Axmedova Zarnigor Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida Samarqand viloyatida demografik jarayonlar” 07.00.01– O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar666.
Ilmiy rahbar: Normurodova Guzal Bekmurodovna tarix fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor. Saipova Kamola Davlyatalievna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Samarqand viloyatida kechgan demografik jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Samarqand viloyatining demografik tuzilmasi Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati natijasida tubdan o‘zgarib, ko‘chirish, ruslashtirish va iqtisodiy infratuzilmani o‘z manfatiga moslashtirish siyosati, natijada shahar aholisi tez o‘sib, rus va evropaliklarning ulushi oshdi, qishloq aholisi esa mahalliy etnik guruhlardan iboratligicha qolib, bu jarayon turli milliy va ijtimoiy qatlamlarga asoslangan “mustamlaka demografik tuzilma”ni shakllantirib, tabiiy demografik dinamikani buzilishiga olib kelib ijtimoiy tabaqalanish va etnik tafovutlarni kuchaytirgani asoslangan;
Samarqand viloyatining shahar aholisi asosan ishlab chiqarish, hunarmandchilik va savdo-sotiq iqtisodiy strukturasida markaziy o‘rin tutib, iqtisodiy rivojlanishga zamin yaratgani, qishloq hududlarida esa dehqonchilik va chorvachilik asosiy xo‘jalik tarmoqlari sifatida mahalliy aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlab, iqtisodiy barqarorlikning poydevorini tashkil etgani hamda rus posyolkalarida yashovchi aholining ilg‘or agrar texnologiyalarni joriy etishi viloyat iqtisodiyotida texnik va ijtimoiy farqliliklarning yuzaga kelishiga olib kelgani, bu esa viloyatining milliy va ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasini murakkablashib, turli etnik guruhlar orasida iqtisodiy tafovutlar olib kelgani dalillangan;
Samarqand viloyati mahalliy aholisining oila va nikoh munosabatlarida an’anaviy urf-odatlarning ustunligi barobarida, oila demografiyasi, erta turmush qurish, ko‘p bolalik va nikoh qurishda ijtimoiy omillarga bog‘liq xususiyatlar hamda ko‘chirib keltirilgan rus aholisi o‘rtasida esa aralash nikohlar mavjud bo‘lganligi dalillangan;
Shahar va qishloq aholisi o‘rtasidagi mehnat taqsimotidagi agrar, savdo, sanoat va ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq holda borib, aholi sonining oshishi va iqtisodiy turmush darajasining o‘zgarishi mahsulot hamda xizmatlarga bo‘lgan talabning ortishiga olib kelib, bu bir tomondan, mehnat bozorida yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishiga, boshqa tomondan esa an’anaviy kasblarning inqirozi va ishsizlik darajasining oshishiga sabab bo‘lib, mazkur jarayon shahar va qishloq hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va mehnat resurslarining taqsimotida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatida XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida demografik jarayonlar tarixiga oid ilmiy yangiliklar va xulosalar asosida quyidagilar amaliyotga joriy etildi:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Samarqand viloyatining demografik tuzilmasi Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati natijasida tubdan o‘zgarib, ko‘chirish, ruslashtirish va iqtisodiy infratuzilmani o‘z manfatiga moslashtirish siyosati, natijada shahar aholisi tez o‘sib, rus va evropaliklarning ulushi oshdi, qishloq aholisi esa mahalliy etnik guruhlardan iboratligicha qolib, bu jarayon turli milliy va ijtimoiy qatlamlarga asoslangan “mustamlaka demografik tuzilma”ni shakllantirib, tabiiy demografik dinamikani buzilishiga olib kelib ijtimoiy tabaqalanish va etnik tafovutlarni kuchaytirganligiga doir ilmiy xulosalaridan O‘zMTRKning “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zMTRK“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil 17-fevraldagi 02-31-260-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar tarix fanida XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan demografik jarayonlar va mustamlaka siyosati mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan.
Samarqand viloyatining shahar aholisi asosan ishlab chiqarish, hunarmandchilik va savdo-sotiq iqtisodiy strukturasida markaziy o‘rin tutib, iqtisodiy rivojlanishga zamin yaratgani, qishloq hududlarida esa dehqonchilik va chorvachilik asosiy xo‘jalik tarmoqlari sifatida mahalliy aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlab, iqtisodiy barqarorlikning poydevorini tashkil etgani hamda rus posyolkalarida yashovchi aholining ilg‘or agrar texnologiyalarni joriy etishi viloyat iqtisodiyotida texnik va ijtimoiy farqliliklarning yuzaga kelishiga olib kelgani, bu esa viloyatining milliy va ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasini murakkablashib, turli etnik guruhlar orasida iqtisodiy tafovutlar olib kelganiga doir ilmiy natijalaridan O‘zMTRKning “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023-yil 17-fevraldagi 02-31-260-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar keng jamoatchilikka Samarqand viloyati shahar va qishloq aholisi xo‘jalik turmush-tarziga oid ma’lumotlarni etkazib berishga xizmat qilgan.
Samarqand viloyati mahalliy aholisining oila va nikoh munosabatlarida an’anaviy urf-odatlarning ustunligi barobarida, oila demografiyasi, erta turmush qurish, ko‘p bolalik va nikoh qurishda ijtimoiy omillarga bog‘liq xususiyatlar hamda ko‘chirib keltirilgan rus aholisi o‘rtasida esa aralash nikohlar mavjud bo‘lganligi haqidagi ilmiy xulosalaridan Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi ekspozisiyalarini yanada boyitilishiga xizmat qildi. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 3-oktyabrdagi 04-05/3712-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalar muzey-qo‘riqxonaning imperiya davri tarixiga doir qismini ilmiy ma’lumotlar bilan boyishi uchun xizmat qilgan.
Shahar va qishloq aholisi o‘rtasidagi mehnat taqsimotidagi agrar, savdo, sanoat va ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq holda borib, aholi sonining oshishi va iqtisodiy turmush darajasining o‘zgarishi mahsulot hamda xizmatlarga bo‘lgan talabning ortishiga olib kelib, bu bir tomondan, mehnat bozorida yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishiga, boshqa tomondan esa an’anaviy kasblarning inqirozi va ishsizlik darajasining oshishiga sabab bo‘lib, mazkur jarayon shahar va qishloq hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va mehnat resurslarining taqsimotida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelgani haqidagi ilmiy xulosalaridan Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi ekspozisiyalarini yanada boyitilishiga xizmat qildi. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 3-oktyabrdagi 04-05/3712-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida Samarqand viloyati shahar va qishloq aholisi mehnat bandligi, aholi soning oshib borishi, hamda yangi kasblarning kirib kelishi jarayonlari haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilgan.