Norqulov Nurzod Saidmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mumtoz nasr namunalarini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti)  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4522.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Marg‘uba Dusmiratovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusufjonova Nazokat Nig‘madjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
 Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
  Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II.Tadqiqotning maqsadi: mumtoz nasr namunalarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, obrazlar tizimi va ularning ta’limiy-tarbiyaviy funksiyalarini tahlil etish barobarida, o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy-metodik hamda texnologik yondashuvlarni ishlab chiqishdan iboratdir.
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida mumtoz nasriy asarlarni o‘qitish muammolari va sabab bo‘layotgan omillar aniqlanib, har bir muammoga aniq metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
adabiy ta’limda mumtoz nasriy asarlarni o‘qitishda sharqona o‘qitish usullari, xususan, “ilmi sharh”, “ilmi tahlil”, “ilmi sanoe”, “ilmi g‘ariba” kabilarning alohida ahamiyat kasb etishi ilmiy-metodik jihatdan dalillangan va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga e’tibor qaratilib, tasavvuf ta’limoti to‘g‘risida ilk tushunchalarni maktabda berish, so‘fiyona ruhdagi bitiklarni o‘rgatishni osonlashtirish orqali mumtoz nasriy asarlarni o‘qitish samaradorligini oshirish tizimi takomillashtirilgan; 
mumtoz nasriy asarlar matni ustida ishlashda “mumtoz matn bilan ishlash algoritmi” ishlab chiqilib, mumtoz matnni tushunish texnikasi va taktikasini egallashning metodik tizimi yaratilgan va  amaldagi adabiyot darsligidan o‘rin olgan mumtoz nasriy asarlar matni yuzasidan tuzilgan savol va topshiriqlar tahlil qilinib, mumtoz matnni yanada yaxshiroq va osonroq tushunishlari uchun savol va topshiriqlar takomillashtirilgan;
mumtoz nasriy asarlarni o‘qitishda o‘quvchining mavzudan zerikishini oldini oluvchi “O‘quvchi pasporti” texnologiyasi va “Maxfiy axborot” zamonaviy metodi “Qisasi Rabg‘uziy” asari va Xoja hikoyatlarini o‘qitishda ilk bor tatbiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mumtoz nasr namunalarini o‘qitishni takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
mumtoz nasriy asarlar matni ustida ishlashda “mumtoz matn bilan ishlash algoritmi” ishlab chiqilgan hamda mumtoz matnni tushunish texnikasi va taktikasini egallashning metodik tizimini yaratishga oid  xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-FZ- 201908172  raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 15-apreldagi 01/4-1408-son ma’lumotnomasi). Natijada mumtoz matnni yanada yaxshiroq va osonroq tushunishlariga erishilgan hamda mumtoz matnlar ustida ishlash, mumtoz nasriy asarlarni badiiy jihatdan tahlil qilish kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
umumta’lim maktablarida mumtoz nasriy asarlarni o‘qitish muammolari va sabab bo‘layotgan omillar, har bir muammoga aniq metodik tavsiyalar ishlab chiqilgani,  mumtoz nasriy asarlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, mumtoz nasriy asar matni ustida ishlash, tanqidiy-ijodiy savol topshiriqlar tuzish, fanlararo aloqadorlik, mavzulararo integratsiya, mustaqil ta’limni tashkil etish, mutolaaga qiziqtirish, sinfdan tashqari o‘qish uchun asarlar tavsiya qilish va ular uchun tuzilgan topshiriqlar mazmunini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik xulosalaridan Ijod maktablarining 9-sinf “Adabiyot” darsligi, 10-sinf “Adabiyot” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2025-yil 21-apreldagi, 03-12-975-son ma’lumotnomasi). Natijada Ijod maktablari uchun yaratilgan “Adabiyot” darsliklarida mumtoz asarlarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos tanlab berish, shu asosda savol-topshiriqlarni ishlab chiqish samaradorligiga erishilgan.
adabiy ta’limda mumtoz nasriy asarlarni o‘qitishda sharqona o‘qitish usullari, xususan, “ilmi sharh”, “ilmi tahlil”, “ilmi sanoe”, “ilmi g‘ariba” kabilarning alohida ahamiyat kasb etishi ilmiy-metodik jihatdan dalillangan va o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga e’tibor qaratilib, tasavvuf ta’limoti to‘g‘risida ilk tushunchalarni maktabda berish, so‘fiyona ruhdagi bitiklarni o‘rgatishni osonlashtirish orqali mumtoz nasriy asarlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli  “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 28-apreldagi 01/4-1686-son ma’lumotnomasi). Natijada mumtoz matnni fanlararo integratsiya orqali yanada yaxshiroq va osonroq tushunishlariga erishilgan hamda mumtoz matnlar ustida ishlash, mumtoz nasriy asarlarni badiiy jihatdan tahlil qilish kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan. 
 mumtoz nasriy asarlarni o‘qitishda o‘quvchining mavzudan zerikishini oldini oluvchi “O‘quvchi pasporti” texnologiyasi va “Maxfiy axborot” zamonaviy metodi “Qisasi Rabg‘uziy” asari va Xoja hikoyatlarini o‘qitishga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali, hamda “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 17-dekabrdagi 06-28-647-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabin yoshlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlar shakllanishiga erishilgan hamda ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan ilmiy-ommabop materiallarning mazmun jihatidan mukammallashuvi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish