Boltaboev Azizbek Xasanboy o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni o‘quv jarayonida kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi (“Qalamtasvir”fani misolida).  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at) ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped4096.  
Ilmiy rahbar: Abdirasilov Sunatillo Fayzullaevich  pedagogika fanlari nomzodi, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: 
Namangan davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi PhD.38/09.07.2020.San.119.01
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Xadjimetov Behzod Baxadirovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qalamtasvir asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi o‘quv jarayonidagi gibrid ta’lim: an’anaviy ta’lim+raqamli amaliyot, “Peer-to-peer learning” (talabalarni o‘zaro ijodiy ishlarini tanqidiy mulohaza qilish)  metodlaridan foydalanish hisobiga amaliy mashg‘ulotlarni tizimli tashkil etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talabalarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi ko‘z–qo‘l koordinatsiyasini mustahkamlash va professional grafik texnikasini  shakllanishi uchun  natura va postanovka bilan ishlash jarayonida etyud hamda sketchinglarni gelli ruchkada ishlash orqali takomillashtirilgan;
 talabalarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli harakatdagi figurani xarakterini ilg‘ab olish maqsadida 30 soniyadan 2 daqiqa oralig‘ida qoralama qilish orqali talabalarda tasviriy xotirani mustahkamlash mumkinligi aniqlangan; 
talabalarni kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi o‘quv jarayoninidagi o‘zgarishlarni fiksatsiya qilish maqsadida Google Drive, Padlet, Behance  kabi platformalarda onlayn-albom yuritish orqali shaffof baholash  tizimini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarni o’quv jarayonida kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
“Qalamtasvir” fani asosida talabalarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishning konseptual-metodologik imkoniyatlari tahlil qilinib, uing mazmuniy, tarkibiy, kognitiv, amaliy, kommunikativ va refleksiv komponentlari o‘zaro integrativ aloqadorlik va pedagogik tizimlilik tamoyillari asosida ochib berilganligiga oid amaliy taklif va ilmiy tavsiyalar “Qalamtasvir” nomli o’quv qo’llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i). Natijada, tasviriy san’at ta’lim yo’nalishi talabalarining xomaki rasm chizish texnikasi, ranglarni his qilish, kreativligi va fazoviy tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik, psixologik, didaktik va badiiy-ijodiy omillar tizimi aniqlanib, ularning samaradorligini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar, diagnostik mezonlar va baholash indikatorlari majmuasi ilmiy asoslanganligiga oid takliflar asosida “Yoshlar bo‘sa hunarli – hayot bo‘lar zavqli” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatini boshqa institutlarini qo‘llab quvatlash jamoat fondining 2022-yil 25-noyabrdagi 73-08/97-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetentligi rivojlanganligini o’quv amaliyotida xomaki tasvirni o’rgatish jarayonini uzlyuksiz nazorat qilish texnologiyasi asosida o’quv jarayoni samaradorligi oshgan.
talabalarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan model va texnologiya takomillashtirilib, u modulli-innovatsion yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv va interfaol metodlar tizimi integratsiyalashgan holda ishlab chiqilganligiga oid amaliy taklif va ilmiy tavsiyalardan “Qalamtasvir” nomli o’quv qo’llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-oktyabrdagi 11-05-5737/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, qalamtasvir asosida bo‘lajak tasviriy san’at  o‘qituvchilarining kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishning amaliy-metodik jihatini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish