Miralimov Mirjamol Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Voyaga etmagan shaxslarda jinoyat motivlari shakllanishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi”. 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/930.
Ilmiy rahbar: Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: G‘ofurov Azizbek Umarjonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; O‘ktamova Shohida Odilbek qizi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi voyaga etmagan shaxslarda jinoyat motivlari shakllanishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyalash hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
voyaga etmaganlardagi jinoyat motivlari psixodiagnostikasida o‘smirlarning axloqiy motivlarini namoyon bo‘lish darajasini hissiy o‘zini nazorat qilishga intensiv ta’siriga asoslanib, motivatsion, ijtimoiy xususiyatlarning xarakter aksentuatsiyasiga bog‘liq jihatlari dinamikasini baholash muhimligi isbotlangan;
voyaga etmaganlardagi jinoyat motivlari o‘smirlarning “kattalik hissi” bilan bog‘liq inqirozlari shaxsning o‘ziga beradigan bahosini noadekvatlashtirib, shaxslararo munosabatlar va maktabdagi ta’lim bilan bog‘liq xavotirlanishni kuchayishiga olib kelganligi tufayli ijtimoiy vaziyatga bog‘liq bezovtalanish darajasi ta’sirida namoyon bo‘lishi dalillangan;
voyaga etmaganlardagi jinoyat motivlarini bartaraf etish uchun o‘smirlar axloqiga ta’sir etuvchi motivatsion omillar o‘ziga va faoliyatga yo‘nalganlikning pasayishiga, emotsional omillar esa “insonlarga yo‘nalganlik”ning kuchayishiga ta’sir etib yoshga xos inqirozlarga bog‘liq namoyon bo‘lishi tufayli psixokorreksion faoliyatda shaxs yo‘nalganligiga bog‘liq ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish muhimligi isbotlangan;
voyaga etmagan shaxslardagi jinoyat motivlarini bartaraf etishning psixokorreksion modeli o‘smirlarda axloqiy xulq motivlarini rivojlantirish, emotsional barqarorlikni ta’minlashda yoshga oid dinamik xususiyatlarni hisobga olish muhimligiga asoslanib, psixoprevensiv jarayonga affektiv-qadriyatli komponenetni individual refleksiyaga bog‘liq jihatlarini shakllantiruvchi mexanizmlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Voyaga etmagan shaxslarda jinoyat motivlari shakllanishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
voyaga etmaganlardagi jinoyat motivlari psixodiagnostikasida o‘smirlarning axloqiy motivlarini namoyon bo‘lish darajasini hissiy o‘zini nazorat qilishga intensiv ta’siriga asoslanib, motivatsion, ijtimoiy xususiyatlarning xarakter aksentuatsiyasiga bog‘liq jihatlari dinamikasini baholash muhimligi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-314-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-314a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmaganlardagi jinoyat motivlari psixodiagnostikasidagi muhim jihatlarni aniqlashtirilgan;
voyaga etmaganlardagi jinoyat motivlari o‘smirlarning “kattalik hissi” bilan bog‘liq inqirozlari shaxsning o‘ziga beradigan bahosini noadekvatlashtirib, shaxslararo munosabatlar va maktabdagi ta’lim bilan bog‘liq xavotirlanishni kuchayishiga olib kelganligi tufayli ijtimoiy vaziyatga bog‘liq bezovtalanish darajasi ta’sirida namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-314-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-314a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmagan shaxslarda jinoyat motivlarini shakllanishiga ijtimoiy vaziyatga bog‘liq bezovtalanish darajasining ta’sirini aniqlangan;
voyaga etmaganlardagi jinoyat motivlarini bartaraf etish uchun o‘smirlar axloqiga ta’sir etuvchi motivatsion omillar o‘ziga va faoliyatga yo‘nalganlikning pasayishiga, emotsional omillar esa “insonlarga yo‘nalganlik”ning kuchayishiga ta’sir etib yoshga xos inqirozlarga bog‘liq namoyon bo‘lishi tufayli psixokorreksion faoliyatda shaxs yo‘nalganligiga bog‘liq ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish muhimligi isbotlanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-314-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-314a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmagan shaxslardagi jinoyat motivlarining shaxs yo‘nalganligiga bog‘liq jihatlarini ochib berilgan;
voyaga etmagan shaxslardagi jinoyat motivlarini bartaraf etishning psixokorreksion modeli o‘smirlarda axloqiy xulq motivlarini rivojlantirish, emotsional barqarorlikni ta’minlashda yoshga oid dinamik xususiyatlarni hisobga olish muhimligiga asoslanib, psixoprevensiv jarayonga affektiv-qadriyatli komponenetni individual refleksiyaga bog‘liq jihatlarini shakllantiruvchi mexanizmlarni kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 24-yanvardagi PM-314-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 29-yanvardagi PM-314a-son ma’lumotnomasi). Natijada voyaga etmagan shaxslardagi jinoyat motivlarini bartaraf etishning psixokorreksion modelini ishlab chiqilgan.