Mirazizova Dillola Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda sensonevral garanglikning klinik va funksional xususiyatlari» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2662.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01. 
Rasmiy opponentlar: Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Moskva, Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Axmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universiteti(Qozog‘iston). 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: 
koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda o‘tkir sensonevral zaiflikni klinik-funksional tekshiruv usullari natijalarini baholash va davolash samaradorligini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik-audiologik tadqiqotlar natijalari asosida koronavirus infeksiyasini boshidan kechirgan bemorlarda o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi - garanglik darajasiga qarab bosqichma-bosqich ortib borishi aniqlangan;
ilk marotaba koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi (O‘SEZ) bo‘lgan bemorlarda ichki uyqu arteriyasini rangli kartalash bilan dupleks skanerlash tekshiruv natijalarida 35,6% yoshlarda va 51,4% o‘rta yoshli bemorlarda arteriyaning distal segmentida qon oqimining pasayish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq o‘tkir sensonevral eshitish zaifligida nojo‘ya natijalar rivojlanishini oldindan bilish uchun ishonchli laborator ko‘rsatkichlar aniqlangan: endotelial disfunksiyasi, ya’ni uning rivojlanishida - endotelin I konsentratsiyasi (42–56 ng/ml, me’yorida 4–36,3 ng/ml) va gomotsistein miqdorining oshishi (23,5 mkmol/l, me’yorida 3–15 mkmol/l) asosiy omil ko‘rsatkichi sifatida isbotlangan;
chig‘anoqning tashqi tukli hujayralari xolatini bashorat qiluvchi oqsil – prestinning miqdori aniqlangan: 342 dan 600 pg/ml gacha ko‘tarilishi I va II darajali o‘tkir sensonevral eshituv zaifligiga mos, III darajada uning miqdori 600 pg/ml dan ham yuqori, bu o‘z o‘rnida degeneratsiyaning faol jarayoni davom etayotgani, IV darajada prestin miqdorining keskin pasayishi, ya’ni tashqi tukli hujayralarning halok bo‘lishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 maydagi 18/41-son xulosasiga asosan quyidagilar amaliyotga joriy qilindi:     
birinchi ilmiy yangilik: klinik-audiologik tadqiqot natijalari asosida koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi karlik darajasiga qarab asta-sekin ortib borishi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 24 maydagi 86-sonli buyrug‘i va 7-shahar klinik shifoxonasining 2024 yil 23 maydagi 73-sonli U/T-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda o‘tkir sensonevral to‘mtoqlikni o‘z vaqtida tashxislash bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik-audiologik tadqiqot natijalari asosida karlik darajasiga qarab koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda o‘tkir sensonevral eshitish zaifligining asta-sekin kuchayishini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xulosa: o‘tkir sensonevral eshitish zaifligini o‘z vaqtida aniqlash davlat byudjetidan 136020 so‘mdan 163300 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan; 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan O‘SEZ bilan og‘rigan bemorlarda ichki uyqu arteriyasini rangli xaritalash bilan dupleks skanerlashdan foydalanish organik shikastlanishlar bo‘lmaganda 35,6% yosh va 51,4% o‘rta yoshli bemorlarda arteriyaning distal segmentida qon oqimining pasayishini ko‘rsatdi. Natijalar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 24 maydagi 86-sonli buyrug‘i va 7-shahar klinik shifoxonasining 2024 yil 23 maydagi 73 U/T-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradigan to‘g‘ri diagnostika yo‘nalishini aniqlash; asoratlar chastotasini kamaytirish orqali bemorlar ijtimoiy-mehnat faoliyatiga tezroq qaytadi. Iqtisodiy samaradorlik: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash bo‘yicha 1 nafar bemor hisobiga 893000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan O‘SEZ bilan og‘rigan bemorlarni to‘g‘ri tekshiruv taktikasi davlat byudjeti xarajatlarini kamaytiradi;
uchinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasidan keyin rivojlangan o‘tkir sensonevral eshitish zaifligida nojo‘ya natijalar rivojlanishini oldindan bilish uchun ishonchli laborator ko‘rsatkichlar aniqlangan: endotelial disfunksiyasi, ya’ni uning rivojlanishida - endotelin I konsentratsiyasi 42–56 ng/ml va gomotsistein miqdorining oshishi 23,5 mkmol/l asosiy omil ko‘rsatkichi sifatida isbotlangan. Natijalar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 24 maydagi 86-sonli buyrug‘i va 7-shahar klinik shifoxonasining 2024 yil 23 maydagi 73 U/T-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: davolashdan oldin va keyin endotelial disfunksiyaning laborator ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida erta tashxislash o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi natijasida yuzaga keladigan asoratlar rivojlanishini va jarayonni surunkali shaklga o‘tish oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 2870000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi bilan xastalangan bemorlarni laborator tekshiruvidan o‘tkazish protokolini optimallashtirish davlat byudjeti mablag‘lariga sarflanishini kamaytiradi; 
turtinchi ilmiy yangilik: chig‘anoqning tashqi tukli hujayralari xolatini bashorat qiluvchi oqsil – prestinning miqdori aniqlangan: (normal holatda 20–320 pg/ml oralig‘ida) uning 342–600 pg/ml gacha ko‘tarilishi I va II darajali, ko‘rsatkichlari 600 pg/ml dan yuqori – III darajali o‘tkir sensonevral eshituv zaifligiga mos (degeneratsiya jarayonini oshishi natijasi), IV darajada prestin miqdorining keskin pasayishi, ya’ni tashqi tukli hujayralarning halok bo‘lishi isbotlangan. Natijalar Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining 2024 yil 24 maydagi 86-sonli buyrug‘i va 7-shahar klinik shifoxonasining 2024 yil 23 maydagi 73-sonli U/T-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ijtimoiy samaradorligi: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan bemorlarda o‘tkir sensonevral eshitish zaifligini erta aniqlash va oldini olish; samarali kompleks davolashni aniqlash va eshitish zaifligi va karlik rivojlanishining oldini olish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash. Iqtisodiy samaradorlik: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan o‘tkir sensonevral eshitish zaifligi bo‘lgan bemorlarning eshitish faoliyati 78,6% bemorlarda yaxshilandi hamda uzoq muddatli davrda (6 oy) 87,8% holatda samarali bo‘ldi. Xulosa: yangi diagnostik tahlilni amaliyotga joriy etish davolash taktikasini takomillashtirish va asoratlar rivojlanishining oldini olish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida davlat byudjetidan koronavirus infeksiyasidan keyin rivojlangan o‘tkir sensonevral eshitish zaifligini tashxislash tadbirlari uchun 746869 so‘m, hamda statsionar davolanish kunlarini 2 kunga qisqartirdi, xarajatlar miqdori 25,06% ga kamxarj bo‘lib (773350 so‘m kamaytirish imkonini berdi). bu o‘z o‘rnida bemor uchun iqtisodiy jihatdan qulay va manfaatlidir

Yangiliklarga obuna bo‘lish