Adjablaeva Dinara Namazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda latent tuberkulyoz infeksiyasi rivojlanishining tibbiy-ijtimoiy omillari» 14.00.26 – Ftiziatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2527.
Ilmiy rahbar: Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib160.01.
Rasmiy opponentlar: Xalmatova Barno Turdixodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Soipova Nodira Sagdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalar orasida zamonaviy immunologik testlarni joriy etish va tibbiy-ijtimoiy xavf omillarini tahlil qilish orqali bolalarda latent sil infeksiyasini tashxislashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyati oilaviy sil o‘choqlarida istiqomat qiluvchi bolalar orasida latent tuberkulyoz infeksiyasining  immun status va tibbiy-ijtimoiy xavf omillari integratsiyasi ta’sirida 17,9%da uchrashi aniqlangan.
oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda latent tuberkulez infeksiyasining lokal shaklga o‘tish xavfini bashorat qilishda IL-2 (≥251,1 ng/ml) va IgM (≥1,18 ME/ml) chegaraviy qiymatlarining prognostik o‘rni  ilk bor aniqlangan.
latent tuberkulyoz infeksiyasi bilan kasallangan bolalarda - qo‘shimcha ovqatlanishni erta boshlash, oilada ko‘p bolalik, to‘liq bo‘lmagan oilada yashash, tuberkulyozning hududiy o‘chog‘i, O‘RVI, gijja invaziyasi, suvchechak bilan kasallanish, izoniazid bilan monoximioterapiya, Covid-19 o‘chog‘ida yashash kabi omillar lokal tuberkulyoz rivojlanishining prediktorlari ekanligi  aniqlangan.
ilk bor oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda  tibbiy- ijtimoiy xavf omillari va immunologik status xususiyatlari asosida ishlab chiqilgan latent tuberkulyoz infeksiyasini lokal silga o‘tishning prognostik modeli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda latent tuberkulez infeksiyasi rivojlanishining tibbiy-ijtimoiy omillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Samarqand viloyati oilaviy sil o‘choqlarida istiqomat qiluvchi bolalar orasida latent tuberkulyoz infeksiyasining  immun status va tibbiy-ijtimoiy xavf omillari integratsiyasi ta’sirida 17,9%da uchrashi aniqlanganligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan 25.12.2024 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “ Oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda latent tuberkulyoz infeksiyasining lokal silga o‘tish xavfini bashorat qilish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (13.01.2025 yildagi 10-sonli buyruq) va Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (13.01.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: latent tuberkulyoz infeksiyasining aniqlangan tarqalish darajasi oilaviy sil o‘choqlaridagi bolalarni yuqori xavf guruhi sifatida ajratish, ularni o‘z vaqtida tibbiy kuzatuv va profilaktik tadbirlar bilan qamrab olish orqali bolalarda tuberkulyozning klinik shakllarga o‘tishi holatlarini kamaytirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: latent tuberkulyoz infeksiyasining tarqalish darajasi (17,9%) aniqlanganligi profilaktik tekshiruvlar, skrining va maqsadli kimyoprofilaktika chora-tadbirlarini aniq xavf guruhidagi bolalarga yo‘naltirish imkonini berdi va bir nafar bemor uchun o‘rtacha 5100000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda latent tuberkulez infeksiyasining lokal shaklga o‘tish xavfini bashorat qilishda IL-2 (≥251,1 ng/ml) va IgM (≥1,18 ME/ml) chegaraviy qiymatlarining prognostik o‘rni  ilk bor aniqlanganligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan 25.12.2024 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “ Oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda latent tuberkulyoz infeksiyasining lokal silga o‘tish xavfini bashorat qilish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur yangilik Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (13.01.2025 yildagi 10-sonli buyruq) va Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (13.01.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: IL-2 va IgM ko‘rsatkichlarining chegaraviy qiymatlarini prognostik mezon sifatida qo‘llash kasalliklarning og‘ir shakllari rivojlanishining zamonaviy oldini olishga, shuningdek, bolaning lokal va faol sil bilan kasallanishining oldini olish va shu bilan uning salomatligini saqlash bo‘yicha davolash chora-tadbirlari taktikasini aniqlashga yordam berdi. Iqtisodiy samaradorligi: bir nafar bolani tuberkulyozning og‘ir shaklidan davolash uchun sarflanadigan mablag‘lar (5100000 so‘m) o‘rniga, erta profilaktik tashxis va davolashda 1500000 so‘m etarli bo‘ldi va 3600000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: latent tuberkulyoz infeksiyasi bilan kasallangan bolalarda - qo‘shimcha ovqatlanishni erta boshlash, oilada ko‘p bolalik, to‘liq bo‘lmagan oilada yashash, tuberkulyozning hududiy o‘chog‘i, O‘RVI, gijja invaziyasi, suvchechak bilan kasallanish, izoniazid bilan monoximioterapiya, Covid-19 o‘chog‘ida yashash kabi omillar lokal tuberkulyoz rivojlanishining prediktorlari ekanligi  aniqlanganligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan 25.12.2024 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “ Oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda latent tuberkulyoz infeksiyasining lokal silga o‘tish xavfini bashorat qilish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy tadqiqotning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (13.01.2025 yildagi 10-sonli buyruq) va Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (13.01.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: oilaviy tuberkulyoz o‘choqlarida yashovchi Latent tuberkulyoz infeksiyasi bor bolalarda mahalliy tuberkulyoz rivojlanishining prediktorlari aniqlanishi ularni yuqori xavf guruhi sifatida ajratish va maqsadli profilaktika choralarini o‘z vaqtida qo‘llash orqali bolalar sog‘lig‘ini saqlash va aholi o‘rtasida kasallik tarqalishini kamaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: chora-tadbirlarini aniq xavf guruhidagi bolalarga yo‘naltirish imkonini berdi va bir nafar bemor uchun o‘rtacha 5100000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda  tibbiy- ijtimoiy xavf omillari va immunologik status xususiyatlari asosida ishlab chiqilgan latent tuberkulyoz infeksiyasini lokal silga o‘tishning prognostik modeli aniqlanganligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan 25.12.2024 yildagi 5-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “ Oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda latent tuberkulyoz infeksiyasining lokal silga o‘tish xavfini bashorat qilish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy tadqiqotning amaliyotga joriy qilinishi: ushbu yangilik Navoiy viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (13.01.2025 yildagi 10-sonli buyruq) va Jizzax viloyati ftiziatriya va pul`monologiya markazi (13.01.2025 yildagi 4-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 mart 13/29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: latent sil infeksiyasini o‘tkazgan oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda lokal sil holatlar rivojlanishini bashorat qilish prognostik modelini ishlab chiqish, bolalarda ushbu holatlarning shakllanishi oldini olish uchun personallashtirilgan profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkonini berdi. Bu esa o‘z navbatida bolalar orasida lokal sil holatlar darajasini sezilarli ravishda pasaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: oilaviy sil o‘choqlarida yashovchi bolalarda erta yoshda va keyingi davrlarida latent tuberkulyoz infeksiyasini lokal silga o‘tishning oldini olish natijasida ambulator va statsionar davolanish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan. Bu esa ambulator-poliklinika xizmatiga va statsionarga murojaatlar sonini 2-3 baravarga qisqarishi hisobiga byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish