Muhammadieva Shohsanam Mansur qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek flora komponentli idiomalarning semantik va pragmatik xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4184
Ilmiy rahbar: Xolikov Bahodir Aliqulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)., dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Sulaymonova Nilufar Jabborovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xolmuminov Ilxom Abdixalilovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi flora komponentli idiomalarning semantik, pragmatik xususiyatlari, ularning ma’no hamda madaniy kontekstdagi o‘xshash, farqli tomonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi flora komponentli idiomalarning milliy-madaniy, funksional, semantik va pragmatik xususiyatlarini qiyosiy tadqiq qilish natijasida ushbu til birliklari xalq tafakkuri, tarixiy-madaniy merosi, qadriyatlar tizimi va atrof-muhit haqidagi tasavvurlarni ifodalovchi muhim lingvokulturologik vosita ekanligi dalillangan;
flora komponentli idiomalar milliy stereotiplarga tayangan etnik-madaniy konnotatsiyalarga ega bo‘lishi, muloqot jarayonida axborot uzatish bilan bir qatorda baholash, kinoya bildirish, istihola qilish, tanbeh berish, ogohlantirish, taklif berish kabi muayyan pragmatik vazifalarni bajarishi hamda madaniyatlararo muloqotda o‘ziga xos semantik ma’noga ega milliy identifikator sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
O.Uayldning “Dorian Greyning portreti” romanida atrofdagi olamni, personajlarning tashqi ko‘rinishi va ichki dunyosini tasvirlashda flora komponentli idiomalarning ahamiyati, ularning asliyat va tarjimadagi muvofiqligi chuqur tahlil qilish natijasida ular kontekstda foydalanilish usullari, strukturaviy xususiyatlari, semantik chegarari va muallif tomonidan qanday maqsadda kiritilganligi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida o‘simlik nomlaridan iborat idiomalarning qiyosiy tahlili asosida qardosh bo‘lmagan xalqlarning madaniy tafakkuridagi o‘xshashlik va farqlarli jihatlari yoritilgan, shuningdek, ularning milliy tafakkurida shakllangan ekologik, ijtimoiy va estetik qarashlari, jumladan, flora komponentli idiomalarda aks etgan ijobiy, salbiy va neytral baholar semantik-pragmatik aspektda asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek va ingliz flora idiomalarining semantik va pragmatik xususiyatlari va O.Uayld tomonidan yozilgan “Dorian greyning portreti” nomli romanning ikki tilda chog‘ishtirma tahlilini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi flora komponentli idiomalarning milliy-madaniy, funksional, semantik va pragmatik xususiyatlarini qiyosiy tadqiq qilish natijasida ushbu til birliklari xalq tafakkuri, tarixiy-madaniy merosi, qadriyatlar tizimi va atrof-muhit haqidagi tasavvurlarni ifodalovchi muhim lingvokulturologik vosita ekanligi dalillanganligi haqidagi natijalaridan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan F3-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy loyihasida foydalanilgan(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil, 11-dekabrdagi 04/1-4090-son ma’lumotnomasi); Natijalarda, ushbu til birliklarining semantik-konnotativ xususiyatlari va tarjimada madaniy ekvivalentlikni ta’minlashga doir yondashuvlar elektron platformada o‘zbek, rus va ingliz tillarida adabiy matnlarni lingvokulturologik izohlash, hamda ular asosida ko‘p tilli o‘quv resurslarini yaratish jarayonida metodik asos sifatida qo‘llanildi.
flora komponentli idiomalar milliy stereotiplarga tayangan etnik-madaniy konnotatsiyalarga ega bo‘lishi, muloqot jarayonida axborot uzatish bilan bir qatorda baholash, kinoya bildirish, istihola qilish, tanbeh berish, ogohlantirish, taklif berish kabi muayyan pragmatik vazifalarni bajarishi hamda madaniyatlararo muloqotda o‘ziga xos semantik ma’noga ega milliy identifikator sifatida xizmat qilishi isbotlanganligi haqidagi natijalaridan Davlat grantlari asosidagi 2019-2022-yillarda amalga oshirilgan AM-F3-201908172 – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli grant loyihasida foydalanilgan(Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil, 11-dekabrdagi 04/1-4091-son ma’lumotnomasi); Natijada, dissertatsiyaning tilshunoslik, pragmatik xususiyatlari, flora idiomalariga oid terminlarining funksional-uslubiy va semantik xususiyatlari birlashtirgan holda sohamizda qo‘llanilishi, o‘zbek tilida qo‘llanayotgan flora komponentiga oid iboralarni aniqlash hamda amalda qo‘llash muammolari va echimlarini oʻrganishning yangi metodologiyasiga doir ilmiy qarashlar tahliliga ham murojaat qilindi.
O.Uayldning “Dorian Greyning portreti” romanida atrofdagi olamni, personajlarning tashqi ko‘rinishi va ichki dunyosini tasvirlashda flora komponentli idiomalarning ahamiyati, ularning asliyat va tarjimadagi muvofiqligi chuqur tahlil qilish natijasida ular kontekstda foydalanilish usullari, strukturaviy xususiyatlari, semantik chegarari va muallif tomonidan qanday maqsadda kiritilganligi aniqlanganligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ’’English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 5-apreldagi, 335//30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, pragmatik jihatdan farqli xususiyatlarini ochib bergan holda madaniyatlararo muloqotni yanada jivojlantirish, qiyoslanayotgan tillarda flora komponentli idiomalarning madaniyatlaaro muloqotdagi funksional, semantik va pragmatik mazmunini yoritgan holda ikki xalq o‘rtasida tilning aniqligini oshirishga erishildi.
ingliz va o‘zbek tillarida o‘simlik nomlaridan iborat idiomalarning qiyosiy tahlili asosida qardosh bo‘lmagan xalqlarning madaniy tafakkuridagi o‘xshashlik va farqlarli jihatlari yoritilgan, shuningdek, ularning milliy tafakkurida shakllangan ekologik, ijtimoiy va estetik qarashlari, jumladan, flora komponentli idiomalarda aks etgan ijobiy, salbiy va neytral baholar semantik-pragmatik aspektda asoslab berilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Jahon adabiyoti”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining senariysida foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali 2025-yil fevral va mart oylaridagi, 05-09-614-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, lingvokulturologik savodxonlik va madaniyatlararo kompetensiyani oshirishda flora komponentli idiomalarni ikki tilda qiyoslash orqali tinglovchilar yoki tomoshabinlar turli xalqlarning tabiat haqidagi tasavvurlari, ekologik va estetik qadriyatlari, milliy tafakkuri va tarixiy-madaniy merosidagi umumiylik va farqlarni anglaydi. Bu esa madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantiradi.