Raximov Hasanboy Umarjon-o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining autopedagogik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari (“Tasviriy san’at tarixi” fani misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped3623. 
Ilmiy rahbar: Nurtaev Urinbay Nishonbekovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: 
Namangan davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi PhD.38/09.07.2020.San.119.01   
Rasmiy opponentlar: Kamolov Iftixor Baxtiyorovich, pedagogika fanlari doktori, professor, Alimqulova Dilzoda Raimqulovna, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo’lajak tasviriy sanʼat o’qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirishning didaktik  ta’minoti jahon va milliy tasviriy san’atining nodir asarlari, turli uslub va maktablarini  virtual muhitda vizual umumiylik va farqlarni ijtimoiy kontekstda tahlil qilish  asosida takomillashtirilgan;
bo’lajak tasviriy sanʼat o’qituvchilarining autopedagogik kompetentligini rivojlantirish modeli muzey kolleksiyalarining replikalari asosida mini ko’rgazma, ekspozisiya tashkil qilishda raqamli reproduksiyalar bilan ishlash, ma’lum bir davr, rassom ijodi bo’yicha har bir talabaning shaxsiy portfoliosini shakllantirishda “Peer-to-peer learning” komponentlarni integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining autopedagogik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi turli yo‘nalish va uslublarni konseptual taqqoslash, muayyan asar yoki badiiy xodisani tarixiy konteksda tahlil qilishda mini-ekskursiyalardan samarali foydalanish orqali refleksivlik darajasini oshirish asosida takomillashtirilgan;
bo’lajak tasviriy sanʼat o’qituvchilarining autopedagogik kompetentligini baholash mezoni geymifikatsiya metodi orqali talabalar to’plagan ballariga qarab (masalan, “Shogird”, “Tahlilchi”, “San’atshunos”, “Ekspert”) daraja belgilash hamda onlayn platformalar (Kahoot, Quizizz, Classcraft)da bilimni tekshirish tizimini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining autopedagogik kompetentligini innovatsion yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik determinantlar, didaktik faktorlar, shaxsiy-ijodiy resurslar, motivatsion-trening omillari va kognitiv-aks ettiruvchi mexanizmlar tizimi aniqlanib, ularning integrativ, tizimli, kompetensiyaviy va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosidagi o‘zaro ta’sir imkoniyatlari ochib berilganligiga doir taklif va tavsiyalar “Tasviriy san’at tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i bilan chop etish uchun ruxsat berilgan 537610-son ruxsatnomasi). Natijada innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida autopedagogik kompetentlikni rivojlantirish va o‘z-o‘zini ijodiy takomillashtirish samaradorligi oshirilgan;
innovatsion yondashuv asosida autopedagogik kompetentlikning konseptual-strukturaviy tuzilmasi aniqlanib, unda kognitiv, operatsion-amaliy, motivatsion-regulyativ, refleksiv-kommunikativ, aks ettiruvchi-analitik komponentlar hamda diagnostik mezonlar, indikatorlar va baholash darajalari ierarxiyasi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflardan foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 8-oktyabridagi 11-05-5738/4 sonli dalolatnomasi). Natijada, ushbu tavsiyalar bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining autopedagogik kompetentligi darajalarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish