Ismatov Abror Muydinjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan jamiyatda shaxsning ijtimoiylashuvi (ijtimoiy-falsafiy tahlil” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fa11061
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxkamov Qodirjon Odiljonovich Sotsiologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) professor
Rasmiy opponentlar: G‘aniev Baxodirjon Sadikjanovich, falsafa fanlari doktori(DSc), professor, Nazarov Qiyom Normirzaevich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda shaxs ijtimoiylashuvi jarayonlariga ta’sir etuvchi madaniy-ma’naviy omillarning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni internet va ijtimoiy tarmoqlarga tobelik dinamikasida virtual ongning shakllanishi ijtimoiylashuv va identikka ta’sir etishi orqali ijtimoiy ni shakllantirib, shaxsga xos xususiyatlarda ijtimoiy (turmush darajasini o‘zgartirish, axborot ongi) va madaniy (onlayn kommunikatsiya qadriyati) konseptiga relyativistik ta’siri ochib berilgan;
axborotlashgan jamiyatda shaxsga xos bo‘lgan ijtimoiy fazilatlar (insoniylik, poklik, adolat, xolislik, jamoaviylik), kishilarda egalitar ma’naviy-axloqiy imperativlarni rivojlantirishi orqali, axborot makonida intellektual faollikni ta’minlovchi “virtual shaxs”, “infosfera”, “virtuallik” kabi ijtimoiy indikator asoslangan;
globallashuv sharoitida axborotlashish jarayonining prosyumer (axborot ishlab chiqaruvchi) xususiyati jamiyatning ma’anaviy qiyofasini aks ettiruvchi (axloq, ta’lim, madaniyat) omillar bilan dialektik aloqadorlikda sotsiumda inklyuziv o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi ochib berilgan;
axbrotlashgan jamiyatda shaxsning ijtimoiylashuviga ta’sir etayotgan yangi qadriyatlar(virtual urf, madaniy gegamoniya, kiberbulling) tizimining shakllanishi ijtimoiy munosabatlar paradigmasida marginallik va ijtimoiy-madaniy begonalashuv hodisalarini keltirib chiqarib, jamiyatda ijtimoiylashuv diterminantlari (madaniy, ijtimoiy) va axloqiy imperativlariga salbiy ta’siri isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyatda shaxs ijtimoiylashuviga doir tadqiqot natijalari asosida quyidagi ilmiy yangilik va tavsiyalari amaliyotdan o‘tdi:
axborotlashgan jamiyatda shaxs ijtimoiylashuvining ehtiyojlar va manfaatlar paradigmasidagi o‘zgarishlari globalizatsiya ta’sirida shaxsga xos xususiyatlarda kommunikativ faoliyatni keltirib chiqarishiga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tizimi oldiga qo‘ygan Vatanni qo‘riqlashdek sharafli vazifani amalga oshirish jarayonlarida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ma’naviyat va madaniyat departamentining 2025-yil 16-iyuldagi 56/541 – son dalolatnomasi). Natijada, shaxsning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini mustahkamlash, ularning axborot makonidagi ijtimoiylashuv jarayonlarini chuqurroq anglash va metodologik yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida axborotlashish jarayonining prosyumer (axborot ishlab chiqaruvchi) xususiyati jamiyatning ma’anaviy qiyofasini aks ettiruvchi (axloq, ta’lim, madaniyat) omillar bilan dialektik aloqadorlikda sotsiumda inklyuziv o‘zgarishlarni keltirib chiqarishiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil fevral va iyul oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “Yashil makon” loyihasi, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 25-iyuldagi 05-09-1244-son dalolatnomasi) Natijada, axborotlashgan jamiyat sharoitida yosh avlod ongida ijtimoiy faol pozisiyani shakllantirish, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion uslublar orqali shaxsning ijtimoiylashuv jarayonining jamiyat bilan uyg‘un integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda shaxsga xos bo‘lgan ijtimoiy fazilatlar (insoniylik, poklik, adolat, xolislik, jamoaviylik) kishilarda egalitar ma’naviy-axloqiy imperativlarni rivojlantirish “virtual shaxs”, “infosfera”, “virtuallik” kabi ijtimoiy indikatorlarini ochib berishiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tizimi oldiga qo‘yilgan Vatanni qo‘riqlashdek sharafli vazifasini amalga oshirish jarayonlarida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ma’naviyat va madaniyat departamentining 2025-yil 16-iyuldagi 56/541 – son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga nisbatan qiziqishlarini uyg‘otish, muddatli harbiy xizmatda bo‘lib turgan harbiy askarlar harbiy ruhiyatini yanada kuchaytirish, serjantlar va ofiserlarning o‘z kasbiga nisbatan sadoqat bilan faoliyat olib borishlarida xizmat qilgan;
axbrotlashgan jamiyatda shaxsning ijtimoiylashuviga ta’sir etayotgan yangi qadriyatlar(virtual urf, madaniy gegamoniya, kiberbulling) tizimining shakllanishi ijtimoiy munosabatlar paradigmasida marginallik va ijtimoiy-madaniy begonalashuv hodisalarni keltirib chiqarishiga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil fevral va iyul oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “Yashil makon” loyihasi, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 25-iyuldagi 05-09-1244-son dalolatnomasi). Natijada, axborotlashgan jamiyat sharoitida yosh avlod ongida ijtimoiy faol pozisiyani shakllantirish, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion uslublar orqali shaxsning ijtimoiylashuv jarayonining jamiyat bilan uyg‘un integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilgan.