Xudayberdieva Gulnora Xursandovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda sovet davrida madaniyat muassasalari faoliyati: natijalar va muammolar (Surxondaryo viloyati misolida 1920-1990 yy.)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1049.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Xoliqova Raxbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor; G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sovet davrida madaniyat muassasalar faoliyati: natijalar va muammolar (Surxondaryo viloyati misolida 1920-1990 yy.) ga oid jarayonlarni tahlil etish asosida mintaqada vujudga kelgan tarixiy voqelikning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sovet davlatining dastlabki ilk yillarida Surxondaryo okrugida tuzilgan “qizil choyxona”lar asosiy madaniyat o‘chog‘i bo‘lib qolganligi, “qizil karvon”, “qizil barja”, agitvagon singari ko‘chma madaniy-oqartuv muassasalari alohida muhim ahamiyat kasb etganligi, Termiz shahrida Amir Olimxon davrida qurilgan masjid ateizmni targ‘ib qilish markaziga aylantirilganligi aniqlangan;
Surxondaryo okrugida madaniy muassasalarni tashkil etishdagi asosiy muammolar, milliy madaniy muassasalarni qat’iyan taqiqlanishi, ushbu soha xodimlarini siyosiy jihatdan qattiq tazyiq ostiga olinishi, mahalliy madaniy muassasalariga sovet san’at asarlari, musiqa asboblarini joriy etilishini taqiqlash kabi ma’lumotlar o‘rganilgan;
Surxondaryo viloyatida tashkil topgan madaniy muassasalarni iqtisodiy holati, uni ish o‘rinlar bilan ta’minlashdagi muammolari, mutaxassis kadrlarni etishmasligi, rus millati vakillarini ushbu sohani milliy tuyg‘ular asosida tushunib etmasa-da ularni boshqaruv tizimiga rahbar etib qo‘yilishi, Termizdagi kino seanslar asosan zobitlar uyida hamda M.Gorkiy nomidagi istirohat bog‘ida tashkil etilganligi, Denovda ilk gazeta lotin alifbosida “Qizil Denov” nomi bilan chop etilganligi asoslangan;
Sovet davlati davrida Surxondaryoda tashkil topgan teatrlar, muzeylar, xalq jamoalari, radio uzellar, kutubxonalar, matbuotdagi chiqishlar asosan milliy-an’anaviy qadriyatlarga qarshi bo‘lgan kommunistik mafkura siyosati ta’sirida bo‘lganligi shuningdek ateistik ruhda nazoratga olinganligi, milliylikdan deyarli voz kechgan “yangi sovet adabiyoti” vujudga kelganligi, Boysunda tuzilgan “Shalola” ansambli faoliyatiga sovet mafkurasining ta’siri sababli ma’lum vaqt cheklab qo‘yilganligi tarixiy xolisona ma’lumotlar bilan tadqiqot jarayonida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda Sovet davrida madaniyat muassasalari faoliyati: natijalar va muammolar (Surxondaryo viloyati misolida 1920-1990 yy.) mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Sovet davlatining dastlabki yillarida Surxondaryo okrugida tuzilgan “qizil choyxona”lar asosiy madaniyat o‘chog‘i bo‘lib qolganligi, “qizil karvon”, “qizil barja”, agitvagon kabi ko‘chma madaniy-oqartuv muassasalari muhim ahamiyat kasb etganligi, Termiz shahrida Amir Olimxon davrida qurilgan masjid ateizmni targ‘ib qilish markaziga aylantirilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-fevraldagi 03-30-322-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Natijalar sovet hukumatining madaniyat sohasida amalga oshirgan siyosati, uning ijtimoiy-madaniy natijalarini tahlil qilishga xizmat qilgan;
Surxondaryo okrugida madaniy muassasalarni tashkil etishdagi muammolar, milliy madaniy muassasalarni taqiqlanishi, ushbu soha xodimlarining ayanchli siyosiy tazyiqqa olinishi, mahalliy madaniy muassasalariga sovet san’at asarlari, musiqa asboblarini joriy etilishini taqiqlash kabi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-fevraldagi 03-30-322-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan). Natijalar, madaniy muassasalarni tashkil etishdagi muammolar va milliy ziyolilarni ayanchli ta’qib ostiga olinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng xalq ommasiga etkazilishiga xizmat qilgan;
Surxondaryo viloyatida tashkil topgan madaniy muassasalarning iqtisodiy ahvoli, uni ish o‘rinlar bilan ta’minlashdagi muammolari, mutaxassislarni etishmasligi, rus tilli aholi vakillarini ushbu sohani milliy tuyg‘ular asosida tushunib etmasa-da boshqaruv tizimiga rahbar etib qo‘yilishi, Termizdagi kino seanslar ko‘pincha zobitlar uyida shuningdek M.Gorkiy nomidagi istirohat bog‘ida tashkil qilinganligi, Denovda dastlabki gazeta lotin alifbosida “Qizil Denov” nomi bilan chop etilganligiga doir tarixiy ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 13-fevraldagi 04/12-43-son ma’lumotnomasi). Natijalar, Surxondaryo viloyatida tashkil topgan madaniy muassasalarni iqtisodiy holati, uni ish joylari bilan ta’minlashdagi muammolar va mutaxassislarni etishmasligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni jamoatchilikka etkazishga asosan xizmat qilgan;
Sovet davrida Surxondaryoda tashkil topgan teatrlar, muzeylar, xalq jamoalari, kutubxonalar, radio uzellar, matbuotdagi chiqishlar asosan milliy-an’anaviy qadriyatlarga zid bo‘lgan kommunistik mafkura siyosati ta’sirda bo‘lganligi hamda ateistik ruhda nazoratga olinganligi, milliylikdan deyarli voz kechgan “yangi sovet adabiyoti” shakllanganligi, Boysunda tuzilgan “Shalola” ansambli faoliyatiga sovet davlatining ta’siri sababli ma’lum vaqt cheklab qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibot ishlarida asosan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 13-fevraldagi 04/12-43-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Surxon vohasi ziyolilarining milliy madaniyat yuksalishiga qo‘shgan hissasini o‘rganishga doir ma’lumotlarni kitobxonlar orasida targ‘ib etishga xizmat qilgan.