Ashurova Shahina Burhonjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Eksport zanjiri samaradorligini oshirish orqali O‘zbekistonning EOII mamlakatlariga tashqi savdo munosabatlarini kengaytirish”, 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt1646.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kurbanova Dilfuza Maksudovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, DSc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Baxtiyor Ruzumbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Kuldasheva Zebo Xoljigitovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) mamlakatlari bilan eksport zanjirining samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qiyosiy ustunlik (RCA) indeksi asosida EOII standartlariga mos ravishda tayyorlangan organik qishloq xo‘jalik (olma, uzum, o‘rik, qovun va pomidor), to‘qimachilik (paxta ip-kallavasi, trikotaj futbolkalar va sport kiyimlari) va kimyo mahsulotlari (ammoniy nitrat, xlorat va karbonatlar)ni eksportga yo‘naltirish orqali ularni ishlab chiqarish hajmini 32,5% ga ko‘paytirish imkoniyati asoslangan;
EOII mamlakatlariga eksportni ko‘paytirish maqsadida eksportbob mahsulotlarni ekin ekish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash, sotish zanjirlarini to‘la qamrab olgan uch yillik dastur ishlab chiqish taklif etilgan;
sifatni jahon standartlari talablariga moslash va milliy brendlarni shakllantirish asosida sabzavot va mevalar po‘stlog‘i hamda danagini qayta ishlash orqali fitosanitar ruxsatnomalarga ega eksport mahsulot turlarini 25 tadan 30 taga etkazish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonning milliy raqobatbardosh salohiyatidan kelib chiqqan holda EOII mamlakatlariga eksport hajmini 2030 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eksport zanjiri samaradorligini oshirish orqali O‘zbekistonning EOII mamlakatlariga tashqi savdo munosabatlarini kengaytirish asosida ishlab chiqilgan takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
yuqori eksport qiymatiga ega organik qishloq xo‘jalik - olma, uzum, o‘rik, qovun va pomidormahsulotlarini qayta ishlab, ularga xalqaro standartlarga mos elektron fitosanitar va sifat sertifikatlarini berish orqali istiqbolli bozorlarga eksportga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-136-son qarori bilan tasdiqlangan dasturni (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/06-04-499-son ma’lumotnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 apreldagi PQ-146-son qarorida nazarda tutilgan “Made in Uzbekistan” milliy brendi asosida mahsulotlar eksportini oshirish chora-tadbirlari (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025 yil 2 apreldagi 05-78-1-00383-son ma’lumotnomasi)ni ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, 2025 yil yarim yilligida meva va sabzavot mahsulotlari eksporti 32,5% ga oshirilishiga erishilgan;
EOII mamlakatlariga eksportni ko‘paytirish maqsadida eksportbob mahsulotlarni ekin ekish, mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash, sotish zanjirlarini to‘la qamrab olgan uch yillik dastur ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-136-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishni sanoatlashtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha” chora tadbirlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/06-04-499-son ma’lumotnomasi). Natijada, EOII mamlakatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportini amalga oshirishda yagona zanjirni shakllantirish orqali eksport hajmini ko‘paytirishga erishilgan;
sifatni jahon standartlari talablariga moslash va milliy brendlarni shakllantirish asosida sabzavot va mevalar po‘stlog‘i hamda danagini qayta ishlash orqali fitosanitar ruxsatnomalarga ega eksport mahsulot turlarini 25 tadan 30 taga etkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-136-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/06-04-499-son ma’lumotnomasi). Natijada, istiqbolli bozorlar soni 8 ta mamlakatga va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar turi 30 tagacha ko‘paygan;
O‘zbekistonning milliy raqobatbardosh salohiyatidan kelib chiqqan holda EOII mamlakatlariga eksport hajmini 2030 yilga qadar prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-136-son qarorida belgilangan 2025-2026 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 27 avgustdagi 05/06-04-499-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda aniqlangan omillar ta’sirida eksport hajmi 2026 yilda 20% ga ko‘payishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish