Axmedova Umidaxon Maripjanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida islohotlarning amalga oshirilishi (Farg‘ona vodiysi misolida, 1991–2016-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar765.
Ilmiy rahbar: Komilov Oybek Kamilovich – tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avazbek Abdullaevich – tarix fanlari doktori, Oxunjonova Shahodatxon Yusufjon qizi – tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991–2016-yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar jarayonlari tarixini Farg‘ona vodiysi viloyatlari kesimida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikka erishilgandan so‘ng respublika, qolaversa, Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazish va unda xususiy mulkchilikning turli shakllarini qaror toptirish, “sovetcha” andozadagi xo‘jaliklar faoliyatiga barham berish orqali, ularning zaminida dastlab dehqon va so‘ngra fermer xo‘jaliklariga asos solinishi agrar sektordagi islohotlarning haqiqiy mazmundagi amaliy natijasi bo‘lganligi asoslab berilgan; 
Farg‘ona vodiysida 1991–2016-yillarda faoliyatda bo‘lgan fermer xo‘jaliklari besh bosqichda isloh qilinib, birinchi bosqich, 1991–1997-yillarda bu xo‘jaliklarning shakllanganligi, ikkinchi bosqich 1998–2001-yillarda fermer xo‘jaliklari faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasi yaratilganligi, uchinchi bosqich 2002–2007-yillarda doimiy zarar ko‘rib ishlagan istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklari tugatilganligi, islohotlarning to‘rtinchi bosqichi 2008–2011-yillarda fermer xo‘jaliklarining hajmi optimallashtirilganligi, iqtisodiy samaradorligi yuksaltirilganligi, oxirgi islohot bosqichi 2011-yildan boshlanib, u ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lganligi ochiqlangan;
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari agrar tarmog‘ini modernizatsiya qilish jarayoni asosan sohaga oid malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi, bozor munosabatlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hududda zamonaviy qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarining tashkil etilganligi, tadqiq etilgan yillarda “Andijon qishloq xo‘jalik instituti” vodiy bo‘yicha raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash ishiga ko‘maklashib kelganligi, muassasaning Germaniya hamda Ispaniya kabi davlatlar bilan tarmoqlararo o‘zaro tajriba almashishi natijasida xalqaro grantlar orqali mintaqadagi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga hissa qo‘shganligi tahlil qilingan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlarida vodiy viloyatlarida tarmoqni mexanizatsiyalashning joriy etilishi va yo‘lga qo‘yilishi,bu tadbirlarning aynan 1998-yildan ommalashganligi birinchi galda dehqonchilikni har tomonlama taraqqiy ettirishga ko‘mak berganligi hamda agrar ishlab chiqarishning zamonaviy, eng so‘nggi rusumdagi qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlash maqsadida yetakchi xorij davlatlarining ilg‘or kompaniyalari bilan hamkorlikda sohaga doir zarur texnikalarni mamlakatda ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilganligi, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalardan muhofaza qilish uchun kimyoviy (biokimyoviy) usullarning qo‘llanilishini kamaytirish asnosida biologik usullarni keng qo‘llash va tatbiq etish orqali ekologik toza va jahon andozalariga mos bo‘lgan eksportbop oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yaratishga erishilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991–2016-yillarda Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
mustaqillikka erishilgandan so‘ng respublika, qolaversa, Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazish va unda xususiy mulkchilikning turli shakllarini qaror toptirish, “sovetcha” andozadagi xo‘jaliklar faoliyatiga barham berish orqali, ularning zaminida dastlab dehqon va so‘ngra fermer xo‘jaliklariga asos solinishi agrar sektordagi islohotlarning haqiqiy mazmundagi amaliy natijasi bo‘lganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanali ko‘rsatuvida nazariy jihatdan hamda mavzu bo‘yicha maxsus ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalining 2024-yil 27-fevraldagi 01-12-160-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tomoshabinlarga 1991–2016-yillarda Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligida olib borilgan islohotlar jarayonlari haqida obektiv ma’lumotlar etkazib berishga xizmat qilgan.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari agrar tarmog‘ini modernizatsiya qilish jarayoni asosan sohaga oid malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi, bozor munosabatlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hududda zamonaviy qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarining tashkil etilganligi, tadqiq etilgan yillarda “Andijon qishloq xo‘jalik instituti” vodiy bo‘yicha raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash ishiga ko‘maklashib kelganligi, muassasaning Germaniya hamda Ispaniya kabi davlatlar bilan tarmoqlararo o‘zaro tajriba almashishi natijasida xalqaro grantlar orqali mintaqadagi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga hissa qo‘shganligiga doir ilmiy tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanali ko‘rsatuvida nazariy jihatdan hamda mavzu bo‘yicha maxsus ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalining 2024-yil 27-fevraldagi 01-12-160-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitishga, teletomoshabinlarning 1991–2016-yillarda Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligida olib borilgan islohotlar jarayonlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysida 1991–2016-yillarda faoliyatda bo‘lgan fermer xo‘jaliklari besh bosqichda isloh qilinib, birinchi bosqich, 1991–1997-yillarda bu xo‘jaliklarning shakllanganligi, ikkinchi bosqich 1998–2001-yillarda fermer xo‘jaliklari faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasi yaratilganligi, uchinchi bosqich 2002–2007-yillarda doimiy zarar ko‘rib ishlagan istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklari tugatilganligi, islohotlarning to‘rtinchi bosqichi 2008–2011-yillarda fermer xo‘jaliklarining hajmi optimallashtirilganligi, iqtisodiy samaradorligi yuksaltirilganligi, oxirgi islohot bosqichi 2011-yildan boshlanib, u ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-41-sonli “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining nazariy metodologik asoslari va yo‘nalishlarini belgilash mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 9-apreldagi 01-09/1860-son ma’lumotnomasi). Mazkur materiallardan loyiha doirasida atroflicha foydalanilish Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligi sohasi faoliyati bo‘yicha yangi tarixiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritilishiga ko‘mak bergan.
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlarida vodiy viloyatlarida tarmoqni mexanizatsiyalashning joriy etilishi va yo‘lga qo‘yilishi (bu tadbirlarning aynan 1998-yildan ommalashganligi birinchi galda dehqonchilikni har tomonlama taraqqiy ettirishga ko‘mak berganligi) hamda agrar ishlab chiqarishning zamonaviy, eng so‘nggi rusumdagi qishloq xo‘jalik texnikalari bilan ta’minlash maqsadida yetakchi xorij davlatlarining ilg‘or kompaniyalari bilan hamkorlikda sohaga doir zarur texnikalarni mamlakatda ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilganligi, qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalardan muhofaza qilish uchun kimyoviy (biokimyoviy) usullarning qo‘llanilishini kamaytirish asnosida biologik usullarni keng qo‘llash va tatbiq etish orqali ekologik toza va jahon andozalariga mos bo‘lgan eksportbop oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yaratishga erishilganligi bilan bog‘liq ma’lumotlar “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining JHBL-41-sonli “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining nazariy metodologik asoslari va yo‘nalishlarini belgilash mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar ilmiy – tadqiqot institutining 2024-yil 9-apreldagi 01-09/1860-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim qilingan ma’lumotlar loyiha doirasida atroflicha foydalanilish Farg‘ona vodiysi qishloq xo‘jaligi sohasi faoliyati bo‘yicha materiallari ilmiy dolzarbligining yanada ortishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish