Xoliqulov Azizbek Yorqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ilk o‘rta asrlar Sug‘dda iqtisodiy munosabatlar tarixi” 07.00.01– O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1244.
Ilmiy rahbar: G‘oyibov Bobir Sobirovich tarix fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmatov Normuhammad O‘razovich, tarix fanlari doktori, professor, Biykuziev Asxat Abdunabievich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ilk o‘rta asrlar Sug‘ddagi iqtisodiy hayot va tanga zarbi xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ilk o‘rta asrlar Sug‘dning qariyb barcha hokimliklari (Samarqand, Kesh, Naxshab)da amalga oshirila boshlangan tanga zarbining Yunon-Baqtriya podsholigi davridan uzlyuksiz davom etganligi Sug‘dda konfederativ boshqaruvning vujudga kelishida iqtisodiy omil yetakchi rol o‘ynaganligi asoslangan;
ilk o‘rta asrlar Sug‘dda Yunon-Baqtriya (Evtidem, Evkratid, Geliokl), Sosoniylar (Varaxran V, Peroz II), Tan imperiyasi pullariga taqlidan zarb qilingan tangalarning ushbu davlatlar ta’siri ostida yoki ularning qaramligida emas, balki ayni davrdagi xalqaro savdoda hukmron davlatlar tanga¬lariga hamohangligini ko‘rsatish va sug‘diy tangalarning xalqaro ahamiyatini oshirish uchun zarb qilinganligi isbotlangan;
ilk o‘rta asrlarga kelib konfederativ asosdagi boshqaruvga ega bo‘lgan Sug‘dda barqaror moliya tizimining vujudga kelganligi, ushbu moliyaviy tizim davlatning iqtisodiy ravnaqida muhim o‘rin egallaganligi, mo¬liya¬viy munosabalarning tizimli tartibga solinganligi mintaqada davlat byudjetini nazorat qilishning g‘aznachilik asoslari yaratilganligi aniqlangan;
Sug‘dda ichki savdo munosabatlarining taraqqiyoti natijasida mintaqada bozor va davriy yarmarkalar (Samarqand, Buxoro, Panjikent, Tavois, Ishtixon, Numijkat, Rabinjon, Shargʻ kabi shahar va qishloqlar yirik savdo maskanlari) faoliyatining jadallashganligi, buning zamirida esa ichki bozordagi ehtiyojni qoplash maqsadida kulolchilik, to‘qimachilik, metallsozlik, zargarlik, shishasozlik, me’morchilik kabi hunarmandchilik turlari rivoji yotgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilk o‘rta asrlar Sug‘dda iqtisodiy munosabatlar tarixi mavzusidagi tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
Sug‘ddagi ilk tanga zarbining yo‘lga qo‘yilganligi, ilk o‘rta asrlar Sug‘dning qariyb barcha hokimliklari (Samarqand, Kesh, Naxshab)da amalga oshirila boshlangan tanga zarbining Yunon-Baqtriya podsholigi davridan uzlyuksiz davom etganligi Sug‘dda konfederativ boshqaruvning vujudga kelishida iqtisodiy omil yetakchi rol o‘ynaganligi Samarqand davlat universiteti tarix yoʻnalishi talabalari uchun tayyorlangan “Jahon madaniyati va san’ati tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-sonli Qarori asosida 2023-yil 8-may 10-2277-sonli ma’lumotnoma). Bu esa talabalarning ilk o‘rta asrlar Markaziy Osiyodagi iqtisodiy hayot va tovar-pul munosabatlariga doir tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
ilk o‘rta asrlar Sug‘dda tanga zarbining xalqaro savdoda hukmron davlatlar tanga-lariga hamohangligini ko‘rsatish va shu asosda sug‘diy tangalarning xalqaro ahamiyatini oshirish ko‘zlanganligi, ilk o‘rta asrlarda Sug‘dda moliya tizimiga doir natijalardan Samarqand davlat universiteti tarix yoʻnalishi talabalari uchun tayyorlangan “Jahon madaniyati va san’ati tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayrlashda foydalanilgan (O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 571-sonli Qarori asosida 2023-yil 8-may 10-2277-sonli ma’lumotnoma). Bu esa talabalarning ilk o‘rta asrlar Markaziy Osiyodagi iqtisodiy hayot va tovar-pul munosabatlariga doir tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
ilk o‘rta asrlar Sug‘dda barqaror moliya tizimi, ushbu moliyaviy tizim davlatning iqtisodiy ravnaqida muhim o‘rin egallaganligi, mintaqada davlat byudjetini nazorat qilishning g‘aznachilik asoslariga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-dekabrdagi 06-28-1890 - sonli ma’lumotnomasi). Bu esa ilk o‘rta Sug‘ddagi iqtisodiy munosabatlar tarixini teletomoshabinlarga ta’sirli etkazishda xizmat qilgan;
Sug‘dda ichki va tashqi savdo munosabatlarining taraqqiyoti, mintaqada bozor va davriy yarmarkalar faoliyatining jadallashganligi, hunarmandchilik turlarining kengayishi va rivojlanishi masalalariga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 13-dekabrdagi 06-28-1890 - sonli ma’lumotnomasi). Bu esa ilk o‘rta Sug‘ddagi iqtisodiy munosabatlar tarixini teletomoshabinlarga ta’sirli etkazishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish