Jumaev Ulug‘bek Sattorovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”. 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/P215.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ganjiev Feruz Furqatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Bafaev Muxiddin Muxammatovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Safarov Dilmurod Xalimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi  tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish va uni ilmiy-uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
turli millat vakillarining etnik jihatlariga ko‘ra madaniy intellektning metakognitiv, kognitiv, motivatsion, xulqiy komponentlarining shaxs qadriyatlari tizimiga bog‘liq rivojlanishi tufayli etnik identifikatsiya talabalardagi madaniyatlararo muloqotning ijtimoiy-psixologik xususiyati ekanligi dalillangan;
talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlanishida shaxsdagi etnik daxldorlik hissi o‘zaro munosabatlarda verbal va noverbal ta’sirlarning funksionalligini ortishiga olib kelganligi tufayli shaxs psixologik farovonligini baynalminal madaniyatga bog‘liq ekzistensial hislar ta’sirida namoyon bo‘lishi muhimligi dalillangan;
talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi turli millat vakillari orasidagi o‘zaro munosabatlarda emotsiyalarni baholash va kechinmalarni ifodalash muloqotmandlikni konstruktiv namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli etnik hodisalarni emotsional baholashga asoslangan guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasiga bog‘liq rivojlanishi dalillangan;
talabalardagi madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini belgilovchi komponentlar “funksional” madaniy kommunikatsiyaning “metakognitiv” va “kognitiv”, etnik hodisalarni “emotsional baholash”ning “motivatsion” va “xulqiy” xususiyatlarga integrativ rivojlanishi tufayli, madaniy intellekt darajasiga kommunikativ tolerantlik orqali bog‘liq namoyon bo‘lishi isbotlangan;
talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda turli millat vakillari orasidagi suhbat jarayonida verbal va noverbal ta’sir vositalarini kross madaniy darajada qo‘llash bilan bir qatorda milliy daxldorlik hissining qadriyatlarga bog‘liq shakllanishiga erishish muhimligi tufayli kommunikativ intolerantlikni refleksiv darajaga baynalminal qarashlar orqali o‘zgarishiga erishish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining ijtimoiy psixologik xususiyatlari” yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
turli millat vakillarining etnik jihatlariga ko‘ra madaniy intellektning metakognitiv, kognitiv, motivatsion, xulqiy komponentlarining shaxs qadriyatlari tizimiga bog‘liq rivojlanishi tufayli etnik identifikatsiya talabalardagi madaniyatlararo muloqotning ijtimoiy-psixologik xususiyati ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-311-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-311a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlashtirilgan;
talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlanishida shaxsdagi etnik daxldorlik hissi o‘zaro munosabatlarda verbal va noverbal ta’sirlarning funksionalligini ortishiga olib kelganligi tufayli shaxs psixologik farovonligini baynalminal madaniyatga bog‘liq ekzistensial hislar ta’sirida namoyon bo‘lishi muhimligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-311-son buyrug‘i bilan “Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-311a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining rivojlanishiga hayotiy turg‘unlik, ekzistensiyalarning ta’siri asoslangan;
talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi turli millat vakillari orasidagi o‘zaro munosabatlarda emotsiyalarni baholash va kechinmalarni ifodalash muloqotmandlikni konstruktiv namoyon bo‘lishiga olib kelganligi tufayli etnik hodisalarni emotsional baholashga asoslangan guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasiga bog‘liq rivojlanishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-311-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-311a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasining rivojlanishiga guruhiy xulq-atvor motivatsiyasi ta’siri aniqlangan;
talabalardagi madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini belgilovchi komponentlar “funksional” madaniy kommunikatsiyaning “metakognitiv” va “kognitiv”, etnik hodisalarni “emotsional baholash”ning “motivatsion” va “xulqiy” xususiyatlarga integrativ rivojlanishi tufayli, madaniy intellekt darajasiga kommunikativ tolerantlik orqali bog‘liq namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-311-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-311a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini belgilovchi komponentlar ochib berilgan;
talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda turli millat vakillari orasidagi suhbat jarayonida verbal va noverbal ta’sir vositalarini kross madaniy darajada qo‘llash bilan bir qatorda milliy daxldorlik hissining qadriyatlarga bog‘liq shakllanishiga erishish muhimligi tufayli kommunikativ intolerantlikni refleksiv darajaga baynalminal qarashlar orqali o‘zgarishiga erishish zarurligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-311-son buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-311a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan model asosida psixologik trening dasturi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi baholangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish