Saidov Ibrohim Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xo‘jalik jamiyatlarida direktor majburiyatlari doirasini belgilashning qiyosiy – huquqiy tahlili” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Yu1932
Ilmiy rahbar: Xodjaev Baxshillo Kamolovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Karahodjaeva Dilorom Mamirovna; yuridik fanlar nomzodi, Toshkent shahar iqtisodiy sudi sudyasi Berdiyarov Raxmatjon Tojinorovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston korporativ boshqaruv tizimida direktor majburiyatlari qanday tushunilishi, talqin qilinishi va amaliyotda qanday qo‘llanilishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor)ning umumiy majburiyatlari sifatidagi jamiyat ustavi asosida o‘ziga yuklatilgan vakolatlar doirasida jamiyatning foydasini ko‘zlab harakat qilishi; jamiyat muvaffaqiyatini qo‘llab quvvatlashi kabi majburiyatlarini muhimligi asoslantirib berilgan;
xo‘jalik jamiyatlari direktorlarining jamiyat manfaati uchun halol va vijdonan harakat qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita jamiyat manfaatlariga zid keladigan harakatlardan tiyilishi kabi majburiyatlarini qonunchilikka kiritish zarurligi asoslantirib berilgan;
jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘lishi, jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmasligi va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘lishlari lozimligi asoslantirib berilgan;
jamiyatning to‘lovga qobiliyasizligi shu jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor), kollegial ijro etuvchi organi yoki kuzatuv kengashi a’zosi yohud jamiyat ishtirokchisining g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda, bunday shaxs zimmasiga, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi, agar zarar bir necha shaxs tomonidan etkazilgan bo‘lsa, ular birgalikda solidar javobgar bo‘lishlari lozimligi asoslantirib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ishi bo’yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor)ning umumiy majburiyatlari sifatidagi jamiyat ustavi asosida o‘ziga yuklatilgan vakolatlar doirasida jamiyatning foydasini ko‘zlab harakat qilishi; jamiyat muvaffaqiyatini qo‘llab quvvatlashi to‘g‘risidagi majuriyatlarini belgilashdagi takliflari “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi 44-moddasi birinchi qismining birinchi va ikkinchi bandlarida o‘z ifodasini topgan (Adliya Vazirligining 2025-yil 14-fevraldagi 14/21-3/5-589-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarni amalga oshirilishi xo‘jalik jamiyatlari direktorlar tomonidan vakolat doirasidan chetga chiqish va va’kolatni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olishga xizmat qiladi.
jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor)ning jamiyat manfaati uchun halol va vijdonan harakat qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita jamiyat manfaatlariga zid keladigan harakatlardan tiyilishi kabi majburiyatlarini belgilashdagi takliflari “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasi 44-moddasi birinchi qismining uchinchi va to‘rtinchi bandlarida o‘z ifodasini topgan (Adliya Vazirligining 2025-yil 14-fevraldagi 14/21-3/5-589-son dalolatnomasi). Ushbu taklif jamiyat direktorlarining majburiyatlarini aniq belgilash, direktorlarning hisobdorlik va javobgarligini yanada kuchaytirish, kompaniya va ulushdorlar oldidagi mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi;
jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘lishi, jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmasligi va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘lishlari to‘g‘risidagi takliflari mazkur qonun loyihasining 4-moddasida o‘z ifodasini topgan (Adliya Vazirligining 2025-yil 14-fevraldagi 14/21-3/5-589-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi biznesda tavakkalchilikni oldini olish, investorlar huquqlari qonun himoyasida bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilgan;
jamiyatning to‘lovga qobiliyasizligi shu jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi (direktor), kollegial ijro etuvchi organi yoki kuzatuv kengashi a’zosi yohud jamiyat ishtirokchisining g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda, bunday shaxs zimmasiga, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi, agar zarar bir necha shaxs tomonidan etkazilgan bo‘lsa, ular birgalikda solidar javobgar bo‘lishlari mumkinligi to‘g‘risidagi takliflari mazkur qonun loyihasining 4-moddasida o‘z aksini topgan (Adliya Vazirligining 2025-yil 14-fevraldagi 14/21-3/5-589-son dalolatnomasi). Mazkur norma korporativ boshqaruv tizimida mas’uliyatni sezilarli darajada oshirishga xizmat qilgan.