviy-funksional; an’anaviy ustachilik maktabi va ustalar tajribasi kabilar asosiy omillar sifatida belgilanib, hududda turar-joylar asosan bir hovlili (oddiy kosiblar va hunarmandlar uchun), ikki hovlili (ganchkor ustalar va boy mulkdorlar uchun) va uch hovlili (savdogarlar va dallollar uchun) shaklda qurilganligi asoslanganligi hamda turar-joy binolarining badiiy qiymatini aniqlashda hamda kichik hajmdagi mexmonxonalarga moslashtirishda davlat muxofazasiga tavsiya qilinadigan yirik arxitektura binolari; mahalliy darajada muxofazalashga loyiq binolar; me’moriy-badiiy jihatdan o‘ziga hos mahalliy me’morchilikni aks ettiruvchi binolar; me’morchiligi bo‘yicha neytral, tarixiy fonni yaratishda foydali bo‘lgan binolar; tarixiy muhitga mutlaqo mos kelmaydigan binolar kabi toifalarga ajratish taklifi Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan turar joylarni mehmonxonalarga moslashtirish jarayonidagi loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2-sentyabrdagi 37-06/9882-son ma’lumotnomasi; Buxoro viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2025-yil 13-yanvardagi 1/71-son dalolatnomasi). Natijada, Buxoro eski shahar qismida joylashgan an’anaviy turarjoylarni kichik xajmdagi mehmonxonalarga moslashtirishga mo‘ljallanayotgan loyihalarni mutaxassislar tomonidan bexato amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha namunaviy loyiha asosida an’anaviylikni saqlab qolishga davat etishga erishilgan;
Buxoro eski shahar qismida 10 ta mahalladagi 104 ta an’anaviy turarjoylar belgilanib, ular T.Jandiy mahallasida (19 ta), J.Ikromiy mahallasida (17 ta), H.Olimjon mahallasida (15 ta) eng ko‘p joylashganligi dalillanganligi hamda turar joylarni kichik hajmdagi mexmonxonaga moslashtirishda insonga yo‘naltirilganlik (mehmonlarning psixologik, estetik va fiziologik ehtiyojlarini qondirish), moslashuvchanlik va funksional zonalash (kichik joylarda bir nechta funksiya bir vaqtning o‘zida bajarish mumkin bo‘lgan zonalar yaratish), materiallar va ranglarning uyg‘unligi (ekologik toza, tabiiy materiallardan foydalanish, tarixiy muhitga mos ranglarni tanlash), tabiiy va sun’iy yorug‘lik kombinatsiyalari (makonlardagi yorug‘likni meyorida ta’minlash), ichki makonning funksional erkinligi (mehmonlar uchun makonlararo o‘tishlarning qulayligi, psixologik jihatdan xotirjamlik hissini uyg‘otuvchi bo‘lishi) kabilar asosiy konseptual belgilar ekanligi asoslab berilgan takliflar Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi va ARCh xususiy ma’morchilik ishlab chiqarish firmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2-sentyabrdagi 37-06/9882-son ma’lumotnomasi; Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasining 2024-yil 27-dekabrdagi 05-AT/2577-son dalolatnomasi; ARCh xususiy ma’morchilik ishlab chiqarish firmasining 2025-yil 29-avgustdagi 11-son dalolatnomasi). Natijada, eski shahar qismidagi turarjoylarni mehmonxonaga moslashtirishda ta’mirshunos mutaxassislarga kelajakdagi loyihalarini bexato amalga oshirishida dasturul amal sifatida foydalanishlariga xizmat qilgan.