MAMATXANOV Axmatxon Umarxanovich:«Rhaponticum carthamoides, Silene praemixta, Ajuga turkestanica va Ferula tenuisecta o‘simliklaridan olingan ekdisteroidlar va terpenoid spirtlarining murakkab efirlari asosida dori vositalarining substansiyalarini olish texnologiyalarini yaratish» (02.00.10) – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi  Bioorganik kimyo instituti (100125, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 83-uy. Tel.: 262 35 40, faks (99871) 262 70 63; e-mail:  mahmud@mail.ru), (dissertatsiya rus tilida).

 

    Ilmiy maslaxatchi: Sh.Sh. Sagdullaev

    Ish bajarilgan tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi  O‘simlik moddalari kimyosi instituti.

    Rasmiy opponentlar: N.R. Yusupbekov, D.N. Dalimov, X.M. Kamilov

    Yetakchi tashkilot: A.C. Sultonov nomidagi O‘bekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.

    Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik

 

    I. Tadqiqotning maqsadi: Ekdisteroidlar va terpenoid spirtlarining murakkab efirlari asosida dori vositalarining substansiyalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishdan iborat.

    II. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi:

    birinchi marta Rhaponticum carthamoides (Willd) Iljin, Rh. integrifolium C. Winkl., Silene praemixta M. pop.va Ajuga turkestanica Regel. Brig. o‘simliklaridan “Ekdisten” dori vositasini sanoat miqyosida olish texnologiyasi ishlab chiqildi (Patent RUz № IAP 03623. Rasmiy axborotnoma. – 2008. – № 4).

    Ajuga turkestanica o‘simligidan quvvat beruvchi va sut ko‘paytiruvchi faolligiga ega “Ayustan”, quvvat beruvchi “Eksumid”, “Jistenin” kosmetik vositasi va “Turkesteron” bioreaktivlarini olish texnologiyalari ishlab chiqildi (Patent 488 Uz. Rasmiy axborotnoma. – 1994. – № 1. – S. 70).

    birinchi marta terpenoid spirtlarining murakkab efirlari asosida tibbiy amaliyotga «Ferulen» va «Tefestrol», hamda chorvachilik va parrandachilikda qo‘llanish uchun «Panoferol» fitoestrogen vositalarining sanoat miqyosida olish texnologiyalari ishlab chiqildi (Patent 458 Uz. Rasmiy axborotnoma. – 1994. – № 1. – S. 67).

    Ekdisten ishlab chiqarishdagi chiqindilarni qayta ishlab gipoazotemik ta’siriga ega flavonoidlar, biofaol lipidli konsentratlar, hamda iridoidlar asosida jigarni himoyalovchi va safro xaydovchi faolligiga ega Irixol vositalarini olish texnologiyalari ishlab chiqildi (Ximiya prirod. soed. – Tashkent, 1999. – Spes. vipusk. – S. 118-120).

    III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi:

2013–2014 yillar davomida «Radiks» xususiy ilmiy ishlab chiqarish korxonasida 40000 qadoq ekdisten 0,005g №30 dori vositasi, «O‘zximfarm» OAJ tomonidan 3500 qadoq tefestrol 0,005 g №30 dori vositasi ishlab chiqarilgan («O‘zfarmsanoat» DAK tomonidan 20.11.2014 yildagi MD-06/1955 dalolatnoma). Natijada tibbiyotga yangi quvvat beruvchi ekdisten, va estrogen xususiyatga ega tefestrol dori vositalari tatbiq etildi.

Fransiyaning «LATOXAN» firmasi va O‘simlik moddalari kimyosi instituti o‘rtasida 27.04.2011 yilda tuzilgan №4–L/01 shartnoma asosida jistenin BFQsi hamda turkesteron bioreaktivi ishlab chiqarilgan va iste’molchilarga etkazib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish