Shuxratova Maftuna Muxammad-Ali kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jag‘larning rekonstruktiv operatsiyasi bo‘ladigan bemorlarda tish-jag‘ tizimini operatsiya oldi tayyorgarligi”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.1.PhD/Tib4316.
Ilmiy rahbar: Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ubadullaev Muxammadjon Burxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jag‘larni jarrohlik yo‘li bilan davolashning funksional va estetik natijalarini yaxshilash uchun bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlash choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
3D-texnologiyalarga asoslangan yuz-jag‘ nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlashga mutlaqo yangi yondashuv ishlab chiqilgan va joriy etilgan, bu esa diagnostika va davolashning aniqligi va individuallashtirilishini oshirish imkonini bergan, shuningdek, ma’lumotlarni elektron arxivlash terapiya jarayonida anatomik va fiziologik o‘zgarishlarni dinamik kuzatish imkoniyatini ta’minlashi aniqlangan;
3D bosma usulida individual jarrohlik splintlarini tayyorlash rejaning operatsiyaga aniq translyasiyasini (1,2 ± 0,5 mm) ta’minlashi, operatsiyadan keyingi og‘ishlar chastotasini kamaytirishi (6% ga nisbatan 14%, r< 0,05) va aralashuvlar davomiyligini 25-30 daqiqaga qisqartirishi isbotlangan;
rekonstruktiv jarrohlikda 3D rejalashtirishning samaradorligi isbotlangan: tiklanish muddati 6,5 haftagacha qisqargan (p=0,01), rejalashtirilgan va haqiqiy natijalarning yuqori korrelyasiyasi ta’minlangan (r=0,92; r=0,78), bu esa jarrohlik aralashuvlarning aniqligi va kam invazivligini oshirishda asoratlarning kamayishi isbotlangan.
raqamli ma’lumotlar asosida jag‘larning bosma etilgan 3D modellaridan foydalanish operatsiya oldidan "mashq qilish" imkonini berishi, bu esa jarrohning bo‘lajak manipulyasiyalar haqida xabardorligini oshirishi va intraoperatsion xatolar xavfini kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jag‘larning rekonstruktiv operatsiyasi bo‘ladigan bemorlarda tish-jag‘ tizimini operatsiya oldi tayyorgarligini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 7 iyul`dagi 21/01-son bayonnomasi):
birinchi ilmiy yangilik: 3D-texnologiyalarga asoslangan yuz-jag‘ nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlashga mutlaqo yangi yondashuv ishlab chiqilgan va joriy etilgan, bu esa diagnostika va davolashning aniqligi va individuallashtirilishini oshirish imkonini bergan, shuningdek, ma’lumotlarni elektron arxivlash terapiya jarayonida anatomik va fiziologik o‘zgarishlarni dinamik kuzatish imkoniyatini ta’minlashi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: yuz-jag‘ sohasidagi nuqson va deformatsiyalarni uch o‘lchamli modelini yaratish va vizuallashtirish, operatsiyadan oldin individual shablonlar qo‘llash orqali tishlovni tiklash hamda bemorlarning moslashuvini yaxshilash, tomografiya va antropometrik usullar yordamida nuqsonni qayta tiklash, implant joyini aniq belgilash va asoratlar xavfini kamaytirish imkoniyati. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi 16.04.2025 yildagi №1365-7-107-TB/2025-sonli buyrug‘i va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 26.03.2025-yildagi 37-sonli buyrug‘i bilan "Og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatini baholash orqali yuz suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish" va "Og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatini hisobga olgan holda yuz suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni olib borish taktikasi" nomli uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nuqson va deformatsiyalarning uch o‘lchamli modelini yaratish va vizuallashtirish, operatsiyadan oldin individual shablonlar qo‘llash orqali tishlovni tiklash hamda bemorlarning moslashuvini yaxshilash, shuningdek, tomografiya va antropometrik usullar yordamida nuqsonni qayta tiklash, implant joyini aniq belgilash va asoratlar xavfini kamaytirish imkoniyatidan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, operatsiya oldi 3-d modellashtirish va CephaloPlan platformasi qo‘llanilishi orqali operatsiya davomiyligining qisqarishi, statsionar resurslar tejalishi, operatsiyadan keyingi takroriy aralishuv va xarajatlarni kamayishiga olib keldi; shifokor mehnati engillashdi va bemorlarda reabilitatsiya muddati qisqarishiga erishildi. Xulosa: Klinik tekshiruv, antropometrik o‘lchovlar, konusli-nurli kompyuter tomografiyasi ma’lumotlari va modifikatsiyalangan sefalometrik tahlilni o‘z ichiga olgan operatsiyadan oldingi kompleks baholash anatomik xususiyatlar va deformatsiya darajasini yanada aniqroq aniqlash imkonini berdi. Bunday yondashuv xirurgik rejalashtirish sifatini oshirish, operatsiya davomidagi korreksiyalar sonini kamaytirish va har bir bemor uchun individual davolash taktikasini ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: 3D bosma usulida individual jarrohlik splintlarini tayyorlash rejaning operatsiyaga aniq translyasiyasini (1,2 ± 0,5 mm) ta’minlashi, operatsiyadan keyingi og‘ishlar chastotasini kamaytirishi (6% ga nisbatan 14%, r< 0,05) va aralashuvlar davomiyligini 25-30 daqiqaga qisqartirishi isbotlangan. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi 16.04.2025 yildagi №1365-7-107-TB/2025-sonli buyrug‘i va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 26.03.2025-yildagi 37-sonli buyrug‘i bilan " Og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatini baholash orqali yuz suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish" va "Og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatini hisobga olgan holda yuz suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni olib borish taktikasi" nomli uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nuqson va deformatsiyalarning uch o‘lchamli modelini yaratish va vizuallashtirish, operatsiyadan oldin individual shablonlar qo‘llash orqali tishlovni tiklash hamda bemorlarning moslashuvini yaxshilash, shuningdek, tomografiya va antropometrik usullar yordamida nuqsonni qayta tiklash, implant joyini aniq belgilash va asoratlar xavfini kamaytirish imkoniyatidan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, operatsiya oldi 3-d modellashtirish va CephaloPlan platformasi qo‘llanilishi orqali operatsiya davomiyligining qisqarishi, statsionar resurslar tejalishi, operatsiyadan keyingi takroriy aralishuv va xarajatlarni kamayishiga olib keldi; shifokor mehnati engillashdi va bemorlarda reabilitatsiya muddati qisqarishiga erishildi. Xulosa: 3D-bosma texnologiyasi yordamida tayyorlangan individual jarrohlik splintlari virtual rejani real operatsiyaga aniq translyasiya (1,2 ± 0,5 mm) imkonini berdi. Bu esa operatsiyadan keyingi chetlanishlar xavfini sezilarli darajada kamaytirdi.
uchinchi ilmiy yangilik: rekonstruktiv jarrohlikda 3D rejalashtirishning samaradorligi isbotlangan: tiklanish muddati 6,5 haftagacha qisqargan (p=0,01), rejalashtirilgan va haqiqiy natijalarning yuqori korrelyasiyasi ta’minlangan (r=0,92; r=0,78), bu esa jarrohlik aralashuvlarning aniqligi va kam invazivligini oshirishda asoratlarning kamayishi isbotlangan. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi 16.04.2025 yildagi №1365-7-107-TB/2025-sonli buyrug‘i va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 26.03.2025-yildagi 37-sonli buyrug‘i bilan " Og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatini baholash orqali yuz suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish" va "Og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatini hisobga olgan holda yuz suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni olib borish taktikasi" nomli uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nuqson va deformatsiyalarning uch o‘lchamli modelini yaratish va vizuallashtirish, operatsiyadan oldin individual shablonlar qo‘llash orqali tishlovni tiklash hamda bemorlarning moslashuvini yaxshilash, shuningdek, tomografiya va antropometrik usullar yordamida nuqsonni qayta tiklash, implant joyini aniq belgilash va asoratlar xavfini kamaytirish imkoniyatidan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, operatsiya oldi 3-d modellashtirish va CephaloPlan platformasi qo‘llanilishi orqali operatsiya davomiyligining qisqarishi, statsionar resurslar tejalishi, operatsiyadan keyingi takroriy aralishuv va xarajatlarni kamayishiga olib keldi; shifokor mehnati engillashdi va bemorlarda reabilitatsiya muddati qisqarishiga erishildi. Xulosa: CephaloPlan ixtisoslashtirilgan raqamli platformasini ishlab chiqish va joriy etish jarrohlik aralashuvlarini tahlil qilish, rejalashtirish va vizualizatsiya qilish jarayonlarini avtomatlashtirish va standartlashtirishni ta’minladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: raqamli ma’lumotlar asosida jag‘larning bosma etilgan 3D modellaridan foydalanish operatsiya oldidan "mashq qilish" imkonini berishi, bu esa jarrohning bo‘lajak manipulyasiyalar haqida xabardorligini oshirishi va intraoperatsion xatolar xavfini kamaytirishi isbotlangan. Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi 16.04.2025 yildagi №1365-7-107-TB/2025-sonli buyrug‘i va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 26.03.2025-yildagi 37-sonli buyrug‘i bilan "Og‘iz bo‘shlig‘i gigienik holatini baholash orqali yuz suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish" va "Og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holatini hisobga olgan holda yuz suyaklarining qo‘shma jarohatlari bo‘lgan bemorlarni olib borish taktikasi" nomli uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 07.07.2025 yildagi 21/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nuqson va deformatsiyalarning uch o‘lchamli modelini yaratish va vizuallashtirish, operatsiyadan oldin individual shablonlar qo‘llash orqali tishlovni tiklash hamda bemorlarning moslashuvini yaxshilash, tomografiya va antropometrik usullar yordamida nuqsonni qayta tiklash, implant joyini aniq belgilash va asoratlar xavfini kamaytirish imkoniyatidan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalariga ko‘ra, operatsiya oldi 3-d modellashtirish va CephaloPlan platformasi qo‘llanilishi orqali operatsiya davomiyligining qisqarishi, statsionar resurslar tejalishi, operatsiyadan keyingi takroriy aralishuv va xarajatlarni kamayishiga olib keldi; shifokor mehnati engillashdi va bemorlarda reabilitatsiya muddati qisqarishiga erishildi. Xulosa: operatsiyadan keyingi o‘zgarishlarning taxlili ikkinchi gurux bemorlarida virtual reja va amalda erishilgan natijalar o‘rtasida yuqori darajadagi muvofiqlikni ko‘rsatdi.