Matyoqubova Tozagul Rajapovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘afur G‘ulom she’riyati poetikasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2017.2.DSc/Fil60
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor, Afoqova Nodira Maxmudovna, filologiya fanlari doktori, professor, Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: G‘afur G‘ulom she’riyatining shakllanishi va takomili, shoir lirik merosining psixobiografik va poetik talqini, lirik asarlarining adabiy-tarixiy jarayondagi o‘rni, she’riyatida vorisiylik, adabiy ta’sir va ijodiy individuallik, obrazli tasvir, poetik ifoda hamda badiiy-falsafiy konseptuallik tamoyillarining namoyon bo‘lishi masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘afur G‘ulom she’riyati poetikasiga Sharq folklori, mumtoz va jahon adabiyotidan ijodiy o‘zlashgan qatlamlar aniqlanib, shoir obrazlar olamining salaflariga mushtarakligi ijodiy izdoshlik, adabiy ta’sir, badiiy sintez, stilizatsiya va o‘ziga xoslik singari adabiy-estetik omillar asoslangan; 
shoir lirikasidagi saralangan nafis so‘z va iboralar, poetik ifoda shakllari, badiiy ko‘chimlar, lirik chekinishlar tekshirilib, ijodkorning fikr-kechinmani tasdiqlash, resipientga yo‘naltirish hamda hissiy-emotsional munosabatini yuqtirish mahorati ochib berilgan; 
G‘afur G‘ulomning real va badiiy olamlararo munosabatni ta’minlashdagi poetik mahorati ilmiy asoslanib, muallif obrazi hamda lirik qahramon kechinmalari o‘rtasidagi o‘zaro mushtarak jihatlar isbotlangan va  voqelikka hissiy munosabat bildirishda kulgililik kategoriyasidan unumli foydalanish, kontrast, kinoya, ironiya, hazilomuz ishora, zaharxanda kulgi, mubolag‘a kabi tasviriy vositalarga mutojaat qilish orqali shoirning  estetik ta’sirchanlikni oshirish, badiiy mazmunni chuqurlashtirishdagi o‘ziga xosligi dalillangan; 
ijodkor lirik merosi yaxlit fenomenal poetik olam sifatida umumlashma nazariy xulosalar chiqrishga asos bo‘lishi, ijodiy shaxsiyatidagi betakrorlik va xalq hayotini teran bilishi, estetik ideali, poetik ifoda usullari, lirik kechinma tasviridagi o‘ziga xosligi bilan o‘zbek she’riyati taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi aniqlangan; 
G‘afur G‘ulom she’riyatida faol qo‘llangan poetik obrazlar badiiy-estetik mohiyatini hissiy idrok etish shoirning reallik va ideallik sintezlashgan badiiy nigohi, serqatlam metaforik tafakkuri, falsafiy konsepsiyasini teran anglashni ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘afur G‘ulom she’riyati poetikasi muammolarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
G‘afur G‘ulom she’riyati poetikasiga Sharq folklori, mumtoz va jahon adabiyotidan ijodiy o‘zlashgan qatlamlar aniqlanib, shoir obrazlar olamining salaflariga mushtarakligi ijodiy izdoshlik, adabiy ta’sir, badiiy sintez, stilizatsiya va o‘ziga xoslik singari adabiy-estetik omillarga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiѐti universitetida bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiѐti universitetining 2022-yil 31-martdagi 04/1-3018-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek she’riyatida ijodkor poetik olami, badiiy tafakkur tadrijiga doir ilmiy qarashlar, yangi nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
shoir lirikasidagi saralangan nafis so‘z va iboralar, poetik ifoda shakllari, badiiy ko‘chimlar, lirik chekinishlar tekshirilib, ijodkorning fikr-kechinmani tasdiqlash, resipientga yo‘naltirish hamda hissiy-emotsional munosabatini yuqtirish mahorati haqidagi nazariy umumlashmalaridan O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zR FA QQ bo‘limining 2022-yil 14-fevraldagi 81/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida poetik unsurlarning mohiyati va funksiyasi belgilangan, bu esa estetik ideal ifodasi bilan bog‘liq nazariy tamoyillar shakllantirilishiga asos bo‘lgan; 
G‘afur G‘ulomning real va badiiy olamlararo munosabatni ta’minlashdagi poetik mahorati ilmiy asoslanib, muallif obrazi hamda lirik qahramon kechinmalari o‘rtasidagi o‘zaro mushtarak jihatlar isbotlangan va  voqelikka hissiy munosabat bildirishda kulgililik kategoriyasidan unumli foydalanish, kontrast, kinoya, ironiya, hazilomuz ishora, zaharxanda kulgi, mubolag‘a kabi tasviriy vositalarga mutojaat qilish orqali shoirning estetik ta’sirchanlikni oshirish, badiiy mazmunni chuqurlashtirishdagi o‘ziga xosligi dalillangan o‘rinlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi G‘afur G‘ulom uy muzeyida 2015-2017-yillarda amalga oshirilgan “G‘afur G‘ulomning akademik nashrga kirmagan asarlari hamda maktublarini nashrga tayyorlash va nashr qildirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi G‘afur G‘ulom uy-muzeyining 2022-yil 15-fevraldagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada G‘afur G‘ulom ijod laboratoriyasini anglash, lirik merosini xalqimizga etkazish imkoni yuzaga kelgan;
tadqiqotning ijodkor lirik merosi yaxlit fenomenal poetik olam sifatida umumlashma nazariy xulosalar chiqrishga asos bo‘lishi, ijodiy shaxsiyatidagi betakrorlik va xalq hayotini teran bilishi, estetik ideali,  poetik ifoda usullari, lirik kechinma tasviridagi o‘ziga xosligi bilan o‘zbek she’riyati taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi xususidagi ilmiy-nazariy umumlashmalaridan  O‘zbekiston davlat teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston tarixi” telekanallari adabiy-badiiy, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi “Taqdimot”, “Mavzu”, “Ko‘ngil obodligi”, “Assalom O‘zbekiston!” singari ko‘rsatuvlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali DMning    2022-yil 16-fevraldagi 02-06-384-son ma’lumotnomasi);    
G‘afur G‘ulom she’riyatida faol qo‘llangan poetik obrazlar badiiy-estetik mohiyatini hissiy idrok etish shoirning reallik va ideallik sintezlashgan badiiy nigohi, serqatlam metaforik tafakkuri, falsafiy konsepsiyasini teran anglashni ta’minlashiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yillik hisobotida ma’ruza matnini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 22-fevraldagi 01-03/283-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir lirikasi poetikasiga xos aspektlarni imkon qadar qamrab olgan holda tadqiq etish – muammoga yaxlit yondashuv lozimligi isbotlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish