Toshpo‘latova Arofat Ziyovutdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Marfan sindromida ko‘zdagi o‘zgarishlarning klinik-diagnostik xususiyatlari va jarrohlik usulida davolash», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib40.
Ilmiy rahbar: Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Bilalov Erkin Nozimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Imantaeva Mayra Berimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: RF SSV Akademik S.N.Fedorov nomidagi «Kuz mikroxirurgiyasi» TITK MTTM (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda Marfan sindromida ko‘zdagi o‘zgarishlarni erta tashxislash, xirurgik davolash va oldini olish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Marfan sindromida bemorlar qonidagi ishqorli fosfataza miqdori oshishi, kal`siy va fosfor mikroelementlari darajasining pasayishiga olib keluvchi omillarni inobatga olish zarurligi isbotlangan;
Marfan sindromida ko‘z gavhari faoliyatini ta’minlovchi biriktiruvchi to‘qimalar faoliyatini pasayishiga olib keluvchi fibrogen oqsillarning o‘rni va ahamiyati isbotlangan;
hujayralarning energetik metabolizmida ishtirok etadigan fermentlar funksional faolligi to‘qimalaridagi o‘zgarishlarning rivojlanishini bashorat omili ekanligi isbotlangan;
Marfan sindromida ko‘z gavhari dislokatsiyasini konservativ davolash va jarrohlik amalayoti ko‘zning sun’iy gavhari implantanti yordamida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Marfan sindromida ko‘zdagi o‘zgarishlarning klinik-diagnostik xususiyatlari va jarrohlik usulida davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda Marfan sindromida ko‘zdagi o‘zgarishlarni konservativ va xirurgik davolash usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 26 dekabrdagi 8n-r/361-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma Marfan sindromi bilan xastalangan bolalarni erta tashxislash, klinikasi va kasallikning ko‘rish a’zosidagi asoratlarini oldini olish hamda tezkor davolashga imkon bergan;
«Bolalarda Marfan sindromining klinik-diagnostik xususiyatlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 20 oktyabrdagi 10n-r/541-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma Marfan sindromi bilan xastalangan bolalarda ko‘zdagi o‘zgarishlarning klinik belgilarini asoslash va kasallikni erta tashxislash imkonini bergan;
Marfan sindromida ko‘zdagi o‘zgarishlarning klinikasi, diagnostikasi va jarrohlik usulida davolashning samarali tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi oftal`mologiya bo‘limi va Respublika klinik oftal`mologik shifoxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oftal`mologik shifoxonasi, Toshkent shaxar 1–son bolalar klinik shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 fevraldagi 8n-d/32-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi Marfan sindromi bo‘lgan bolalarning 81,3% da asosiy patologik jarayonning yaxshilanishi ta’minlangan.