Israilova Xusnida Adilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarning konsentratsiyasi qobiliyatlarini shakllantirish metodikasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2940
Ilmiy rahbar: Mirzakarimova Maxliyoxon Madaminjonovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat shet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon universtiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/25.12.2024.Ped. 130.03 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xujamberdieva Shaxnoza Kupaysinovna pedagogika fanlari doktori, professor; Axunov Umidjon Ruzibaevich pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning konsentratsiya qobiliyatlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalarda konsentratsiya qobiliyatini shakllanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar (nosogʻlom taomlar va kam harakatlilik, qiziqishning sustligi va dastlabki bilimlarning etishmasligi, me’yordan ortiq ma’lumotlarning ko‘pligi, uyquning me’yorda emasligi, murakkab topshiriqlarni bajarishda o‘ziga ishonmaslik) aniqlandi;
maktabgacha yoshdagi bolalardagi konsentratsiya qobiliyati turlari (selektiv, taqsimlangan, barqaror, o‘zgaruvchi, selektiv-taqsimlangan, mo‘ljallangan, tashqi, ichki, sensorik, kognitiv) aniqlandi va samarali tarkib toptirish modeli yaratildi;
qiziqish, motivatsiya, atrof-muhit stimullari, emotsional holat, tizimli va odatiy faoliyat, o‘quv materiallari va faoliyatlar, ijtimoiy muloqot, mediaiste’mol, individual rivojlanish va etuklik kabilar maktabgacha yoshdagi bolalarda konsentratsiya qobiliyatini rivojlanish bosqichlari sifatida dalillandi;
bolalarda konsentratsiya qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar (“Mato ostidagi buyumlar”, “Ko‘rinmas stakan”, “Harakatlar tarixi”, “Men sayohatga chiqaman”, “Ovozli xotira”, “Xato hikoya”, “Bosh harflarni almashtirish”, “Tinglash va sanash”, “Raqamlar zanjiri”, “Er, havo va suv”) “Ilk qadam” dasturida keltirilgan kunlik mashgʻulotlar mazmuniga integratsiya qilindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning konsentratsiya qobiliyatlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarda konsentratsiya qobiliyatini rivojlanish bosqichlari (qiziqish, motivatsiya, atrof-muhit stimullari, emotsional holat, tizimli va odatiy faoliyat, o‘quv materiallari va faoliyatlar, ijtimoiy muloqot, mediaiste’mol, individual rivojlanish va etuklik) aniqlangan o‘rinlar “Maktabgacha ta’limda savod o‘rgatish” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrugʻi, 218-501-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda konsentratsiya qobiliyatini shakllantirish tajribasini integratsiyalash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda konsentratsiya qobiliyatini rivojlanish bosqichlarini shakllantiruvchi “Mato ostidagi buyumlar”, “Ko‘rinmas stakan”, “Harakatlar tarixi”, “Men sayohatga chiqaman”, “Ovozli xotira”, “Xato hikoya”, “Bosh harflarni almashtirish”, “Tinglash va sanash”, “Raqamlar zanjiri”, “Er, havo va suv” kabi integratsion evristik topshiriqlar “Maktabgacha yoshdagi bolalarning konsentratsiya qobiliyatini shakllantirish” nomli uslubiy qo‘llanmada aks etgan va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida foydalanish uchun tavsiya etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 1-maydagi 01/11-6-311-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda konsentratsiya qobiliyatini shakllantirishning zamonaviy yondashuvlarini samarali tatbiq etishga hamda didaktik ta’minotini takomillashishiga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda konsentratsiya qobiliyatini shakllanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar (nosogʻlom taomlar va kam harakatlilik, qiziqishning sustligi va dastlabki bilimlarning etishmasligi, me’yordan ortiq ma’lumotlarning ko‘pligi, uyquning me’yorda emasligi, murakkab topshiriqlarni bajarishda o‘ziga ishonmaslik) aniqlangan o‘rinlardan 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan FZ-202001064 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha talim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik, metodik ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 1-maydagi 01/11-6-311-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash metodik ta’minoti samaradorligiga erishilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalardagi konsentratsiya qobiliyati turlari (selektiv, taqsimlangan, barqaror, o‘zgaruvchi, selektiv-taqsimlangan, mo‘ljallangan, tashqi, ichki, sensorik, kognitiv) dan va samarali tarkib toptirish modelidan “Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 1-maydagi 01/11-6-311-son ma’lumotnomasi). Natijada, konsentratsiya qobiliyatini shakllantirish tamoyillari va komponentlarini samarali tatbiq etishga hamda maktabga tayyorlash jarayonlarini tashxis etish samaradorligini oshirishga erishilgan.