Qosimova Hilola Jamshedovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Barqaror rivojlanish strategiyasi asosida mintaqaviy sanoatlashuvni kuchaytirish yo‘nalishlari”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt361.
Ilmiy rahbar: Yavmutov Dilshod Shoyimardonkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xidirova Gavhar Rustamovna iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda mintaqaviy sanoatlashuvni barqaror rivojlanish strategiyasi asosida amalga oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“og‘ir” hududlarni “ilg‘or sanoat korxonasi” loyihalari hamda hudud drayverlariga asoslangan holda oziq-ovqat, tekstil-to‘qimachilik, elektrotexnika, charm-poyabzal, zargarlik, mebelsozlik, qurilish materiallari, polimer-kimyo va mashinasozlik sanoat tarmoqlariga ixtisoslashtirgan holda rivojlantirish taklifi asoslangan;
Hududlarni barqaror rivojlantirishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda kichik va o‘rta biznesni “CSV” va “CSR”, yirik va strategik korxonalarni “ESG” va “RBC”, hududlarning investision jozibadorligini oshirishda “ESG” va “CSV”, davlat va xususiy sheriklikni rivojlantirishda “SDG” tamoyillariga ustuvorlik bergan holda foydalanish taklifi asoslangan;
“Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostida milliy sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini global qo‘shilgan qiymat zanjiriga integratsiyalashuvining samarali yondoshuvi asoslangan;
o‘rta muddatli istiqbolda mintaqaviy sanoatlashuvni barqaror rivojlantirish strategiyasi asosida amalga oshirishning samaradorligi bo‘yicha bazaviy, pessimistik va optimistik ssenariyalarga asoslangan 2026-2030 yillar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Barqaror rivojlanish strategiyasi asosida mintaqaviy sanoatlashuvni kuchaytirish yo‘nalishlari borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“og‘ir” hududlarni “ilg‘or sanoat korxonasi” loyihalari hamda hudud drayverlariga asoslangan holda oziq-ovqat, tekstil-to‘qimachilik, elektrotexnika, charm-poyabzal, zargarlik, mebelsozlik, qurilish materiallari, polimer-kimyo va mashinasozlik sanoat tarmoqlariga ixtisoslashtirgan holda rivojlantirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-dekabrdagi 684-son qarorining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilishva iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil 26-iyundagi 03-03/1-03/3-6330-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi asosida respublika hududlari kesimida tadbirkorlik sub'ektlariga ochiq tanlov asosida taklif qilinadigan yirik sanoat loyihalarining taqsimotini amalga oshirishga erishilgan;;
Hududlarni barqaror rivojlantirishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda kichik va o‘rta biznesni “CSV” va “CSR”, yirik va strategik korxonalarni “ESG” va “RBC”, hududlarning investision jozibadorligini oshirishda “ESG” va “CSV”, davlat va xususiy sheriklikni rivojlantirishda “SDG” tamoyillariga ustuvorlik bergan holda foydalanish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-sonli “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasi 67-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 26-iyundagi 03-03/1-03/3-6330-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi orqali respublika viloyatlari sanoatlashuvini amalga oshirishdagi davlat siyosati va qonuniy tartiblar, hamda ekologik standartlar bilan bog‘liq biznes strategiyalarini shakllantirishga erishilgan.
“Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostida milliy sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini global qo‘shilgan qiymat zanjiriga integratsiyalashuvining samarali yondoshuvi asoslangan taklifilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-sonli “Sanoat sohasida xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilishva iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil 26-iyundagi 03-03/1-03/3-6330-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi mintaqaviy sanoatlashuvni barqaror rivojlantirish diorasida sanoat ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishda “Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostida xalqaro brendlar bilan integratsion munosabatlarga kirishishni jadallashuviga xizmat qilgan.
o‘rta muddatli istiqbolda mintaqaviy sanoatlashuvni barqaror rivojlantirish strategiyasi asosida amalga oshirishning samaradorligi bo‘yicha bazaviy, pessimistik va optimistik ssenariyalarga asoslangan 2026-2030 yillar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-sonli ““O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonning 1-ilovasi, 47-48-maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilishva iqlim o‘zgarishi vazirligi 2025-yil 26-iyundagi 03-03/1-03/3-6330-sonli ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy etish asosida mamlakat hududlarining sanoatni rivojlantirish salohiyatidan ularning nisbiy ustunliklaridan kelib chiqqan holda respublika viloyatlarini sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishi salohiyatidan kelib chiqib, ularning ixtisoslashuv jarayonlarini kuchaytirishga erishiladi.