Qo‘ldoshev Davronbek Abdullajonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta terish mashinalarining pnevmotransport tizimini takomillashtirish asosida paxta sifatini ta’minlashning ilmiy-texnik echimlari”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T948.
Ilmiy maslahatchi: Yo‘ldashev Abduraxim Temirovich, texnika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Norchaev Davron Rustamovich; texnika fanlari doktori, professor Aliqulov Sattor Ramazanovich; texnika fanlari doktori, professor Shaymardanov Baxtiyor Pardaevich. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta terish mashinalarining pnevmotransport tizimini takomillashtirish asosida paxta sifatini ta’minlashning ilmiy-texnikaviy muammoni echish yo‘li bilan bukerga terilgan paxta xomashyosini ifloslanishi va paxta chigitining shikastlanishini davlat standarti talabida ta’minlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
energiya va resurs tejamkor markazdan qochma ventilyator va paxta qator orasiga nisbatan ko‘ndalang joylashgan U-shaklidagi paxtani qabul kamerasining yangi konstruktiv parametrlarini ishlab chiqish hisobiga, bunkerdagi paxta xomashyosining ifloslanishini 25 foizgacha va chigit shikastlanishini 1 foizdan kam bo‘lishini ta’minlashga erishilgan; 
paxta terish mashinalarining pnevmotransport tizimidagi markazdan qochma ventilyator va U-shaklidagi paxtani qabul kamerasidan paxta terimida foydalanish natijasida, bunkerga terilgan paxta xomashyosini ifloslanish darajasini kamayishini aniqlashning matematik modellari ishlab chiqilgan;  
mayda iflos zarrachalarni tolaga kirib ketish mexanizmlarini hisobga olgan holda, paxta terish mashinasining pnevmotransport tizimida havo-paxta aralashmasi harakatini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan; 
agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarni baholash mezonlarini hisobga olgan holda, paxta qator orasiga nisbatan ko‘ndalang joylashgan energiya va resurs tejamkor U-shaklidagi paxtani qabul kamerasi va markazdan qochma ventilyatorning maqbul parametrlari asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta terish mashinalarining pnevmotransport tizimini takomillashtirish asosida paxta sifatini ta’minlashning ilmiy-texnik echimlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
takomillashtirilgan U-shaklidagi paxtani qabul kamerasi va markazdan qochma ventilyator konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining ixtiroga va foydali modelga patentlari olingan (“Paxta terish mashinasi qabul kamerasidan bunkerga uzatish usuli va uni amalga oshirish qurilmasi”, IAP 06981 – 27.06.2022 y. va “Paxta terish mashinasida paxtani tashish uchun markazdan qochma ventilyator”, FAP 2801 – 27.08.2025 y.). Natijada paxta terish mashinalari uchun universal konstruksiyaga ega bo‘lgan pnevmotransport tizimini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.  
ishlab chiqilgan takomollashtirilgan markazdan qochma ventilyator va U-shaklidagi paxtani qabul kamerasining tajriba nusxasi Toshkent viloyati “Hur o‘lka fayz” fermer ho‘jaligi va “TCT AGRO CLUSTER” MChJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 29-maydagi №05/04-04-267-sonli ma’lumotnomasi). Natijada terilgan paxtani terim to‘liqligi 87,94 foiz, g‘o‘zapoyada qolgan paxta miqdori 8,49 foiz, erga to‘kilgan paxta miqdori 3,57 foiz, terilgan paxtani ifloslanish darajasi 6,8 foiz bo‘lishi ta’minlangan;
ishlab chiqilgan markazdan qochma ventilyator hamda U-shaklidagi paxtani qabul kamerasi bilan jihozlangan MX-1,8 paxta terish mashinasi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markaziga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 29-maydagi №05/04-04-267-sonli ma’umotnomasi). Natijada paxtani qabul kamerasini pastki qismidan paxtani erga to‘kilishi, erdan kichik iflos zarrachalarni qabul kamerasiga so‘rilishi bartaraf etilib, terilgan paxta xomashyosini ifloslanishini 20-25 foiz, chigitining shikastlanishi davlat standarti talabida ko‘satilgan 1 foizdan kichik bo‘lishiga erishilgan hamda ushbu turdagi MX-1,8 paxta terish mashinasini seriyada ishlab chiqarishga tavsiyalar berilgan;
paxta qator orasiga nisbatan ko‘ndalang joylashgan takomillashtirilgan U-shaklidagi paxtani qabul kamerasi va markazdan qochma ventilyatorning konstruktorlik hujjatlari va hisoblash metodikalari “ANOR UPGROWTH” MChJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazining 2025-yil 29-maydagi №05/04-04-267-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi pnevmotransport tizimiga ega bo‘lgan XNP-1,8 paxta terish mashinalarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish