Butaev Javlonbek Inatillo o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fond bozorini rivojlantirishda investisiyalar samaradorligini oshirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2962. 
Ilmiy rahbar: Rajabov Sherzod Umurzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshquvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Fond bozorini rivojlantirishda investisiyalar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ustav kapitalning kamida 15 foizi hajmida zaxira fondini tashkil etish bo‘yicha belgilangan talabni mas’uliyati cheklangan jamiyatlar uchun bekor qilish taklif etilgan;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy o‘tkazish taklif etilgan;
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlariga O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar singari foyda solig‘ining 5 foiz stavkasida belgilanish zarurligi asoslangan;
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanishi taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fond bozorini rivojlantirishda investisiyalar samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ustav kapitalning kamida 15 foizi hajmida zaxira fondini tashkil etish bo‘yicha belgilangan talabni mas’uliyati cheklangan jamiyatlar uchun bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi «Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-415-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 13-iyundagi 9/07-25-10019 ma’lumotnomasi). Natijada, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar  ixtiyorida qo‘shimcha moliyaviy resurs shakllanishiga, xarajatlar kamayishiga hamda sof foydani oshishiga imkoniyatlar yaratilgan.
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 13-iyundagi 9/07-25-10019 ma’lumotnomasi).  Natijada, fond bozorining milliy iqtisodiyotdagi mavqeini mustahkamlash hamda investisiyalarni jalb etishdagi rolini oshirish, birja savdolariga keng jamoatchilikni jalb qilish imkoniyati paydo bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarning aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlariga O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar singari foyda solig‘ining 5 foiz stavkasida belgilanishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ-90-son Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 13-iyundagi 9/07-25-10019 ma’lumotnomasi). Natijada, aksiyalari savdosiga aholi va investorlarni jalb etishni cheklovchi aksiyalarni yirik miqdorda savdoga chiqarish amaliyotini takomillashtirishga xizmat qilgan.
qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari uyushgan savdosida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzilganda sotuvchi (emitent bundan mustasno) tomonidan foyda solig‘i va daromad solig‘i o‘rniga bitim summasining 0,3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ-90-son Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 13-iyundagi 9/07-25-10019 ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatli qog‘ozlar bozori zamonaviy tendensiyalar asosida rivojlantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish