Boyatov Oybek Maxmudjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Majzub Namangoniy adabiy merosi manbalari, matn tarixi va badiiyati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti hamda 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/ Fil3384.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Robbimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rafiddinov Sayfiddin Sayfullo o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Majzub Namangoniy adabiy merosining qo‘lyozma manbalari, lirik asarlari matn tarixi, mavzu va janr xususiyatlari hamda badiiyatini kompleks ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Majzub Namangoniy adabiy-ilmiy merosining qo‘lyozma va toshbosma manbalari monografik tavsifi amalga oshirilib, Saudiya Arabistonida saqlanayotgan “Devoni Abdulaziz Majzub” hamda Tojikiston madrasasi fondida saqlanayotgan adib qalamiga mansub “Tazkirat ul-avliyo” asarlari qo‘lyozmalari ilmiy ustifodaga olib kirilgan;
shoir asarlarining qo‘lyozma va toshbosma manbalari qiyoslanib, matn tarixi, yaʼni manbalardagi tafovutlar sabablari izohlangan; ijodkor asarlariga kotib va muharrirlar tomonidan kiritilgan tahrirlar muqoyasasi natijasida turli lirik janrlarga mansub she’rlarining ishonchli matnlari tiklangan hamda qo‘lyozma bayozlardan devonga kirmagan 3 g‘azal, 1 muxammas va 1 masnaviy – jami 162 misra she’r yangi aniqlangan;
ijodkorning g‘azal, qasida, musallas, murabba’, muxammas, musaddas, musamman, soqiynoma, masnaviy va qitʼa singari mumtoz janrlarga oid lirik asarlari ishqiy, diniy-tasavvufiy, ilm-ma’rifat hamda ijtimoiy-falsafiy singari mavzularga tasnif etilib, muallif e’tiqodi va maslagi, ijod konsepsiyasi, irfoniy mazmun va poetik ifoda uyg‘unligi hamda ijodkor badiiy uslubi nuqtayi nazaridan tahliliy baholangan;
shoirning mumtoz adabiyotda kamdan kam uchraydigan musallas janrida she’rlar bitgani, badiiy san’atlarni qo‘llash hamda aruz va qofiya borasidagi mahorati: birinchidan, takrir, talmeh va iqtibos misolida boshdan oxir bir she’riy san’atga asoslangan; ikkinchidan, aruzning ramal, hazaj, rajaz, munsarih va mutaqorib vaznlarida badiiyati yuksak she’rlar bitgani, uchinchidan, mumtoz qofiyaning o‘zak tarkibiga asosan mujarrad, murdaf, muqayyad, muassas va raviyning sokin yoki mutaharrik bo‘lishiga ko‘ra mutlaq va muqayyad kabi turlaridan mahorat bilan istifoda etgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Majzub Namangoniy adabiy merosi manbalari, matn tarixi va badiiyati tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Majzub Namangoniy asarlarining qo‘lyozma va toshbosma manbalari qiyoslanib, matn tarixi, yaʼni manbalardagi tafovutlar sabablari izohlangan; ijodkor asarlariga kotib va muharrirlar tomonidan kiritilgan tahrirlar muqoyasasi natijasida turli lirik janrlarga mansub she’rlarining ishonchli matnlari tiklangan hamda qo‘lyozma bayozlardan devonga kirmagan 3 g‘azal, 1 muxammas va 1 masnaviy – jami 162 misra she’r yangi aniqlanganligi; ijodkorning g‘azal, qasida, musallas, murabba’, muxammas, musaddas, musamman, soqiynoma, masnaviy va qitʼa singari mumtoz janrlarga oid lirik asarlari ishqiy, diniy-tasavvufiy, ilm-ma’rifat hamda ijtimoiy-falsafiy singari mavzularga tasnif etilib, muallif e’tiqodi va maslagi, ijod konsepsiyasi, irfoniy mazmun va poetik ifoda uyg‘unligi hamda ijodkor badiiy uslubi nuqtayi nazaridan tahliliy baholangan ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024- yillarda bajarilgan “AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-martdagi 04/1-867-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir ijodida ko‘zga tashlanadigan asosiy mavzular tasnifi va ularning badiiy-falsafiy ahamiyati ochib berilganligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarining davr nuqtayi nazaridan xilma-xilligini ta’minlagan;
Majzub Namangoniy adabiy-ilmiy merosining qo‘lyozma va toshbosma manbalari monografik tavsifi amalga oshirilib, Saudiya Arabistonida saqlanayotgan “Devoni Abdulaziz Majzub” hamda Tojikiston madrasasi fondida saqlanayotgan adib qalamiga mansub “Tazkirat ul-avliyo” asarlari qo‘lyozmalari ilmiy ustifodaga olib kirilganligi haqida ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan “IL-402104474 raqamli “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ¬-2025-yil 17-martdagi 04/1-868-son ma’lumotnomasi). Natijada Majzub Namangoniy asarlari matnlarini turli nusxalar asosida qiyosiy tahlil qilish, nusxalar o‘rtasidagi farqlarni aniqlash va ularning tahririy bosqichlari, shoirning poetik mahorati, badiiy uslubi hamda adabiy an’analarga munosabati bilan bog‘liq ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarining davr nuqtayi nazaridan xilma-xilligini ta’minlagan;
Majzub Namangoniyning respublika va xorijiy fondlarga saqlanayotgan adabiy merosiga oid ma’lumotlardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tamaddun darg‘alari” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 28-martdagi 01-30/194-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir asarlari manbalarini to‘liq to‘plash, ularni qiyosiy-matniy tadqiq etish, lirik asarlarini tahlil etish, ijodkorning milliy fanimizda tutgan o‘rnini baholashda, shuningdek, “Devoni Majzub Namangoniy” devonidagi lirik janrlarga oid ilmiy xulosalardan foydalanildi;
Majzub Namangoniy shoirning mumtoz adabiyotda kamdan kam uchraydigan musallas janrida she’rlar bitgani, badiiy san’atlarni qo‘llash hamda aruz va qofiya borasidagi mahorati: birinchidan, takrir, talmeh va iqtibos misolida boshdan oxir bir she’riy san’atga asoslangan; ikkinchidan, aruzning ramal, hazaj, rajaz, munsarih va mutaqorib vaznlarida badiiyati yuksak she’rlar bitgani, uchinchidan, mumtoz qofiyaning o‘zak tarkibiga asosan mujarrad, murdaf, muqayyad, muassas va raviyning sokin yoki mutaharrik bo‘lishiga ko‘ra mutlaq va muqayyad kabi turlaridan mahorat bilan istifoda etgani asoslangan ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023- yillarda bajarilgan “PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining ¬¬2025-yil 17-martdagi 04/1-869-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir lirikasida g‘azal, muxammas, masnaviy, qasida, soqiynoma, ruboiy, fard kabi janrlarning bu davrda faol adabiy hodisa sifatida baholangan ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarining davr nuqtayi nazaridan xilma-xilligini ta’minlagan.