Mustafoev Azimjon Farruxovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim xizmatlari buxgalteriya hisobini takomillashtirish”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4508
Ilmiy rahbar: Boronov Bobur Farxodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Aliqulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mavlanov Normo‘min Normamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim xizmatlari buxgalteriya hisobini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat ta’lim tashkilotlarining hisob siyosatiga 2010-“O‘quv-tarbiya faoliyati bo‘yicha xarajatlar” va 2020-“Ma’rifiy faoliyat bo‘yicha xarajatlar” nomli schyotlarni kiritish asosida xarajatlarni asosiy faoliyat va ta’lim xizmati turlari bo‘yicha alohida hisobda aks ettirish orqali xizmatlar tannarxiga doir axborotlar shaffofligini oshirish taklif etilgan; 
ta’lim xizmatlari tannarxiga kiruvchi bevosita va bilvosita moddiy, mehnat, boshqa xarajatlar tarkibini alohida xarajatlar moddalari bo‘yicha tasniflash orqali ma’rifiy faoliyatga kiruvchi xizmatlar tannarxini bevosita moddiy va mehnat xarajatlari asosida aniqlash tartibi takomillashtirilgan;
umumxizmat ko‘rsatish xarajatlarini o‘quv-tarbiya faoliyatiga kiruvchi umumta’lim, maktabgacha ta’lim va tarbiya, maktabga tayyorlash xizmatlari tannarxlariga taqsimlashning ta’lim va tarbiya oluvchilar soniga mutanosib usulini ishlab chiqish orqali ma’rifiy faoliyat rentabelligini oshirish asoslangan; 
nodavlat ta’lim tashkilotlarida moddiy, mehnat va umumxizmat ko‘rsatish xarajatlarining tarkibi va ta’lim xizmatlari tannarxiga ta’sirini ochib beruvchi maxsus hisob-kitob jadvallarini ishlab chiqish asosida “Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish natijalari bo‘yicha yig‘ma axborot” nomli ichki hisobotni tuzishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim xizmatlari buxgalteriya hisobini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan takliflar asosida:
nodavlat ta’lim tashkilotlarining hisob siyosatiga 2010-“O‘quv-tarbiya faoliyati bo‘yicha xarajatlar” va 2020-“Ma’rifiy faoliyat bo‘yicha xarajatlar” nomli schyotlarni kiritish asosida xarajatlarni asosiy faoliyat va ta’lim xizmati turlari bo‘yicha alohida hisobda aks ettirish orqali xizmatlar tannarxiga doir axborotlar shaffofligini oshirish bo‘yicha taklifi «Nodavlat ta’lim muassasalari» uyushmasining yo‘l xaritalari, nizomlari, buyruqlari va uslubiy tavsiyalariga kiritilgan («Nodavlat ta’lim muassasalari» uyushmasining 2025-yil 10-fevraldagi 3-son, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 4-martdagi 8-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga, ta’lim xizmatlarini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirishga, ta’lim xizmatlari tannarxini aniq hisoblashga hamda axborotlar ishonchliligini ta’minlashga xizmat qilgan;
ta’lim xizmatlari tannarxiga kiruvchi bevosita va bilvosita moddiy, mehnat, boshqa xarajatlar tarkibini alohida xarajatlar moddalari bo‘yicha tasniflash orqali ma’rifiy faoliyatga kiruvchi xizmatlar tannarxini bevosita moddiy va mehnat xarajatlari asosida aniqlash tartibi bo‘yicha taklifi “Leader School” NTM va “Istiqbolli ta’lim” NTMlari tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan («Nodavlat ta’lim muassasalari» uyushmasining 2025-yil 10 fevraldagi 3-son, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 4-martdagi 8-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi har bir bosqichida ta’lim xizmatlari tannarxini tezkor aniqlashga, boshqaruv xodimlarini aniq axborotlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan. Natijada, nodavlat ta’lim tashkilotlarining ma’rifiy faoliyat bo‘yicha sotish rentabelligini o‘tgan yilga nisbatan 1,5 foizga oshirishga erishilgan;
umumxizmat ko‘rsatish xarajatlarini o‘quv-tarbiya faoliyatiga kiruvchi umumta’lim, maktabgacha ta’lim va tarbiya, maktabga tayyorlash xizmatlari tannarxlariga taqsimlashning ta’lim va tarbiya oluvchilar soniga mutanosib usulini ishlab chiqish orqali ma’rifiy faoliyat rentabelligini oshirish bo‘yicha taklifi «Nodavlat ta’lim muassasalari» uyushmasining yo‘l xaritalari, nizomlari, buyruqlari va uslubiy tavsiyalariga kiritilgan («Nodavlat ta’lim muassasalari» uyushmasining 2025-yil 10-fevraldagi 3-son, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 4-martdagi 8-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv xodimlariga umumxizmat ko‘rsatish xarajatlarining ta’lim xizmatlari tannarxi tarkibidagi ulushini tahlil qilish orqali tashkilotda xaridorgir narx siyosatini yuritish imkonini bergan;
nodavlat ta’lim tashkilotlarida moddiy, mehnat va umumxizmat ko‘rsatish xarajatlarining tarkibi va ta’lim xizmatlari tannarxiga ta’sirini ochib beruvchi maxsus hisob-kitob jadvallarini ishlab chiqish asosida “Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish natijalari bo‘yicha yig‘ma axborot” nomli ichki hisobotni tuzish taklifi nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 18-apreldagi 04-07-27-4265-son, «Nodavlat ta’lim muassasalari» uyushmasining 2025-yil 10-fevraldagi 3-son, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar Milliy assotsiatsiyasining 2025-yil 4-martdagi 8-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi nodavlat ta’lim tashkilotlarining moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq real aks ettirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish