Djabbarova Zilola Saburovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3581.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxriyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ma’murov Baxtiyor Xolmatjanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlar negizida oliy ta’lim muassasalarini ilmiy-innovatsion faoliyatini baholashda “salohiyat”, “natija va ularning nisbati”dan kelib chiqadigan samaradorlikni baholash yondoshuvi taklif etilgan; 
mintaqa oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlariga ko‘ra innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Spin-off” (Etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini innovatsion yondashuvlar asosida chuqur qayta ishlash (barcha tumanlarda), kimyo sanoat mahsulotlari ishlab chiquvchi innovatsion texnologiyalar (Urganch shahri va Tuproq-qal’a tumani))  korxonalarini tashkil etish modeli taklif etilgan;
mintaqa oliy ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish mexanizmi sifatida texnoparklar va ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanuvchi venchur fondining tarkibiy tuzilmasi taklif etilgan; 
Xorazm viloyati oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirirsh hamda yalpi hududiy mahsulotning o‘sish darajasi ko‘rsatkichlarini ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlar negizida oliy ta’lim muassasalarini ilmiy-innovatsion faoliyatini baholashda “salohiyat”, “natija va ularning nisbati”dan kelib chiqadigan samaradorlikni baholash yondoshuvi bo‘yicha taklif  xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5561-son ma’lumotnomasi).  Natijada, “korxona – oliy ta’lim muassasasi – innovasion ishlab chiqarish” tizimi yoʻlga qoʻyilgan;
mintaqada oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlariga ko‘ra innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Spin-off” (Etishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini innovasion yondashuvlar asosida chuqur qayta ishlash (barcha tumanlarda), kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiquvchi innovasion texnologiyalar (Urganch shahri va Tuproqqal’a tumani)) korxonalarini tashkil etish modeli boʻyicha taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5561-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi va kimyoviy mahsulotlarni innovatsion yondashuvlar asosida qayta ishlash darajasi 15 foizga oshgan;
mintaqa oliy ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish mexanizmlari sifatida texnoparklar va ilmiy tadqiqotlar natijalaridan foydalanuvchi venchur fondining tarkibiy tuzilmasi xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5561-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat yalpi hududiy mahsulotida innovasion ishlanmalar ulushi 5-7 foizga oshgan;
Xorazm viloyati oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda yalpi hududiy mahsulotning oʻsish darajasi koʻrsatkichlarini koʻp omilli ekonometrik modellar asosida  2025-2030-yillarga moʻljallangan prognoz qiymatlari boʻyicha taklif xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 17-maydagi “Xorazm viloyati shahar va tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 3-127/4-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5561-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlanmalarini samarali rejalashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish