Nodirov Tulqin Saidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Onalar va go‘daklar o‘limini sabab-oqibat bog‘liqliginig gigienik jihatlari», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib3419.
Ilmiy rahbar: Mamatqulov Bahromjon Mamatqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tuxtarov Baxrom Eshnazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universtiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: onalar va go‘daklar o‘limining yetakchi xavf omillari, ularning sabab va oqibat bog‘liqligini gigienik jihatlarini o‘rganish hamda ularni oldini olish va kamaytirishga qaratilgan ilmiy asoslangan profilaktik chora-tadbirlar takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
onalar o‘limining asosiy sabablaridan biri hisoblangan qag‘onoq suvining erta yorilishi bilan atrof-muhit omillari, xususan havo yuqori harorati hamda atmosfera bosimi dinamikasi o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
ilk bor go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichlari hududiy taqsimlanishi tahlil qilinib, ularning tabiiy-geografik omillarga (tog‘li, tog‘ oldi va shartli cho‘l hududlari) korrelyasion bog‘liqligi hamda hududlar o‘rtasida bir-biridan farq qilishi ilmiy asoslangan;
onalar va go‘daklar o‘limiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari (ekstragenital kasalliklar, 19 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik, besh va undan ortiq homiladorlik holatlari, oilaviy psixoemotsional muhit, chaqaloqning tug‘ilish vazni 2500 grammdan kam bo‘lishi, ona ta’limi darajasi, qarindoshlar o‘rtasida nikoh, ovqatlanish xususiyatlari, ijtimoiy maqom va yashash sharoitlari) yetakchi xavf omillari ekanligi, ularning birgalikda uchrashi va ta’siri o‘lim holatlarini keskin oshishiga olib kelishi isbotlangan;
onalar va go‘daklar o‘limining yetakchi xavf omillarini kompleks baholash imkonini beruvchi prognostik jadval ishlab chiqilib, o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish hamda ularni oldini olishga qaratilgan ko‘p bosqichli tizimli gigienik va ijtimoiy-profilaktik tadbirlar mintaqaviy sharoitlarga moslashtirilib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Onalar va go‘daklar o‘limini sabab-oqibat bog‘liqliginig gigienik jihatlarini o‘ziga xos xususiyatlarni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: onalar o‘limining asosiy sabablaridan biri hisoblangan qag‘onoq suvining erta yorilishi bilan atrof-muhit omillari, xususan havo yuqori harorati hamda atmosfera bosimi dinamikasi o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Qarshi davlat universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 mayda 10-son bilan tasdiqlangan «Go‘daklar o‘limining sodir bo‘lishidagi omillar, hisoblash usullari va uni kamaytirishda samarali choralar» hamda «Onalar o‘limi uni keltirib chiquvchi sabablar va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 03.10.2024 yildagi 1299-2-36/TB2024-son, Qorovulbozor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.10.2024 yildagi 16-son, Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.10.2024 yildagi 3590-12-180-TB/2024-son hamda Urganch tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 12.10.2024 yildagi 3756-12-173-TB/2024 yildagi buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 11/68-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan tadqiqot natijalari asosida olingan amaliy ahamiyatga molik xulosalar aholi orasida onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirishga hamda aholi orasida turmush sharoiti va tibbiy madaniyatni rivojlantirishga buning natijasida esa aholi salomatlik ko‘rsatkichlari yaxshilanish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: oilaviy shifokorlar hamda patronaj hamshiralari onalar va bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar orasida kasallikning oldini olishga qaratilgan sanitar targ‘ibot ishlari o‘z vaqtida olib borilishi natijasida tibbiy yordamga murojaat qiladigan onalar va go‘daklar ulushini 68% dan 51% gacha kamaytirish hisobiga har 100 nafar go‘dakka 44500000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichlari hududiy taqsimlanishi tahlil qilinib, ularning tabiiy-geografik omillarga (tog‘li, tog‘ oldi va shartli cho‘l hududlari) korrelyasion bog‘liqligi hamda hududlar o‘rtasida bir-biridan farq qilishi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar Qarshi davlat universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 mayda 10-son bilan tasdiqlangan «Go‘daklar o‘limining sodir bo‘lishidagi omillar, hisoblash usullari va uni kamaytirishda samarali choralar» hamda «Onalar o‘limi uni keltirib chiquvchi sabablar va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 03.10.2024 yildagi 1299-2-36/TB2024-son, Qorovulbozor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.10.2024 yildagi 16-son, Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.10.2024 yildagi 3590-12-180-TB/2024-son hamda Urganch tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 12.10.2024 yildagi 3756-12-173-TB/2024 yildagi buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 15 fevraldagi 11/68-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: ushbu tavsiyalar onalar va go‘daklar o‘limini, xavf omillari yuqori bo‘lgan oilalarni bashorat qilishga, onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirish va oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: ona va go‘daklar salomatligida muammolari bo‘lgan homilador tuqqan ayollarni davolash va reabilitatsiya qilish zaruratining kamayishi hisobiga etkazilgan moddiy zarar miqdorini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
uchinchi ilmiy yangilik: onalar va go‘daklar o‘limiga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari (ekstragenital kasalliklar, 19 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik, besh va undan ortiq homiladorlik holatlari, oilaviy psixoemotsional muhit, chaqaloqning tug‘ilish vazni 2500 grammdan kam bo‘lishi, ona ta’limi darajasi, qarindoshlar o‘rtasida nikoh, ovqatlanish xususiyatlari, ijtimoiy maqom va yashash sharoitlari) yetakchi xavf omillari ekanligi, ularning birgalikda uchrashi va ta’siri o‘lim holatlarini keskin oshishiga olib kelishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Qarshi davlat universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 mayda 10-son bilan tasdiqlangan «Go‘daklar o‘limining sodir bo‘lishidagi omillar, hisoblash usullari va uni kamaytirishda samarali choralar» hamda «Onalar o‘limi uni keltirib chiquvchi sabablar va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 03.10.2024 yildagi 1299-2-36/TB2024-son, Qorovulbozor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.10.2024 yildagi 16-son, Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.10.2024 yildagi 3590-12-180-TB/2024-son hamda Urganch tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 12.10.2024 yildagi 3756-12-173-TB/2024 yildagi buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/68-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: doimiy monitoring, ambulatoriya va poliklinika muassasalarida homilador ayollar, onalar va bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklarning salomatligi ko‘rsatkichlaridagi og‘ishlarni nazorat qilishni ta’minlash va ularda patologiyalar va patologik holatlar rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf omili baholanganlar orasida 21 % yuqori xavf borligi aniqlangan va ular orasida olib borilgan profilaktik chora-tadbirlar natijasida yuqori xavf guruhlariga kiruvchilarni 12% gacha kamaytirish, ya’ni yuqori xavf guruhidan xavf past bo‘lgan guruhga o‘tkazishga erishilgan va natijada Onalar va go‘daklar davolash uchun sarf bo‘lishi mumkin bo‘lgan 8456000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: onalar va go‘daklar o‘limining yetakchi xavf omillarini kompleks baholash imkonini beruvchi prognostik jadval ishlab chiqilib, o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirish hamda ularni oldini olishga qaratilgan ko‘p bosqichli tizimli gigienik va ijtimoiy-profilaktik tadbirlar mintaqaviy sharoitlarga moslashtirilib takomillashtirilganligi bo‘yicha takliflar Qarshi davlat universitetining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 mayda 10-son bilan tasdiqlangan «Go‘daklar o‘limining sodir bo‘lishidagi omillar, hisoblash usullari va uni kamaytirishda samarali choralar» hamda «Onalar o‘limi uni keltirib chiquvchi sabablar va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Kogon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 03.10.2024 yildagi 1299-2-36/TB2024-son, Qorovulbozor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 04.10.2024 yildagi 16-son, Urganch shaxar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 11.10.2024 yildagi 3590-12-180-TB/2024-son hamda Urganch tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 12.10.2024 yildagi 3756-12-173-TB/2024 yildagi buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/68-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: oilaviy shifokorlar xavf guruhiga kiruvchi onalar va go‘daklarni nazoratiga olishlari, ayniqsa ekstragenital kasalliklari mavjud onalar, homiladorlik soni 5 va undan ko‘p bo‘lishi, go‘daklar o‘limiga esa tug‘ilgandagi vaznni 2500 gr.dan kam bo‘lganlarni doimiy nazoratini olib borishi va ularda paydo bo‘lgan qo‘rquv holatlarini kamaytirishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori xavf guruhiga kiruvchi 16% onalar va go‘daklarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri viloyat yoki zarurat bo‘lganda Respublika perinatal markazlariga yuborish. Yuqori xavf guruhiga kirmagan funksional va laborator tahlillari yaxshi chiqqan homiladorlarni va go‘daklarni birlamchi profilaktik chora-tadbirlarni olib borish tavsiya etilgan va bu bilan bemorlarning asossiz va tartibsiz davolanish holatlarining oldi olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish