Djuraev Paxlavonjon Usarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat qarzini boshqarish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5007. 
Ilmiy rahbar: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Razzoqov Jasur Hamrobaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat qarzini boshqarish mexanizmini  takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kafolat jamg‘armasi mablag‘larini passiv holatdan faol investisiya instrument sifatida foydalanish maqsadida bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga depozitga yo‘naltirish va yuqori likvidlik qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilishga doir taklifi asoslangan;
davlat qarzlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qarzlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish maqsadida davlat ishtirokidagi korxonalarning investisiya va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyotini bekor qilish tartibi joriy etilgan;
davlat kafolatlarini taqdim etish natijasida yuzaga keladigan to‘lov risklarini kamaytirish maqsadida davlat kafolatlarining iqtisodiy narxini belgilovchi va byudjet riskini pasaytiruvchi kompensatsion to‘lov mexanizmi (“taqdirlash puli”)ni joriy etish taklifi asoslangan; 
tashqi qarz shartnomalarining tizimli tahlili va shaffofligini oshirishga qaratilgan “Tashqi qarz bitimlarini ilovaviy auditlash” modeli asosida qarorlar qabul qilishga doir taklifi asoslangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida dissertant davlat qarzini samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
Kafolat jamg‘armasi mablag‘larini passiv holatdan faol investisiyaviy instrument sifatida foydalanish maqsadida jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga depozitga yo‘naltirish va yuqori likvidlik qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 sentyabrdagi 573-son sonli Qarori asosida ishlab chiqilgan Nizomda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi № 04/45-6-15662-sonli maʼlumotnomasi). Taklif asosida davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishda jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan milliy va chet el valyutasidagi mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga belgilangan tartibda depozitga joylashtirishdan hamda yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarga investisiya qilishdan olinadigan daromadlardan foydalanish tartibi joriy etildi. Bu orqali jamg‘arma mablag‘larining daromadliligi ta’minlanadi, natijada davlat tomonidan qarzga xizmat ko‘rsatish uchun ajratiladigan byudjet mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni 10-12 foizgacha qisqartirishga erishildi.
Davlat qarzlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qarzlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish maqsadida davlat ishtirokidagi korxonalarning investisiya va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyotini bekor qilishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi 166-son qarori asosida ishlab chiqilgan 2021-2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi № 04/45-6-15662-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur, taklifni amaliyotga joriy etish natijasida davlat ishtirokidagi korxonalarning investisiya va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyotini bekor qilish (strategik muhim bo‘lgan infratuzilma va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalar bundan mustasno) tartibi joriy etildi.
Davlat kafolatlarini taqdim etish natijasida yuzaga keladigan to‘lov risklarini kamaytirish maqsadida davlat kafolatlarining iqtisodiy narxini belgilovchi va byudjet riskini pasaytiruvchi kompensatsion to‘lov mexanizmini takomillashtirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 29 apreldagi “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi O‘RQ-836-son Qonunida o‘z aksini topgan (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi № 04/45-6-15662-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklif natijasida davlat kafolatlari bo‘yicha yuzaga keladigan byudjet yukini kamaytirish, fiskal barqarorlikni ta’minlash va kafolat foydalanuvchilari mas’uliyatini oshirish maqsadida “taqdirlash puli” tushunchasi iqtisodiy-moliyaviy kategoriya sifatida ilmiy asoslandi. Unga ko‘ra, davlat kafolati berilgan har bir kredit uchun kafolatlangan qarzdor kunlik qoldig‘iga nisbatan 0,5% yillik stavkada to‘lov hisoblanadi va belgilangan tartibda davlat byudjetiga o‘tkazish tartibi amaliyotga joriy etildi.
Tashqi qarz shartnomalarining tizimli tahlili va shaffofligini oshirishga qaratilgan “Tashqi qarz bitimlarini ilovaviy auditlash” modeli orqali qarorlar qabul qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida fiskal xatarni oldindan baholash konsepsiyasini ishlab chiqishga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 29 apreldagi “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi O‘RQ-836-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 martdagi 107-son sonli Qarorida “Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish korxonaning moliyaviy holati bo‘yicha xatarlar darajasini aniqlash va ushbu korxonalar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar” bo‘yicha belgilangan talablari asosida shakllantirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi № 04/45-6-15662-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklif asosida, tashqi qarz shartnomalarining texnik-iqtisodiy asoslari va xatarlarini hujjat tayyorlash bosqichidayoq baholashga asoslangan “ilovaviy auditlash” modeli ishlab chiqildi. Bu modelda loyihani moliyalashtirish sxemasi, qarz yuki bo‘yicha prognoz, qaytarish manbalari va to‘lovlarga ta’sir qiluvchi valyuta xatarlari oldindan hisoblanib, tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanishi shart qilib qo‘yildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish