Tursunov Feruz Yuldoshevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): Sug‘orish nasos stansiyalari kaskadlarining ishonchliligi va xavfsizligini oshirish (Qarshi magistral kanali misolida)”, 05.09.06 – Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4525
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xo‘jaqulov Rustam, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04. raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Glovatskiy Oleg Yakovlevich, texnika fanlari doktori, professor; Rashidov Jaloliddin Ibodullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura–qurilish universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qarshi magistral kanali nasos stansiyalarini foydalanish davridagi ishonchliligi va xavfsizligini mavjud holatini baholash va ularni oshirishni asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qarshi magistral kanali nasos stansiyalari kaskadi  uchun ularni ishlash davomiyligini bashorat qilish imkonini beradigan Kaoru Isikava va Pareto diagrammalari ta’sir etuvchi omillar tahlili va nasos stansiysi asosiy jihozlarining ish rejimlari ishonchliligini inobatga olib ishlab chiqilgan: 
sug‘orish nasos stansiyalaridagi ishdan chiqishlar haqidagi statistik ma’lumotlar va ularga ishlov berish asosida nasos stansiyalari jihozlari va inshootlarining ishonchliligi va xavfsizligini miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari  nasos agregatlari texnik holatini hisobga olib takomillashtirilgan;
Qarshi magistral kanali nasos stansiyalarida ishdan chiqmasdan ishlash davri va ishonchlilik ko‘rsatkichlari o‘rtasida tizimning jihozlari va inshootlari ko‘p elementli ekanligini inobatga olgan holda bog‘liqlik o‘rnatilgan; 
gidravlika bloklarining muhim tarkibiy qismlarini tebranish holatini baholash, tebranish me’yorlarini aniqlashtirish va xarakterli xususiyatlari asosida uskunaning shikastlanishining asosiy turlarini bashorat qilish usullari nasos agregatlariida vibratsiya sinovlari natijalarini hisobga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qarshi magistral kanali misolida sug‘orish nasos stansiyalari kaskadlarining ishonchliligi va xavfsizligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nasos stansiyalari ishonchliligi va xavfsizligini oshirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi (QMK FB) tomonidan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 05.06.2025 y.dagi 02/19-2517-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kaskadlarning ishonchliligi va xavfsizligini umumiy holatda 7-10 % gacha oshirish imkoni yaratilgan;
ishonchlilikni oshirish va energiyani tejash maqsadida keltiruvchi va mashina kanalida suv yuzasi nishabligini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan va nasos stansiyalarining keltiruvchi kanalida suv oqimining harakatini ifodalovchi matematik model va  “Mashinali suv ko‘tarish tizimi ob’ektlari ishonchliligini baholash uslublari” nomli dasturi QMK FB tomonidan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 05.06.2025 y.dagi 02/19-2517-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mashina kanalining 20 kmli uchastkasida elektr energiyasini tejash, QMK nasos stansiyasini suv bilan ta’minlash 5-7 % ga oshishi imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish