Yorieva Dilafruz Oltinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida), 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4922
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Xidirova Gavhar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatidagi xizmat korsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda professional menejment, kadrlarni tanlash, kreativ g‘oyalarni qo‘lllab-quvvatlash, investorlar va hamkorlarni jalb etish, oqilona strategik reja, yuqori salohiyatli kadrlar faoliyati, loyihalarni amalga oshirish salohiyati omillariga ustuvorlik beruvchi “RAXUS” modelini qo‘llash maqsadga muvofiqligi asoslangan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda innovasion infratuzilmani rivojlantirish asosida raqamli bozorlar orqali xizmatlar eksportini kengaytirishga yo‘naltirilgan “Raqamli konsalting milliy markazi” (Digital Consulting National Hub (DiCoH)) platformasi taklifi asoslangan;
xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi mehmonxonalarning raqobatbardoshligini oshirishda o‘zaro birlashish, bozorga ta’sirini baholash hamda monopoliyaga qarshi kurashishda o‘zaro manfaatli hamkorlikka ustuvorlik beruvchi “Hanah-Kay” indeksidan foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Buxoro viloyatida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining o‘zgarishiga viloyat aholisining ish bilan band qismi, tashrif buyurgan turistlar (xorijiy va mahalliy) soni, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subektlari sonining ta’sirini baholash asosida 2029-yilga qadar jami xizmatlar ko‘rsatish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda professional menejment, kadrlarni tanlash, kreativ g‘oyalarni qo‘lllab-quvvatlash, investorlar va hamkorlarni jalb etish, oqilona strategik reja, yuqori salohiyatli kadrlar faoliyati, loyihalarni amalga oshirish salohiyati omillariga ustuvorlik beruvchi “RAXUS” modelini qo‘llash maqsadga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 5v-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 30-maydagi 03-10-17-4565-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijadorligi oshgan;
xizmat ko‘rsatish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishda innovasion infratuzilmani rivojlantirish asosida raqamli bozorlar orqali xizmatlar eksportini kengaytirishga yo‘naltirilgan “Raqamli konsalting milliy markazi” (Digital Consulting National Hub (DiCoH)) platformasi taklifidan Buxoro viloyati hokimining 2024-yil 16-avgustdagi “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 379-2-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 30-maydagi 03-10-17-4565-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi, xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishga mo‘ljallangan raqamli konsalting xizmatini yo‘lga qo‘yishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi mehmonxonalarning raqobatbardoshligini oshirishda o‘zaro birlashish, bozorga ta’sirini baholash hamda monopoliyaga qarshi kurashishda o‘zaro manfaatli hamkorlikka ustuvorlik beruvchi “Hanah-Kay” indeksidan foydalanish maqsadga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 5v-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 30-maydagi 03-10-17-4565-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Hannah-Kay indeksi (HKI>1,5) oraliqda bo‘lganligi hisobidan bozor konsentratsiyasini baholash aniqligi ortgan;
Buxoro viloyatida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining o‘zgarishiga viloyat aholisining ish bilan band qismi, tashrif buyurgan turistlar (xorijiy va mahalliy) soni, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subektlari sonining ta’sirini baholash asosida 2029-yilga qadar jami xizmatlar ko‘rsatish hajmining prognoz ko‘rsatkichlaridan Buxoro viloyati hokimining 2024-yil 16-avgustdagi “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 379-2-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 30-maydagi 03-10-17-4565-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatining jami xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamining o‘zgarishi natijasida viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi 2029-yilga borib 3,387 barobarga oshishi prognoz qilingan.