Xayitova Maftuna Raxmatilla qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Banklarning transformatsiyalashuvida kreditdan foydalanish samaradorligini oshirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2593.
Ilmiy rahbar: Toymuxamedov Ibroxim Rixsiboevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DsC.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari dotsent; Norov Akmal Ro‘zimmamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: "Biznesni rivojlantirish banki" aksiyadorlik tijorat banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining transformatsiyalashuvida kreditdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari uchun bozor risklari bo‘yicha 1 foizgacha va operatsion risklar bo‘yicha 0,5 foizgacha dinamik ustama qo‘llashni nazarda tutuvchi risk moslamasiga asoslangan kreditlarni baholash tizimini ishlab chiqish orqali chakana kreditlar stavkasini aniqlashda risklarni hisobga olish mexanizmi takomillashtirilgan;
jismoniy shaxslarni kredit to‘lov qobiliyatini baholashda mijozning moliyaviy ko‘rsatkichlari, kredit tarixi va xulq-atvor ma’lumotlarini qamrab olgan uch bosqichli kredit-skoring modeli asosida tavakkalchilikni minimallashtirish taklifi asoslangan;
bank mijozlarining intizomli va to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan toifasini sun’iy intellekt yordamida doimiy ravishda segmentlash orqali ularga avtomatik tarzda ma’qullangan kredit xizmatlarini taklif etish tizimi joriy etish orqali kredit portfelining sifati hamda maqsadli xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklarida avtokreditlar bo‘yicha boshlang‘ich badalni uch baravargacha pasaytirish imkonini beruvchi moslashuvchan shart-sharoitlarga asoslangan kredit siyosati asosida chakana kreditlash hajmini kengaytirish taklifi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Banklarning transformatsiyalashuvida kreditdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
tijorat banklarida chakana kreditlar bahosini shakllantirishda bozor risklari bo‘yicha 1 foizgacha va operatsion risk bo‘yicha 0,5 foizgacha ustamani hisobga olish taklifi "Agrobank" Aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yilgi kredit siyosatida qo‘llanilgan. ("Agrobank" Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 29 martdagi №20-1-15/333-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Agrobank" Aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yilda bank kredit portfeli 2022 yilga nisbatan 10 637 mlrd. so‘mga yoki 124,2 foizga ortib 54 483 mlrd. so‘mni tashkil qildi;
tijorat banklarida jismoniy shaxslarni kredit to‘loviga layoqatliligini  baholashning dastlabki bosqichida kredit risklarini minimallashtirishning uch bosqichli kredit-skoring tizimi yuzasidan kiritilgan taklifi “Agrobank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yilgi kedit siyosatida qo‘llanilgan. (“Agrobank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 29 martdagi №20-1-15/333-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi, bank va mijoz (qarzdor) o‘rtasida kreditlash jarayonlaridagi to‘siqlarni jumladan, ortiqcha qog'ozbozlik, navbatlarga turib ortiqcha vaqt sarfl amaslik imkonini yaratdi;
bankning chakana mijozlar bazasidan “yaxshi" mijozlar guruhini sun’iy  intellekt texnologiyalaridan foydalanib doimiy shakllantirib borish orqali ushbu toifadagi mijozlarga ma’qullangan kredit xizmatini joriy etish taklifi “Agrobank” Aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yilgi kredit siyosatida qo‘llanilgan. ("Agrobank" Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 29 martdagi №20-1-15/333-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, tadbirkorlar va aholini kreditlashda inson omili ishtirok etmaydigan yangi tizim yo‘lga qo‘yildi. Bu bilan avvalgi 5 pog'onali kreditlash tizimi 2 pog‘onaliga tushirishga erishib, masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilar sonining sezilarli daralada oshirish imkoni yaratildi;
banklarning chakana kredit mahsulotlarini taqdim etishda boshlang'ich badalga nisbatan moslashuvchan shartlardan foydalanib, avtokreditlar bo‘yicha boshlang'ich badalni 30 foizdan 10 foizga tushirish orqali kreditlash hajmini oshirish yuzasidan kiritilgan taklifi "Agrobank" Aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yilgi kredit siyosatida qo‘llanilgan. ("Agrobank" Aksiyadorlik tijorat bankining 2024 yil 29 martdagi №20-1-15/333-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasiga ko‘ra "Agrobank" Aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yildagi foizli daromadlari oldingi yilning mos davriga nisbatan oshib 2 202,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish