Inoyatova Durdona Shoxaydarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4789.
Ilmiy rahbari: Mamanazarov Oybek Shomurodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Davletov Islombek Xoliqovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharoitida uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy fondining holatini baholash uchun chiziqli regressiya modelini qo‘llagan holda uslubiyot ishlab chiqildi. Bu uslubiyot uy-joy qulayligini oshirishning ustuvor shaklini (modernizatsiya yoki rekonstruksiya) tanlash jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi;
Toshkent shahrida aholi soni va ularning uy-joy kommunal sohasiga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olib, boshqaruv servis kompaniyalarining daromadlari va xarajaratlarining o‘zgarish dinamikasini hisoblash orqali boshqaruv servis kompaniyalarining iqtisodiy holatini 2032 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish orqali sifatli xizmatlar ko‘rsatishda turar-joy ob’ektining texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha turli foydalanuvchilarga dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beruvchi elektron pasport mazmunini aniqlashtirish uchun tezkor axborot bazasini yaratish zarurati asoslangan va axborot massivi taklif etilgan;
uy-joy fondini boshqarishda uni sug‘urtalash hamda boshqaruvchi va pudratchi tashkilotlar javobgarligini ta’minlash tizimini joriy etish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida uy-joy fondini boshqarish kompaniyalari faoliyatini boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uy-joy fondining holatini baholash uchun chiziqli regressiya modelini qo‘llagan holda uslubiyot ishlab chiqildi. Bu uslubiyotni amaliyotga joriy etish orqali uy-joy qulayligini oshirishning ustuvor shaklini (modernizatsiya yoki rekonstruksiya) tanlash jarayonlarini optimallashtirish imkoniyati yaratiladi. Ushbu ilmiy yangilikdan Toshkent shahridagi mavjud boshqaruv kompaniyalarida uy-joy fondlarini boshqarishda ularni ta’mirlash va qulayligini oshirish chora-tadbirlar dasturini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 11-sentyabrdagi 37-06/10291-sonli ma’lumotnomasi);
Toshkent shahrida aholi soni va ularning uy-joy kommunal sohasiga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olib, boshqaruv servis kompaniyalarining daromadlari va xarajaratlarining o‘zgarish dinamikasini hisoblash orqali boshqaruv servis kompaniyalarining iqtisodiy holatini 2032 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Republikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘p kvartirali uylardagi mulkdorlarining majburiy badallari va to‘lovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash va ularni ko‘p xonadonli uylarni boshqarishda qo‘llashda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 11-sentyabrdagi 37-06/10291-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent shahrida aholi soni hamda uning uy-joy kommunal xizmatlariga ehtiyojining oshib borishi sharoitida uzoq muddatli istiqbolda uy-joy fondini boshqarish kompaniyalari daromadlari va xarajatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan;
uy-joy fondini boshqarishning tashkiliy mexanizmini takomillashtirish orqali aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahridagi boshqaruv servis kompaniyalarida turar-joy ob’ektining texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha turli foydalanuvchilarga dolzarb ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beruvchi elektron pasport uchun axborot bazasi yaratilgan. (O‘zbekiston Republikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 11-sentyabrdagi 37-06/10291-sonli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar fuqarolar, boshqaruvchi tashkilotlar va nazorat organlari uchun real vaqtda ochiq bo‘lib, muammolarni tez aniqlash va bartaraf etish imkonini bergan;
uy-joy fondini boshqarishda uni iqtisodiy mexanizmini majburiy sug‘urtalash hamda boshqaruvchi va pudratchi tashkilotlar javobgarligini ta’minlash tizimi taqdim etilgan. (O‘zbekiston Republikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 11-sentyabrdagi 37-06/10291-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu yondashuv asosida mulkdorlar (uy egalari) o‘z uy-joylarini sug‘urta orqali himoya qilishlarini ta’minlaydilar va ularning iqtisodiy barqarorligi va xavfsizligini oshiradilar hamda sug‘urta mexanizmlari orqali yirik kapital sarflar talab etuvchi favqulotda holatlarda davlat yoki mahalliy byudjetga yuk tushmasligi ta’minlanadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish