Kuvatova Dinara Anvarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar hisobini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4PhD/Iqt4752. 
Ilmiy rahbar: Ochilov Ilyos Keldiyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov  Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  sug‘urta tashkilotlarida daromadlar va xarajatlarni hisobga olishni takomillashtirish yuzasidan  taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘urta tashkilotlarida  asosiy faoliyati bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishda   2111- «Sug‘urta zahiralarini joylashtirish bo‘yicha ish yuritish xarajatlari» ishchi schetni kiritish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlariga hisob siyosatiga asosiy faoliyat bo‘yicha daromadlarni hisobga olishda 9031-«Sug‘urta mukofotlari bo‘yicha daromadlar», 9032-«Qayta sug‘urtadan olingan daromadlar», 9033-«Qo‘shimcha komissiya va yig‘imlardan daromadlar» va 9034 – «Qiymatlangan xizmat birligi usulida tan olingan daromad» ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlarida axborotlarning aniqliligi va shaffofliligini ta’minlash maqsadida daromadlarni qiymatlangan xizmat birligi usuli orqali tan olish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta mahsulotlari tannarxi va moliyaviy natijalarni to‘g‘ri aniqlash maqsadida xarajatlarni funksional turkumlash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘urta tashkіlotlarіda daromadlar va xarajatlar hіsobіnі takomіllashtіrіsh bo‘yіcha іshlab chіqіlgan іlmіy taklіf va amalіy tavsіyalar asosіda:
sug‘urta tashkilotlarida  asosiy faoliyati bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishda 2111- «Sug‘urta zahiralarini joylashtirish bo‘yicha ish yuritish xarajatlari» ishchi scheti ochish bo‘yicha taklifi “MY INSURANCE” aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasida amaliyotiga joriy etilgan (“MY INSURANCE” AJning  2025-yildagi 5 maydagi 01/06-6989-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy va investision xarajatlar aniq ajratildi, hisobotlar tahlil qilish uchun tushunarli va shaffof bo‘ldi, investisiya faoliyati samaradorligi to‘g‘ri baholandi, xalqaro hisobot standartlariga yaqinlashildi.
sug‘urta tashkilotlariga hisob siyosatiga asosiy faoliyat bo‘yicha daromadlarni hisobga olishda 9031-«Sug‘urta mukofotlari bo‘yicha daromadlar», 9032-«Qayta sug‘urtadan olingan daromadlar», 9033-«Qo‘shimcha komissiya va yig‘imlardan daromadlar» va 9034 – «Qiymatlangan xizmat birligi usulida tan olingan daromad» ishchi schyotlarini kiritish taklifi “MY INSURANCE” aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasida amaliyotiga joriy etilgan (“MY INSURANCE” AJning  2025-yildagi 5 maydagi 01/06-6989-son ma’lumotnomasi). Natijada, daromad aniq tasniflandi, tahlil qilish imkoniyati kengaydi,  MHXS lariga moslashildi, haqiqiy xizmat ko‘rsatilgan qismi bo‘yicha real foyda ko‘rsatishga erishildi;
sug‘urta tashkilotlarining  xarajatlarini turkumlashning konseptual asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan, hamda ularning tarkibi taklifi “MY INSURANCE” aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasida amaliyotiga joriy etilgan (“MY INSURANCE” AJning  2025-yildagi 5 maydagi 01/06-6989-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta tashkilotlarida xarajatlarni funksional turkumlash orqali sug‘urtalash mahsulotlarini tannarhini aniqlash takomillashtirildi, xarajatlarni moliyaviy tahlil qilishi imkoniyati yaxshilandi, xarajatlarni turkumlanishi IFRS 17, IAS 1, IAS 37 talablariga mos keldi; 
sug‘urta tashkilotlarining daromadlari va xarajatlarini hisobga olishni xalqaro standartlar talablari bo‘yicha tan olish va baholash  tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan, hamda ularning tarkibi taklifi “MY INSURANCE” aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasida amaliyotiga joriy etilgan (“MY INSURANCE” AJning  2025-yildagi 5 maydagi 01/06-6989-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta tashkilotining daromadlari va xarajatlarini  xalqaro standartlar talablari bo‘yicha tan olishda “Qiymatlangan xizmat birligi (QXB) usuli”ni qo‘llash asoslandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish