Nabiraeva Zarnigor Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Moliya bozorida robot-maslahatchilarning fuqarolik-huquqiy maqomi” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1052
Ilmiy rahbar: Narziev Otabek Sa’diyevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Axtam Nusratilloevich, yuridik fanlar doktori, professor; Ismanjanov Akbar Anvarjanovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliya bozorida robot-maslahatchilarning fuqarolik-huquqiy maqomi muammolarini tahlil qilish va O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy konsepsiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“maxsus huquqiy rejim” tushunchasiga sohalar bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subektlarining zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot, xizmat yoki ishlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi” sifatida tavsiflash hamda raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish masalalari asoslangan;
“mashinaviy o‘qitish – ma’lumotlardagi o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash va o‘rganish uchun jarayonlarni tadqiq qilish usullari (neyron tarmoqlar va statistika) va boshqa usullardan foydalangan holda tanlanmalarni o‘rganish va tahlil qilish orqali xulosalar chiqaradigan algoritmlarni o‘rganuvchi soha” haqidagi va “xalqaro tajriba asosida milliy qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, sohaga oid ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qulay muhitni yaratish, xavfsizlik va etika talablarini joriy etish” masalalari asoslangan;
“kapital bozori sohasida moliyaviy vositalar, tartib-taomillar va mexanizmlarni joriy etuvchi yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, xususan, maxsus rejimni joriy etish va “tartibga solish qumdoni” doirasida yangi moliyaviy xizmatni sinovdan o‘tkazishga ruxsat berilgan yuridik shaxsni tartibga solish qumdoni ishtirokchisi deb e’tirof etish” mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan va ilmiy asoslantirilgan;
“tartibga solish qumdoni"ning asosiy maqsadlarini belgilash; moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirish; moliyaviy xizmatlar mijozlarining huquqlarini himoya qilish va moliyaviy tizim barqarorligini ta’minlash sharti bilan yangi moliyaviy xizmatlarni joriy etishga ko‘maklashish; moliyaviy xizmatlar turlarini kengaytirish, ularning ommabopligini, mijozlar talablariga muvofiqligini va ularning qoniqish darajasini oshirish; moliyaviy xizmatni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish” asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
“maxsus huquqiy rejim” tushunchasiga sohalar bo‘yicha yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subektlarining zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot, xizmat yoki ishlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda sinovdan o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi” sifatida tavsiflash to‘g‘risidagi taklifdan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 617-son qarori bilan tasdiqlangan “Tartibga solish qumdoni”maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizomning 2-bandi”ni ishlab chiqishda, raqamli texnologiyalar sohasida innovatsiyalar, xizmatlar va biznes mahsulotlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha “tartibga solish qumdoni”ni joriy etish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 1-fevraldagi PF-25-son Farmonining 3-bandini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 15-maydagi 12-16-38-son ma’lumotnomasi); Ushbu ta’rif mavjud konseptual bo‘shliqni to‘ldirdi va “tartibga solish qumdoni”ning yaxlit institutini shakllantirish uchun me’yoriy asos bo‘ldi hamda sun’iy intellektning avtomatlashtirilgan tizimlari, shu jumladan, robot-maslahatchilar uchun “tartibga solish qumdoni” tushunchasini aniqlashga yordam bergan;
“mashinaviy o‘qitish – ma’lumotlardagi o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash va o‘rganish uchun jarayonlarni tadqiq qilish usullari (neyron tarmoqlar va statistika) va boshqa usullardan foydalangan holda tanlanmalarni o‘rganish va tahlil qilish orqali xulosalar chiqaradigan algoritmlarni o‘rganuvchi soha” haqidagi va “xalqaro tajriba asosida milliy qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va takomillashtirish; sohaga oid ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qulay muhitni yaratish; xavfsizlik va etika talablarini joriy etish” takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi PQ-358 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ning 1-bobi 4-xatboshisi 3-bandini va 3-bob 1-bandini tayyorlashda foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 27.08.2025-yildagi 84-25-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflar sun’iy intellektning avtomatlashtirilgan tizimlari uchun “mashinaviy o‘rganish” tushunchasini aniqlashga hamda O‘zbekiston Respublikasida robot-maslahatchilarni joriy etish va tarqatishga yordam berdi;
“kapital bozori sohasida moliyaviy vositalar, tartib-taomillar va mexanizmlarni joriy etuvchi yuridik shaxslar uchun alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, xususan, maxsus rejim”ini joriy etish to‘g‘risidagi va “tartibga solish qumdoni doirasida yangi moliyaviy xizmatni sinovdan o‘tkazishga ruxsat berilgan yuridik shaxsni tartibga solish qumdoni ishtirokchisi deb e’tirof etish to‘g‘risida”gi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2023-yil 26-dekabrdagi 104-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandida hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2022-yil 30-avgustdagi 19/14-son qaroriga ilovada keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Moliyaviy xizmatlar sohasida maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandida inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 27.08.2025-yildagi 84-25-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif sun’iy intellektning avtomatlashtirilgan tizimlari uchun “maxsus rejim” tushunchasini aniqlashga hamda sun’iy intellektning avtomatlashtirilgan tizimlari, shu jumladan, robot-maslahatchilar uchun “tartibga solish qumdoni ishtirokchisi” tushunchasini aniqlashga yordam bergan;
“tartibga solish qumdoni"ning asosiy maqsadlarini belgilash; moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirish; moliyaviy xizmatlar mijozlarining huquqlarini himoya qilish va moliyaviy tizim barqarorligini ta’minlash sharti bilan yangi moliyaviy xizmatlarni joriy etishga ko‘maklashish; moliyaviy xizmatlar turlarini kengaytirish, ularning ommabopligini, mijozlar talablariga muvofiqligini va ularning qoniqish darajasini oshirish; moliyaviy xizmatni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish” taklifi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2022-yil 30-avgustdagi 19/14-son qarori ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Moliyaviy xizmatlar sohasida maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 27.08.2025-yildagi 84-25-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif tartibga soluvchi qum qutisining asosiy maqsadlarini aniqlashga yordam berdi.