Sagdillaeva Zulfiya Asanalievnaning 
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy tahlil metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt191.
Ilmiy maslahatchi: Belgilanmagan.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Pardaev Mamayunus Karshibaevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ibragimov Abdugapur Karimovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Astanakulov Olim Tashtemirovich.
        Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xo‘jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy tahlil metodologiyasini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
korxona hisob siyosatini konseptual jihatdan kengaytirish maqsadida uning tarkibiga ijtimoiy, ekologik, boshqaruv va iqtisodiy hisobotlarni o‘z ichiga oluvchi «Kompleks nomoliyaviy  hisobot» nomli maxsus shaklni kiritish orqali moliyaviy tahlilning axborot ta’minoti takomillashtirilgan;
korxona faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimiga ESG mezonlari asosida ekologik, ijtimoiy va boshqaruv ko‘rsatkichlarini kiritish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektning barqarorligi va natijadorligini kompleks baholashga xizmat qiladigan yagona tahliliy modelga integratsiya qilish imkonini beruvchi uslubiyot ishlab chiqilgan;
xususiy kapital natijadorligiga asosiy va moliyaviy faoliyatlar ta’sirini to‘g‘ri baholash maqsadida korxona operatsion rentabelligi, aktivlar samaradorligi va moliyaviy leverij omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi xususiy kapital tahlilining uch omilli modeli ishlab chiqilgan;
moliyaviy koeffisientlar va sifat ko‘rsatkichlarini kiritgan holda korxona moliyaviy holatini baholovchi integral ko‘rsatkichi shkalasidan kelib chiqib 0-0,3 “bankrotlik riski”, 0,3-0,5 “xavotirli moliyaviy holat”, 0,5-0,75 “turg‘un moliyaviy holat”, 0,75-1 “moliyaviy barqaror” guruhlarga tasniflyagan holda korxona moliyaviy barqarorligi reytingi uslubiyoti takomillashtirilgan;
o‘zgaruvchan iqtisodiyot sharoitida korxonalarning yuqori darajadagi shaffofligi, boshqaruvchanligi va moslashuvchanligini ta’minlash maqsadida miqdor va sifat, moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha boshqaruv, strategik maqsadlarni aks ettiruvchi hamda ESGga mo‘ljallangan ko‘rsatkichlarni kiritish orqali korxona barqaror rivojlanishini baholash uslubiyoti taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy tahlil metodologiyasini ishlab chiqish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
korxona hisob siyosatiga to‘rtta tarkibiy qism: ijtimoiy, ekologik, boshqaruv va iqtisodiy hisobotlarni qamrab oladigan «Nomoliyaviy  hisobot (kompleksli/integratsiyalashgan hisobot)» deb nomlangan ixtisoslashtirilgan bo‘limni kiritish orqali uni konseptual ravishda kengaytirish taklifi “Sho‘rchidonmahsulotlari” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatida o‘z aksini topgan («Shurchidonmaxsulotlari» AK 2024 yil 4 oktyabrdagi 69-son ma’lumotnomasi; № 01-20/472 AK “UZDONMAXSULOT” AK “SURXONDARYoDON MAHSULOTLARI” AJ 01-20/472-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2025 yil 12 iyundagi 06-12-01-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi 2025 yil 23 iyundagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada, hisob tizimida nomoliyaviy  parametrlarni rasmiylashtirishni ta’minladi hamda moliyaviy va nomoliyaviy  ma’lumotlarning yagona tahliliy makonga integratsiyasni osonlashtirgan;
korxona faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimi ekologik, ijtimoiy va boshqaruv aspektlarini qamrab oluvchi ESG-yo‘naltirilgan mezonlar asosida takomillashtirish taklifi («Shurchidonmaxsulotlari» AK 2024 yil 4 oktyabrdagi 69-son ma’lumotnomasi; № 01-20/472 AK “UZDONMAXSULOT” AK “SURXONDARYoDON MAHSULOTLARI” AJ 01-20/472-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2025 yil 12 iyundagi 06-12-01-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi 2025 yil 23 iyundagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy tahlilni barqaror rivojlanish talablariga va nomoliyaviy  hisobot berishning xalqaro amaliyotiga moslashtirish, «Sho‘rchidonmahsulotlari» AJning likvidligini 8,1 foizga oshirish va tannarxning yalpi tushumdagi ulushini 6,6 foizga kamaytirish hisobiga samaradorligini oshirish imkonini bergan;
korxonaning moliyaviy barqarorligini reytingli baholash bo‘yicha koeffisientli va sifat tahlilini hisobga olgan holda integral tasniflash shkalasiga asoslanadigan uslubiy yondashuv ishlab chiqish taklifi («Shurchidonmaxsulotlari» AK 2024 yil 4 oktyabrdagi 69-son ma’lumotnomasi; № 01-20/472 AK “UZDONMAXSULOT” AK “SURXONDARYoDON MAHSULOTLARI” AJ 01-20/472-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2025 yil 12 iyundagi 06-12-01-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi 2025 yil 23 iyundagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada, reyting tizimi tashqi va ichki muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda korxonaning moliyaviy barqarorlik darajasini aniqroq aks ettirishga imkon bergan;
mulk kapitali rentabelligini tahlil qilishning operatsion rentabellik, aktivlardan foydalanish samaradorligi va moliyaviy leveridj omillarini o‘z ichiga oladigan uch omilli modeli ishlab chiqildi. («Shurchidonmaxsulotlari» AK 2024 yil 4 oktyabrdagi 69-son ma’lumotnomasi; № 01-20/472 AK “UZDONMAXSULOT” AK “SURXONDARYoDON MAHSULOTLARI” AJ 01-20/472-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2025 yil 12 iyundagi 06-12-01-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi 2025 yil 23 iyundagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy yondashuvdan farqli o‘laroq, taklif etilayotgan model nafaqat darajani, balki boshqaruv qarorlarining taliliy tarkibiy qismini kuchaytiradigan rentabellikni shakllantirish manbalarini ham aniqlashga imkon bergan;
korxonaning barqaror rivojlanishini kompleksli baholashning miqdoriy (moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlar) hamda sifat parametrlarini (boshqaruv, strategik va ESG-yo‘naltirilgan baholar) integratsiyalaydigan algoritmi shakllantirish taklifi («ShURChIDONMAXSULOT» AK 2024 yil 4 oktyabrdagi 69-son ma’lumotnomasi; № 01-20/472 AK “UZDONMAXSULOT” AK “SURXONDARYoDON MAHSULOTLARI” AJ 01-20/472-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2025 yil 12 iyundagi 06-12-01-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi 2025 yil 23 iyundagi 22-son ma’lumotnomasi). Natijada, algoritmdan foydalanish hozirgi barqarorlik darajasini tizimli tashxislashni ta’minladi va uzoq muddatli istiqbolda strategik monitoring uchun asos yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish