Rahmonova Dildora Zayniddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Voyaga etmaganlar orasida xulqi og‘ishganlikni profilaktika qilishning psixologik xususiyatlari”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/P1110.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: G‘afurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Axmedov Farxod Furqatovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Ma’mun universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi voyaga etmaganlar orasida xulqi og‘ishganlikni profilaktika qilishning psixologik xususiyatlarini tadqiq etish orqali psiloprofilaktik tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voyaga etmaganlar orasida irratsional ustanovkalarning shaxs xususiyatlariga bog‘liq namoyon bo‘lishiga ko‘ra, vaziyatni fojialashtirib idrok qilish frustratsion tolerantlikni jizzakilik, destruktiv kayfiyat, emotsionallik darajasining vektori negizida namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli xulqdagi og‘ishishlarni oldini olishda inropunitiv reaksiyalarga konstruktiv “Men” obrazini shakllantirish orqali korreksion ta’sir etish muhimligi isbotlangan;
voyaga etmaganlar orasidagi tajovuzkor xulqning irratsional ustanovkalarga bog‘liq ravishda shakllanishi shaxsning o‘z majburiyatlarini jismoniy, verbal, bilvosita agressiya va negativizm konteksida idrok etib destruktiv kechinmalarni faollashuviga olib kelganligi sababli xulqi og‘ishganlikni profilaktika qilishdagi adaptiv ko‘nikmalarni namoyon bo‘lishini intropsixik nizolar asosida tormozlovchi psixologik barer ekanligi dalillangan;
voyaga etmaganlar orasida xulqi og‘ishganlikni profilaktikalash uchun shaxs psixoemotsional sohasini vaziyatni fojealashtirish, frustratsion tolerantlik, intropunitiv reaksiyalar (xafagarchilik, aybdorlik hissi)ni konstruktiv transformatsiyalanishi orqali barqarorlashtirish mumkinligi tufayli ulardagi tajovuzkor xulqni intropsixik nizolarni anglash asosida bartaraf etish muhimligi dalillangan;
voyaga etmaganlar orasida xulqi og‘ishganlikni profilaktika qilishning psixologik modeli oila va ijtimoiy muhit ta’sirida axloqiy va huquqiy ong deformatsiyasini oldini olishni ta’minlovchi mas’uliyat va burch hissini shakllanishi uchun shaxsning ijtimoiy-muhim ko‘nikmalarini tarbiyalashga qaratilgan “rezistentlik” (salbiy ijtimoiy ta’sirlarga barqarorlik), “affektiv-qadriyatli” integrativ-korreksion mexanizmlarni qo‘llash muhimligi sababli ota-ona-pedagog-o‘quvchi munosabatlari tizimidagi “ehtiyojli-motivatsion” hamda “ijtimoiy emotsional” funksional komponentni intervensiya jarayoniga kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Voyaga etmaganlarda xulqi og‘ishganlikni bartaraf etishda psixoprofilaktik ishlarning roli bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
voyaga etmaganlar orasida o‘ziga ishonchsizlik, o‘zini idora qila olmaslik, o‘zini qabul qilishdan qochish, destruktiv kayfiyat, o‘ziga hamda boshqalarga nisbatan majburiyatning regressivligi tufayli xulqi og‘ishganlikning shakllanganligi dalillanganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-245a-sonli buyrugʼi bilan “Deviantologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabr kunidagi PM-245a-sonli maʼlumotnomasi). Buning natijasida voyaga etmaganlarda jinoiy xulqqa bo‘lgan malaka-ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan;
voyaga etmaganlar orasidagi tajovuzkor xulqning irratsional ustanovkalarga bog‘liq ravishda shakllanishi o‘ziga nisbatan majburiyatning jismoniy, verbal, bilvosita agressiya va negativizm konteksida “faollashuvi” destruktiv kechinmalarga olib kelganligi tufayli xulqi og‘ishganlikni profilaktika qilishdagi psixologik barer ekanligi dalillanganligiga oid natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabrdagi PM-245a-sonli buyrugʼi bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabr kunidagi PM-245a-sonli maʼlumotnomasi). Bu esa, xalq ta’limi muassasalari o‘qituvchilari va maktab amaliyotchi psixologlari faoliyatining uslubiy metodik ta’minotini boyitishga xizmat qiladi;
voyaga etmaganlar orasida xulqi og‘ishganlikni profilaktikalash uchun shaxs psixoemotsional sohasini vaziyatni fojealashtirish, frustratsion tolerantlik, intropunitiv reaksiyalar (xafagarchilik, aybdorlik hissi)ni konstruktiv transformatsilanishi orqali barqarorlashtirishga asoslanib, ulardagi tajovuzkor xulqni bartaraf etish muhim ekanligi dalillanaganligiga doir natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-245-sonli buyrugʼi bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabr kunidagi PM-245a-sonli maʼlumotnomasi). Bu esa, OTM tizimidagi o‘qituvchilar, psixologlar, soha mutaxassislari hamda OTM tizimida tahsil oluvchi talabalarning mazkur muammoga oid bilimlarini yanada kengroq oshirishga xizmat qiladi;
voyaga etmaganlar orasida xulqi og‘ishganlikni profilaktika qilishning psixologik modeli oila va ijtimoiy muhit ta’sirida axloqiy va huquqiy ong deformatsiyasini oldini olishni ta’minlovchi mas’uliyat va burch hissini shakllanishi uchun shaxsning ijtimoiy-muhim ko‘nikmalarini tarbiyalashga qaratilgan “rezistentlik” (salbiy ijtimoiy ta’sirlarga barqarorlik), “affektiv-qadriyatli” integrativ-korreksion mashg‘ulotlarni qo‘llash muhimligi tufayli ota-ona-pedagog-o‘quvchi munosabatlari tizimidagi “ehtiyojli-motivatsion” hamda “ijtimoiy emotsional” funksional komponentga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid natijalar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 9-noyabrdagi PM-245-sonli buyrugʼi bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 13-noyabr kunidagi PM-245a-sonli maʼlumotnomasi). Bu esa, markaz faoliyatidagi psixologik laboratoriyalarning ilmiy-amaliy faoliyatini boyitilishiga xizmat qilgan.