Eshniyazova Yulduz Yuldashbaevnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda soliq tizimi faoliyatidan samarali foydalanish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4569.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mahmudov Suxrob Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda soliq tizimi faoliyatidan samarali foydalanish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda soliq tizimi samaradorligini oshirishni innovatsion yondoshuvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashning asosi sifatida kichik va oʻrta biznesni yanada qoʻllab quvvatlash maqsadida imtiyozli soliq tizimini (birinchi guruh Urganch va Xiva shaharlari, ikkinchi guruh Bog‘ot va Xonqa tumanlari, uchunchi guruh Gurlan, Tuproqqala, Urganch va Hazorasp tumanlari, to‘rtinchi guruh Qoʻshkoʻpir, Xiva, Shovot, Yangibozor tumanlari va beshinchi guruh Yangiariq tumani) qoʻllash boʻyicha shahar va tumanlarni 5 ta guruhga ajratish taklifi ishlab chiqilgan;
mintaqada yoʻlga qoʻyilgan “Mahalla ettiligi” tizimida mahallada soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla byudjeti daromadlarini shakllantirish, soliq xizmatlari samaradorligini oshirishni baholashning radial chizmasi taklif etilgan;
mintaqada innovasion yondashuvlar asosida soliq tizimi koʻrsatkichlarining 2025-2030-yillarga moʻljallangan prognoz qiymatlari ekonometrik modellar yordamida hisoblab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda soliq tizimi faoliyatidan samarali foydalaninsh boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashda soliq tizimi samaradorligini oshirishni innovasion yondashuvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha taklifi xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Xorazm viloyati bo‘yicha 2025-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan erlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning er solig‘i stavkalariga, yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulklarning 1 kv.metr uchun belgilanadigan minimal miqdori, jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalari bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida 2025-yilga belgilangan koeffitsientlari, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsientlar, noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qat’iy stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsientlar, YTTlar uchun belgilangan eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazon) doirasida hududlar kesimida miqdorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi VII-4-030-12-0-K/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5561-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa iqtisodiyot tarmoqlarida soliq samaradorligini oshirishga, byudjet mablag‘larini ko‘paytirishga erishilgan;
mintaqa iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlashning asosi sifatida kichik va oʻrta biznesni yanada qoʻllab quvvatlash maqsadida imtiyozli soliq tizimini (birinchi guruh Urganch va Xiva shaharlari, ikkinchi guruh Bog‘ot va Xonqa tumanlari, uchunchi guruh Gurlan, Tuproqqala, Urganch va Hazorasp tumanlari, to‘rtinchi guruh Qoʻshkoʻpir, Xiva, Shovot, Yangibozor tumanlari va beshinchi guruh Yangiariq tumani) qo‘llash bo‘yicha shahar va tumanlarni 5 ta guruhga ajratish taklif Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Xorazm viloyati bo‘yicha 2025-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan erlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning er solig‘i stavkalariga, yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulklarning 1 kv.metr uchun belgilanadigan minimal miqdori, jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalari bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida 2025-yilga belgilangan koeffitsientlari, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsientlar, noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qat’iy stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsientlar, YTTlar uchun belgilangan eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazon) doirasida hududlar kesimida miqdorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi VII-4-030-12-0-K/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5561-son ma’lumotnomasi). Natijada, guruhlar bo‘yicha belgilangan, soliq imtiyozlari asosida kichik biznesni rivojlantirishga imkon yaratilgan;
mintaqada yoʻlga qoʻyilgan “Mahalla ettiligi” tizimida mahallada soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla byudjeti daromadlarini shakllantirish, soliq xizmatlari samaradorligini oshirishni baholashning radial chizmasi taklifi xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Xorazm viloyati bo‘yicha 2025-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan erlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning er solig‘i stavkalariga, yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulklarning 1 kv.metr uchun belgilanadigan minimal miqdori, jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalari bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida 2025-yilga belgilangan koeffitsientlari, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsientlar, noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qat’iy stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsientlar, YTTlar uchun belgilangan eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazon) doirasida hududlar kesimida miqdorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi VII-4-030-12-0-K/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5561-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahallalarda tashkil qilingan mahalla fondini mablag‘lar bilan ta’minlash imkoniyati kengaygan;
mintaqada innovasion yondashuvlar asosida soliq tizimi koʻrsatkichlarining 2025-2030-yillarga moʻljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Xorazm viloyati bo‘yicha 2025-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan erlar uchun er solig‘i stavkalariga, yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulklarning 1 kv.metr uchun belgilanadigan minimal miqdori, jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalari bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida 2025-yilga belgilangan koeffitsientlari, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsientlar, YTTlar uchun belgilangan eng kam va eng yuqori stavkalari (diapazon) doirasida hududlar kesimida miqdorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi VII-4-030-12-0-K/24-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyundagi 06-15-09/5561-son ma’lumotnomasi). Natijada 2030-yilga kelib Xorazm viloyatini barqaror rivojlanish darajasini oldindan aniqlash va samarali rejalashtirish imkoni yaratilgan.