Qarshiev Ahmad Abdulazizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxon vohasi bekliklarining Buxoro amirligida tutgan o‘rni (Buxoro “Qo‘shbegi” arxiv materiallari asosida)”, 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar671
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxon vohasi bekliklarining Buxoro amirligida tutgan o‘rnini Buxoro “Qo‘shbegi” arxiv materiallari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxon vohasi bekliklari haqida Buxoro “Qo‘shbegi” arxiv materiallari
(I-126 R-I-II-III ro‘yxatlari bilan birga) da 40 dan ortiq fondlar mavjudligi aniqlanib, bu arxiv hujjatlarda keltirilganligi dalillangan;
ma’muriy birlik bo‘yicha tumanga tenglashtiriladigan amloklarning relef tuzilishi, inshootlar, lavozim va daraja nomlari, urug‘ va elat nomlari, kasblarning nomlanishi Buxoro amirligi tarkibida bo‘lgan Surxon vohasining XIX asr oxiridagi aholisining etnosotsial tarkibini turlicha bo‘lganligi aniqlangan;
Sharqiy Buxoro bekliklaridagi aholidan yig‘ilgan soliqlarning hisob-kitobi amirlikka maxsus yozma xat tarzda hisobot berib turish tartibi bo‘lsada mulozim va amaldorlar tomonidan qo‘shimcha soliqlar undirilishi, noqonuniy majburiyatlarni bajarishga jalb etilishi natijasida voha aholisi qo‘shni hududlar xususan, Afg‘onistonga o‘tib ketishi hududdagi unimdor erlarning qarovsiz qolishi va ijtimoiy sohalarning inqiroziga olib kelganligi dalillangan;
XIX–XX asr boshlarida Surxon vohasi aholisi va ularning turmush tarzi, shuningdek, vohaning Rossiya mustamlakasiga aylangach hunarmandchilik sanoatida raqobatga duch kelib, o‘zining avvalgi mavqeini yo‘qotgan bo‘lishiga qaramay, ichki bozor talabini qondirishda davom etgani, qishloq xo‘jaligida agrotexnika ishlari hamda suv xo‘jaligidagi irrigatsiya inshootlarining hududdagi holati Buxoro “Qo‘shbegi” arxiv materiallari asosida qiyosiy jihatdan dalillab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxon vohasi bekliklarining Buxoro amirligida tutgan o‘rni (Buxoro “Qo‘shbegi” arxivi materiallari asosida) mavzusining tadqiq etilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Buxoro amirligi ma’muriy-boshqaruv tizimidagi o’ziga xos an’anaviy xususiyatlar Sharqiy Buxoro bekliklarida ham saqlanib qolinganligi hamda markazdagi ichki iqtisodiy-siyosiy o’zgarishlar bilan bog‘liq holda vohadagi beklik, amloklik va tumanlar sonining o’zgarib turganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 12-avgustdagi 02-29-1305-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabin-larning Buxoro “Qo‘shbegi” arxiv materiallari asosida Surxon vohasi bekliklari haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
Surxon vohasidagi ma’muriy birlik bo’yicha tumanga tenglashtiriladigan amloklarning tabiiy geografik o‘rni, daryolari, yo‘llari, ma’muriy va savdo inshootlari, shuningdek, ulardagi elat, urug‘larning etnik joylashuvi hamda lavozim (mansab) larning nomlanishi haqidagi ma’lumotlar Termiz davlat universiteti, Termiz davlat pedagogika instituti va Denov tadbirkorlik va pedagogika institutlarining Tarix bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-dekabrdagi 89-02-956-son ma’lumotnomasi). Natijalarining qo‘llanilishi tufayli oliy ta’lim muassasalari talabalariga Surxon vohasi tarixiga doir o‘tilayotgan tanlov fanlarni yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Surxon vohasi Buxoro amirligi iqtisodiy hayotida alohida ahamiyat kasb etgan hududlardan biri bo‘lib, o‘zining tabiiy-geografik sharoiti, unumdor erlari va strategik joylashuvi bilan ajralib turgan. Vohada qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, xususan, sug‘orma dehqonchilik, paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik va chorvachilik ancha rivojlangan bo‘lib, bu sohalar amirlik ichki bozorini oziq-ovqat hamda xomashyo bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Abadiyat oralab” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 04-apreldagi 02-31-1458-son ma’lumotnomasi).
Surxon vohasida Rossiyasi imperiyasi mustamlakachiligining ta’siri kuchayishi natijasida mahalliy hunarmandchilik sohalari sanoat korxonalari raqobatiga duch kelib, o’zining ilgarigi mavqeini yo’qotgan bo’lishiga qaramay, mahalliy aholining kundalik mahsulotlarga bo‘lgan talabi nafaqat mahalliy, balki chetdan keltirilgan tovarlar hisobiga ham qondirilganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Abadiyat oralab” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 04-apreldagi 02-31-1458-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro Qo‘shbegi arxivi materiallari asosida Surxon vohasi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti ilmiy tarixiu dalillar asosida keng jamoatchilikka yoritib berildi.