Urazov Mansur Musurmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tayyor kiyimlar bozori raqobatbardoshligini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4548.
Ilmiy rahbar: Rustamov Narzillo Istamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Amaliy fanlar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.1.72.05.
Rasmiy opponentlar: Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor; Jalilov Jamshid G‘anijonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tayyor kiyimlar bozori raqobatbardoshligini marketing tadqiqotlari asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayyor kiyimlar bozorida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini baholash uslubiyoti mahsulot bozorini marketing tadqiqotlari orqali tartibga solishga asoslanuvchi PMR (Produkt market regulation) tizimini amaliyotga joriy qilish orqali takomillashtirilgan;
tayyor kiyimlar va uy tekstil mahsulotlari ishlab chiqaruvchi nufuzli xalqaro brendlar bilan mahalliy korxonalarda “franchayzing” va “ausorsing” asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi “sorsing” kompaniyalarini tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda ikki-uch smenali ish rejimida tikish faoliyati samaradorligini oshirishda revolver kreditlar taqdim etish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tayyor kiyimlar bozori raqobatbardoshligini oshirishda savdo aylanmasi va eksportni rivojlanitirish orqali 2030 yilgacha tayyor kiyimlar sotish hajmi oshishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tayyor kiyimlar bozori raqobatbardoshligini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanishni takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
marketing tadqiqotlari asosida iste’molchilarning mahalliy va xorijiy tayyor kiyimlar iste’moliga cheklangan moyilliklari aniqlash, mahalliy tayyor kiyimlar iste’molini oshirish orqali korxonalarning tayyor mahsulotni sotishdan oladigan foydasini oshirish uslubiy jihatdan asoslab berish va aholini mahalliy tayyor kiyimlar iste’moliga talabini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Boboshbek” savdo ishlab chiqarish majmuasining faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil
3 maydagi №04/25-923 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahalliy korxonalar mahsulotlarini targ‘ib qilish maqsadida marketing tadqiqotlarining strategiyalari jarayonlarida mahsulotga bo‘lgan talabni oshirishni tadqiq qilish borasidagi strategik yo‘nalishi ishlab chiqilgan. Marketing tadqiqotlari hamda strategik tamoyillar samarasi o‘laroq ushbu savdo ishlab chiqarish markazining o‘rtacha yillik o‘sish darajasi 40% dan yuqori natija bergan;
tayyor kiyimlarning moda industriyasini rivojlantirish asosida mahalliy kiyimlar brendlarini yaratish va assortimentni kengaytirishning yetakchilik strategiyasi takomillash¬tirish bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Boboshbek” savdo ishlab chiqarish majmuasining faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 3 maydagi №04/25-923 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonada ishlab chiqarayotgan mahsulotlari sifatini yaxshilash va raqobatbardoshliligini ta’minlash maqsadida texnik-texnologik, injiniring, dizayn-moda, reklama va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, korxona mahsulot ishlab chiqarishi rivojlanishiga tayyor mahsulotlar, yarim tayyor materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini qo‘llash tadbirlari amalga oshirilgan. Mazkur dasturga kiritilgan 153 ta loyiha bo‘yicha 1267,1 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 3703,0 mlrd. so‘mga etgan;
yon-atrofdagilar bilan “musobaqada yashash” samarasi, ko‘pchilikka ergashish samarasi, snob samarasi va Veblen samarasi kabi omillarni inobatga olgan holda tayyor kiyim iste’molining marketing strategiyalarini takomillashtirish yo‘llarini taklif etish bo‘yicha berilgan tavsiyalar “O‘zqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Boboshbek” savdo ishlab chiqarish majmuasining faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 3 maydagi №04/25-923 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Boboshbek” savdo va ishlab chiqarish korxonasida tayyor kiyimlarni sotishda ijtimoiy omillarni inobatga olish darajasi oshgan va yuqoridagi kabi marketing strategiyalarini qo‘llash natijasida korxonaning foydasi o‘sishiga erishilgan;
Tayyor kiyimlar bozori raqobatbardoshligini oshirishda onlayn savdoni rivojlanitirish orqali 2030 yilgacha tayyor kiyimlarni sotish hajmi oshishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqish bo‘yicha takliflar “O‘zqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Boboshbek” savdo ishlab chiqarish majmuasining faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 3 maydagi №04/25-923 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning natijalaridan, belgilangan prognozlardan kelib chiqqan holda korxonani 2030 yilgacha rivojlanish strategiyasi va uning yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.