Xabibullaev Baxitjan Sagidullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini joylashtirish va ixtisoslashtirishni takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4012.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Timur Uzakbergenovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD)., dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Salaev Sanatbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Utegenov Quanish Djadigerovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini samarali joylashtirish va tarmoqlar ixtisoslashuvini takomillashtirish orqali hudud agroiqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda sarf qilingan suv miqdoriga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini baholash usulini suv sarfi va yalpi mahsulot o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash orqali hosildorlikni “past” (0 < Hp ≤ 0,50), “o‘rtacha” (0,51 ≤ Ho‘ ≤ 0,75) va “yuqori” (0,76 ≤ Hyu ≤ 1,00) darajali guruhlarga tabaqalashtirilgan holda suv hisobini yuritish va boshqarishning samarali tizimini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
paxta etishtirishning intensiv usuliga o‘tishda suv tejamkor ilg‘or texnologiyalarni qishloq xo‘jaligida keng joriy etish hisobiga paxta etishtirishda suv sarfini 30%ga kamaytirish hamda hosildorlikni ikki barobarga oshirish orqali bir gektar ekin maydoni hisobiga yalpi mahsulot qiymatini oshirish taklifi asoslangan;
hudud qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi tumanlar kesimida optimal ixtisoslashuv yo‘nalishlarini aniqlash, suvni kam talab qiluvchi ekin turlarini joylashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda tuproq-iqlim sharoiti va hududiy omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish samaradorligini (0,3 ≤ Si/ch ≤ 0,5) oshirish chegarasi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda suv tanqisligi sharoitida sohaning barqaror o‘sishini ta'minlovchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida 2030-yilga qadar qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti qiymatining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
hududlarda sarf qilingan suv miqdoriga nisbatan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini baholash usulini suv sarfi va yalpi mahsulot o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash orqali hosildorlikni “past” (0 < Hp ≤ 0,50), “o‘rtacha” (0,51 ≤ Ho‘ ≤ 0,75) va “yuqori” (0,76 ≤ Hyu ≤ 1,00) darajali guruhlarga tabaqalashtirilgan holda suv hisobini yuritish va boshqarishning samarali tizimini joriy etish asosida takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining ish faoliyatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-iyundagi 02/022-1966-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududlar qishloq xo‘jaligida suv sarfi va yalpi mahsulot o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash orqali suv resurslaridan samarali foydalanish mezonlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
paxta etishtirishning intensiv usuliga o‘tishda suv tejamkor ilg‘or texnologiyalarni qishloq xo‘jaligida keng joriy etish hisobiga paxta etishtirishda suv sarfini 30%ga kamaytirish hamda hosildorlikni ikki barobarga oshirish orqali bir gektar ekin maydoni hisobiga yalpi mahsulot qiymatini oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining ish faoliyatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-iyundagi 02/022-1966-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish paxta etishtirishda suv sarfini 30 %ga kamaytirgan holda hosildorlikni ikki barobarga oshirish imkonini bergan;
hudud qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi tumanlar kesimida optimal ixtisoslashuv yo‘nalishlarini aniqlash, suvni kam talab qiluvchi ekin turlarini joylashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda tuproq-iqlim sharoiti va hududiy omillarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish samaradorligini (0,3 ≤ Si/ch ≤ 0,5) oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi ish faoliyatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-iyundagi 02/022-1966-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir tuman uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini joylashtirish va ixtisoslashtirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini 50,0 %ga oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda suv tanqisligi sharoitida sohaning barqaror o‘sishini ta'minlovchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti qiymatining prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi ish faoliyatida foydalanish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 16-iyundagi 02/022-1966-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy qilinishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmi 2024-yilda 10 445,7 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2030-yilda 18 500,8 mlrd so‘mga etib, besh yilda mahsulot hajmi 56,5% ga oshishi aniqlangan.