Boboqulova Uljon Suvonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Oripov she’riyatida ayol obrazining tadrijiy takomili”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3329
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islom Axmedjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qasimov Yashar Aliqulu o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Abdulla Oripov she’riyatida ayol – ona obrazining tasvir mezonlari va yetakchi tamoyillari, milliy va umumbashariy xususiyatlari, irfoniy hamda Vatan va millat ramzi sifatidagi ifodasi qonuniyatlarini aniqlash, ona siymosini yaratishda shoir uslubining o‘ziga xosligi va adabiy-estetik qarashlarining ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Oripov ijodida ayol obrazining tarixiy ma’rifiy asoslari, tadrijiy takomili, ona obrazining diniy-ma’rifiy va irfoniy mohiyati, ayol – milliy xarakterning potensial asosi ekani hamda individual obrazdan Vatan va millat timsoli darajasigacha o‘sib chiqishi mezonlari ochib berilgan;
ayol obrazining G‘arb adabiyotiga oid xususiyatlaridan Sharq she’riyatidagi ifodasi qonuniyatlarigacha, turkiy xalqlar mifologiyasidagi Iloha Umay ona, Iloha Kishtey Sulton, Iloha Erka Sulton, Oq Ona, Sariq qiz obrazlaridan Avesto va islomiy adabiyotdagi o‘ziga xos tasvirigacha hamda o‘zbek mumtoz va jadid adabiyotidagi uyg‘un va farqli jihatlaridan Abdulla Oripov ijodidagi poetik sintezigacha yetakchi xossalari aniqlangan;
shoir ijodida ko‘p qirrali obraz sifatida – xotin-qizlar, ona, momo va kampir timsollari ramziylik konseptida ochiqlanib, qizlar obrazi yangicha rakursda tekshirilgan, momo – milliy qadriyatlar ramzi, individual obraz sifatida takomilga erishgani, kampir momo obrazidan ko‘ra kengroq ma’no qatlamlarini o‘zida mujassam etgani asoslangan;
Abdulla Oripov lirikasida tush motivining ruhiy-emotsional asoslari, ayni mavzudagi she’rlarda hikoyachilik, ya’ni roviylik usuli yetakchilik qilishi psixoanalitik metod vositasida tekshirilib, bunga oid poetik detallar shoir ijodi va folklor uyg‘unligi negizida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Oripov she’riyatida ayol obrazining tadrijiy takomili tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Abdulla Oripov ijodida ayol obrazining tarixiy-ma’rifiy asoslari, tadrijiy takomili, ona obrazining diniy-ma’rifiy va irfoniy mohiyati, ayol – milliy xarakterning potensial asosi ekani bilan bog‘liq xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 “Bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-apreldagi 01/04-0260-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Abdulla Oripov she’riyatida ayol individual obrazdan Vatan va millat timsoli darajasigacha o‘sib chiqishi mezonlariga doir ilmiy-nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
ayol obrazining G‘arb adabiyotiga oid xususiyatlaridan Sharq she’riyatidagi ifodasi qonuniyatlarigacha, turkiy xalqlar mifologiyasidagi Iloha Umay ona, Iloha Kishtey Sulton, Iloha Erka Sulton, Oq Ona, Sariq qiz obrazlaridan Avesto va islomiy adabiyotdagi o‘ziga xos tasvirigacha bo‘lgan tadrijiy takomiliga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023 – 2024-yillarga mo‘ljallangan AL – 662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-apreldagi 01/04-0259-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy va salaflari hamda o‘zbek mumtoz va jadid adabiyotidagi uyg‘un va farqli jihatlar, ularning Abdulla Oripov ijodidagi poetik sintezi bilan bog‘liq ilmiy umumlashmalar loyihaning amaliy qiymatini oshirgan;
shoir ijodida ko‘p qirrali obraz sifatida – xotin-qizlar, ona, momo va kampir timsollari ramziylik konseptida ochiqlanib, qizlar obrazi yangicha rakursda tekshirilgan, momo – milliy qadriyatlar ramzi, individual obraz sifatida takomilga erishgani, kampir momo obrazidan ko‘ra kengroq ma’no qatlamlarini o‘zida mujassam etgani haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 5-apreldagi 01/04-0257-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ayol – ona obraziga doir tizimli tahlillar loyihaning yangi xulosa va umumlashmalar bilan boyishiga xizmat qilgan;
Abdulla Oripov lirikasida tush motivining ruhiy-emotsional asoslari, ayni mavzudagi she’rlarda hikoyachilik, ya’ni roviylik usuli yetakchilik qilishi psixoanalitik metod vositasida tekshirilib, bunga oid poetik detallar shoir ijodi va folklor uyg‘unligi negizida dalillangani bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot”, “Afsona va haqiqat”, “Tarix bilan tanishuv” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (2025-yil 29-maydagi 15-33/378-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi nazariy ma’lumotlar teleko‘rsatuv materiallari ilmiy va amaliy jihatdan boyishiga xizmat qilgan.