Ganiev Suxrob Zokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Perkutan nefrolitotripsiyada bir tomonlama orqa miya anesteziyasini qo‘llash», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.1.PhD/Tib3438.
Ilmiy rahbar: Musabaev Anvar Nilovich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy urologiya tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Ataxanov Shuxrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Minura Adxamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: perkutan nefrolitotripsiyada bir tomonlama orqa miya anesteziyasini qo‘llash orqali orqa miya anesteziyasini boshqariluvchanligini va xavfsizligini oshirish, hamda uning selektivligini kuchaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. 
bemorlar buyraklarida o‘tkaziladigan perkutan operatsiyalarda og‘riqsizlantirish uchun bir tomonlama orqa miya anesteziyasi qo‘llanilganida, jarrohlik muolajasi tomonida to‘liq sensor va motor qamali ta’minlanilishi isbotlangan. 
siydik tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda perkutan nefrolitotripsiya jarrohlik amaliyotida bir tomonlama orqa miya anesteziyasining samaradorligi aniqlangan;
qon aylanish tizimiga kamroq ta’sir qilganligi sababli, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda bir tomonlama orqa miya anesteziyasini perkutan buyrak operatsiyalarida qo‘llash imkoniyati aniqlangan;
Mahalliy anestetik bupivakainni +4 - +6 °S sovutilgan eritmasini qo‘llab, to‘liq qamal bilan ta’minlanishi sababli bir tomonlama orqa miya anesteziyasining selektivligi oshganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Perkutan nefrolitotripsiyada og‘riqsizlantirish uchun bir tomonlama orqa miya anesteziyasini qo‘llash zamonaviy klinik-funksional tekshiruvlarni baholash natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida 09.04.2024 yildagi 09-04-009-09/IVm-son “Buyraklarda perkutan operatsiyalarda bir tomonlama orqa miya anesteziyasi” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma perkutan nefrolitotripsiyada og‘riqsizlantirish uchun bir tomonlama orqa miya anesteziyasini o‘tkazish imkonini bergan:
birinchi ilmiy yangilik: bemorlar buyraklarida o‘tkaziladigan perkutan operatsiyalarda og‘riqsizlantirish uchun bir tomonlama orqa miya anesteziyasi qo‘llanilganida, jarrohlik muolajasi tomonida to‘liq sensor va motor qamali ta’minlanilishi isbotlangan; siydik tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda perkutan nefrolitotripsiya jarrohlik amaliyotida bir tomonlama orqa miya anesteziyasini qo‘llash orqali bu usulning “an’anaviy” orqa miya anesteziyasidan qolishmasligi va samaradorligi baholangan va ko‘rsatilgan; ijtimoiy smaradorligi: perkutan nefrolitotripsiya amaliyotida bir tomonlama orqa miya anesteziyasini qo‘llash, jarrohlik tomonida to‘liq sensor va motor blokadasi bilan xavfsiz og‘riqsizlantirishni ta’minlashga imkon bergan, bu ayniqsa yuqori anesteziologik xavf bo‘lgan bemorlar guruhida yuqori samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlagan va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olgan; iqtisodiy samaradorligi. Bemorlarni statsionar davolash muddatini qisqartirish va asoratlarni bartaraf etish orqali xarajatlarni tejash 20% ni tashkil qilgan. Shifoxonada yotadigan 1 kunlik joy narxi 180400 so‘m bo‘lsa, shifoxonada davolanish kunlarini qisqartirish va dori-darmon xarajatlarini tejash hisobiga jami 229900 so‘m tejashga erishilgan; xulosa: perkutan nefrolitotripsiya jarrohlik amaliyotida bir tomonlama orqa miya anesteziyasini qo‘llash, an’anaviy orqa miya anesteziyasidan samaraliroq hisoblanadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: siydik tosh kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda perkutan nefrolitotripsiya jarrohlik amaliyotida bir tomonlama orqa miya anesteziyasining samaradorligi aniqlangan; ijtimoiy smaradorligi: perkutan nefrolitotripsiyada bir tomonlama orqa miya anesteziyasi usuli jarrohlik amaliyoti davrida xavsfiz anesteziyani ta’minlash bilan bir qatorda, u operatsiya sohasiga qarama-qarshi tomonda simpatik blokada ta’sirini kamaytirgan va ana’anaviy orqa miya anesteziyasining barcha afzalliklarini saqlab, jarrohlik tomonida to‘liq sensor va motor blokadani ta’minlagan; iqtisodiy samaradorligi: kerakli hajmdagi an’anaviy orqa miya anesteziyasiga nisbatan erishiladigan mahalliy anestetik miqdori va infuzion vositalarning sarfi kamaygan; xulosa: jarrohlik amaliyotida bir tomonlama orqa miya anesteziyasi usulini qo‘llash an’anaviy orqa miya anesteziyasining barcha afzalliklarini saqlagan holda samarali bo‘lib, anesteziologik xavfni kamaytirgan. 
uchinchi ilmiy yangilik. qon aylanish tizimiga kamroq ta’sir qilganligi sababli, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda bir tomonlama orqa miya anesteziyasini perkutan buyrak operatsiyalarida qo‘llash imkoniyati aniqlangan; ijtimoiy smaradorligi: Perkutan nefrolitotripsiyada “an’anaviy” orqa miya anesteziyasi bilan taqqoslaganda bir tomonlama orqa miya anesteziyasini qo‘llash gemodinamik asoratlarning chastotasini pasaytirgan va xavfsiz anesteziya va jarrohlik amaliyotiga imkon berib, amaliyot davomida va amaliyotdan keyingi davrda bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olgan. “An’anaviy” orqa miya anesteziyasi qo‘llanilgan bemorlardagi gemodinamik nostabillikni prediktori sifatida yuqori tana vazni indeksi ekanligi aniqlangan; iqtisodiy samaradorligi: bir tomonlama orqa miya anesteziyasi qo‘llanilgan guruh bemorlarda gemodinamik ko‘rsatkichlarga kam ta’sir qilishi natijasida vazopressor va atropin dori vositalariga ehtiyoj 27% ga kamaygan.  Faqatgina 4 nafar asosiy guruh bemorlariga vazopressor va atropin qo‘llanilib, aksincha qiyoslash guruhida bu kursatkich 15 nafarni tashkil etib, har bir bemor uchun 49500 sum miqdordagi tafovut aniqlangan; xulosa: yurak qon tomir kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda bir tomonlama orqa miya anesteziyasi usuli yurak kon tomir tizimiga kam ta’sir qilishi sababli jarrohlik amaliyoti davomida va undan keyingi davrda bemor hayotiga xavf soluvchi asoratlarning oldini olgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Mahalliy anestetik bupivakainni +4 - +6 °S sovutilgan eritmasini qo‘llab, to‘liq qamal bilan ta’minlanishi sababli bir tomonlama orqa miya anesteziyasining selektivligi oshganligi isbotlangan. Mahalliy anestetikni sovutish orqali 100% hollarda muvaffaqiyatli bir tomonlama orqa miya anesteziyasiga, 62,5% holatlarda esa to‘liq sensor va motor blokada bilan qat’iy bir tomonlama orqa miya anesteziyasiga erishilgan; ijtimoiy samaradorligi: sovutilgan bupivakain eritmasi va bemorni bel qismini bukib, oyoqlarni qoringa yaqinlashtirgan holatni saqlab qolish bir tomonlama orqa miya anesteziyasini selektivligini oshirgan; iqtisodiy samaradorligi: qat’iy bir tomonlama orqa miya anesteziyasiga erishish orqali infuzion vositalar, hamda vazopressor dori vositalarini o‘rtacha 27% ga kamaytirgan; xulosa: +4 - +6 °S sovutilgan mahalliy anestetik qat’iy bir tomonlama orqa miya anesteziyasini to‘liq ta’minlagan.
Tadqiqot davomida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM Farg‘ona filiali va “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM Xorazm filiali  amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik Kengashning 2024 yil 22 avgustdagi 50I-son buyrug‘i va 26.11.2024 yildagi 09/11-son xulosasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish