Tagaeva Tamara Baxodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

    I. Umumiy ma’lumotlar.
        Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): U.S.Moem ijodida individual va ijtimoiy munosabatlar ifodalanishining lingvostilistik xususiyatlari, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2218
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kiselyov Dmitriy Anatolevich, filologia fanlari doktori, professor; Pardaeva Zulfiya Juraevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi S.Moem romanlari misolida uslubiy troplarni kognitiv modellashtirish va badiiy makonda reprezentatsiya qilish usullarini aniqlash, shuningdek, “tropik kompleks” vositasida muallifning o‘z-o‘zini ifodalashining kognitiv asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
S.Moemning asarlarida personajlarning individual va ijtimoiy munosabatlarini tasvirlashda faollashgan metaforik tuzilmalariga kiritilgan fon bilimlari qo‘shimcha ma’nolar ifodalashi, stilistik vositalar qo‘llanilgan kontekstni tushunish orqali butun “obrazli tasavvur”ning chuqur ma’nosini, yozuvchi assotsiatsiyalarini talqin qilishi, metafora qanchalik kutilmagan va original bo‘lsa, uning assotsiatsiyalari badiiy matnning obrazli mazmunini to‘ldirishi yoritilgan hamda matnni to‘liq tahlil qilish uchun metaforani kontekstdan va mantiqiy aloqalardan tashqarida ko‘rib chiqish imkonsiz ekanligi isbotlangan.
kognitiv metafora tushunchasi tafakkurning eng chuqur qatlamlariga, xususan, muallif uslubiga xos bo‘lgan stilistik troplar orqali yangi ma’nolarning yaratilishi jarayonida ushbu yangi ma’nolar qay tarzda konseptuallashtirilishi, yuzaga kelishi va dolzarblashuvi  aniqlangan hamda yozuvchining kasbiy lisoniy shaxsi va voqelik hodisalarini aks ettirishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqligi, uning dunyo haqidagi bilimlar tizimi yoki “dunyo manzarasi”ni tasvirlashda muhimligi va turli tushunchalar, g‘oyalar, konseptlar, metaforik modellar, definisiyalar, aforizmlar ishtirok etishi dalillangan;
S.Moem ijodida personajlarning olam manzarasini aks ettirish maqsadida turli ekspressiv va stilistik vositalar, jumladan, “troplar majmuasi”dan foydalanishi yozuvchiga stereotipik fikrlash doirasidan chiqib, personajlarning psixologik ahvolidan kelib chiqqan holda o‘ziga xos yorqin “harakatchan portretlar” yaratish uchun qo‘llanilishi hamda S.Moem asarlaridagi stilistik troplar portret-taassurot yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligi, yangi ma’nolarni hosil qilish jarayonida stilistik troplarning ko‘p funksionalligi struktur-semantik va kognitiv aspektda aniqlangan;
S.Moem individual uslubining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, personajlarning individual va ijtimoiy munosabatlarini tasvirlashda semantik va assotsiativ markaz sifatida presedent nomlardan foydalanish zarurati, shu tariqa, matn faoliyatining kreativ va reseptiv apparatini ko‘p qirrali “tekshirish”, “qo‘shimcha aniqlash”, “ko‘rsatish” va “tahlil qilish” usullari asoslangan va muallifning o‘rganilayotgan asarlarida stilistik troplar badiiy obrazlarning an’anaviy va psixologik portretlarini yaratishga hissa qo‘shishi, kognitiv, nominativ, badiiy va ma’no hosil qiluvchi funksiyalarni bajarishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. U.S. Moem asarlarida shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni tasvirlovchi stilistik vositalarni tadqiq qilish asosida:
 S.Moemning asarlarida personajlarning individual va ijtimoiy munosabatlarini tasvirlashda faollashgan metaforik tuzilmalariga kiritilgan fon bilimlari qo‘shimcha ma’nolar ifodalashi, stilistik vositalar qo‘llanilgan kontekstni tushunish orqali butun “obrazli tasavvur”ning chuqur ma’nosini, yozuvchi assotsiatsiyalarini talqin qilishi, metafora qanchalik kutilmagan va original bo‘lsa, uning assotsiatsiyalari badiiy matnning obrazli mazmunini to‘ldirishi yoritilgan hamda matnni to‘liq tahlil qilish uchun metaforani kontekstdan va mantiqiy aloqalardan tashqarida ko‘rib chiqish imkonsiz ekanligi isbotlangaligi natijalaridan AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan, Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 25- iyundagi 1897/02-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyadan olingan materiallar va tavsiyalar chet tili o‘qituvchilarining lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini oshirishga xizmat qildi;
kognitiv metafora tushunchasi tafakkurning eng chuqur qatlamlariga, xususan, muallif uslubiga xos bo‘lgan stilistik troplar orqali yangi ma’nolarning yaratilishi jarayonida ushbu yangi ma’nolar qay tarzda konseptuallashtirilishi, yuzaga kelishi va dolzarblashuvi  aniqlangan hamda yozuvchining kasbiy lisoniy shaxsi va voqelik hodisalarini aks ettirishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqligi, uning dunyo haqidagi bilimlar tizimi yoki “dunyo manzarasi”ni tasvirlashda muhimligi va turli tushunchalar, g‘oyalar, konseptlar, metaforik modellar, definisiyalar, aforizmlar ishtirok etishi dalillanganligi haqidagi xulosalardan  Malayziyaning Sulton Idris nomidagi Ta’lim Universiteti tomonidan Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan innovatsion tadqiqot loyihasida qo‘llanildi (2025-yil 19-iyundagi ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan material o‘quv dasturlarini rivojlantirishga, amaliy tajriba olish uchun stajirovkalar tashkil etishga, asl badiiy matnlar va stilistik vositalarni ko‘p tarmoqli tadqiqotlar kontekstida tahlil qilishga yordam berdi
S.Moem ijodida personajlarning olam manzarasini aks ettirish maqsadida turli ekspressiv va stilistik vositalar, jumladan, “troplar majmuasi”dan foydalanishi yozuvchiga stereotipik fikrlash doirasidan chiqib, personajlarning psixologik ahvolidan kelib chiqqan holda o‘ziga xos yorqin “harakatchan portretlar” yaratish uchun qo‘llanilishi hamda S.Moem asarlaridagi stilistik troplar portret-taassurot yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligi, yangi ma’nolarni hosil qilish jarayonida stilistik troplarning ko‘p funksionalligi struktur-semantik va kognitiv aspektda aniqlanganligi haqidagi natijalardan I-203-4 raqamli O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘basi tomonidan amalga oshirilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarning yanada rivojlanishi va uyg‘unlashuvi” nomli fundamental loyiha doirasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2025-yil 23-iyundagi 04-15-06-895-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy matnni idrok etishning yangi kognitiv yondashuvi talabalar va o‘qituvchilarning tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga yordam berdi
S.Moem individual uslubining o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, personajlarning individual va ijtimoiy munosabatlarini tasvirlashda semantik va assotsiativ markaz sifatida presedent nomlardan foydalanish zarurati, shu tariqa, matn faoliyatining kreativ va reseptiv apparatini ko‘p qirrali “tekshirish”, “qo‘shimcha aniqlash”, “ko‘rsatish” va “tahlil qilish” usullari asoslangan va muallifning o‘rganilayotgan asarlarida stilistik troplar badiiy obrazlarning an’anaviy va psixologik portretlarini yaratishga hissa qo‘shishi, kognitiv, nominativ, badiiy va ma’no hosil qiluvchi funksiyalarni bajarishi isbotlanganligi haqidagi xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2025- yil 11-iyul kunidagi 01-07/253-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ilmiy qarashlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish