Qo‘shbaqov Aybek Shovqievichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Investision kreditlarning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, proffessor Berdiyarov Baxriddin Tovasharovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Beknazarova Nilufar Tulkinovna.
Yetakchi tashkilot: G.I.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi investision kreditlarning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizda korxonalar asosiy vositalarini modernizatsiyalash vositasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida sanoat sohasiga xorojiy kapital investisiyalar va kreditlarini jalb qilish taklif etilgan;
investision loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, ular uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratishda texnoparklar tashkil etish va ularda startaplar, biznes inkubatorlari, kovorking markazlari faoliyatini kuchaytirish orqali investisiyalarni amalga oshirish shakllarini kengaytirish taklif etilgan;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni engillashtirish va rag‘batlantirish, iqtisodiy farqlarni kamaytirish va hududiy rivojlanishni jadallashtirishda byudjeti mablag‘lari hisobidan ta’minotchi korxonalarga 5 foiz stavkada uch yil muddatda kreditlar ajratish taklif etilgan;
xorijiy investisiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatini hamda investorlar tomonidan investisiya majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish asosida iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Investision kreditlarning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mamlakatimizda korxonalar asosiy vositalarini modernizatsiyalash vositasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida sanoat sohasiga xorijiy kapital investisiyalar va kreditlarini jalb qilishga doir takliflaridan 2022-yil 6-iyundagi “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-775-son Qonunining 20-moddasi 1-bandi (“Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisiga kiritilgan o‘zgartirish)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 25 fevraldagi 3/dn-38-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish, hamda yirik sanoat sohasiga 500 mln.AQSh dollariga yaqin xorijiy bank kreditlarini jalb qilishga erishilgan va bu korxonalar asosiy kapitalga investisiyalarda chet el investisiyalari va kreditlari ulushini 2022-yilda 42,8 foizga etkazgan bo‘lsa, 2023-yilda esa 56,7 foizga etkazgan;
investision loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish, ular uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratishda texnoparklar tashkil etish va ularda startaplar, biznes inkubatorlari, kovorking markazlari faoliyatini kuchaytirish orqali investisiyalarni amalga oshirish shakllarini kengaytirishga doir takiflaridan 2023-yil 23-oktyabrdagi “Er to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-871-son Qonunning 9-moddasi (“Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi birinchi qismi beshinchi xatboshisiga kiritilgan oʼzgartirish) ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 25 fevraldagi 3/dn-38-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda tadbirkorlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish maqsadida ilmiy-texnologik parklar, startap inkubatorlar va venchur kapital fondlarini rivojlantirish va mazkur texnoparklarda startap akselerator, biznes inkubator, ishlab chiqarish maydoni, kovorking markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni engillashtirish va rag‘batlantirish, iqtisodiy farqlarni kamaytirish va hududiy rivojlanishni jadallashtirishda byudjeti mablag‘lari hisobidan ta’minotchi korxonalarga 5 foiz stavkada uch yil muddatda kreditlar ajratishga doir taklifidan 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʼgʼrisida” gi OʼRQ-813-son Qonunning 13-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 25 fevraldagi 3/dn-38-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda iqtisodiy farqlarni kamaytirish va hududiy rivojlanishni jadallashtirish maqsadida hudud infratuzilmalarini, xususan, elektr energiyasi va gaz tarmog‘ini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha ta’minotchi korxonalar moliyaviy barqarorligini oshirishga erishilgan;
xorijiy investisiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyatini hamda investorlar tomonidan investisiya majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish asosida iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir taklifidan 2024-yil 15-oktyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2025-yil 23-yanvarda Senat tomonidan ma’qullangan “Investisiyalar va investisiya faoliyati to‘g‘risida” Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 25 fevraldagi 3/dn-38-son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiyalar yo‘naltiriladigan tarmoqlarni aniq belgilash, kam samarali tarmoqlardan ko‘ra, texnologik va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tarmoqlarga ustuvorlik berish hamda xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun har bir hududning ijtimoiy iqtisodiy holatidan kelib chiqqan holda moslashuvchan siyosat yuritishga olib kelgan.