Pulatov Biktamish Johonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).   
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped697  
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Zayniddin Yavkachevich– Iqtisodiyot fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish  instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Murodov Baxtiyor Baxodirovich yuridik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.   
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: maxsus fanlarni o‘qitishda eksperimental kompleks yondashuvlardan foydalangan holda professional kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Huquqiy soha uchun xos bo‘lgan maxsus fanlarni o‘qitishda innovatsion, amaliyotga yo‘naltirilgan metodik yondashuvlar tizimlashtirilib, ularning samaradorligi ilmiy asosda tahlil qilindi.
    Professional kadrlarni tayyorlashda ilmiy asoslangan metodik yondashuvlar orqali ta’lim samaradorligini oshirish, tanqidiy fikrlash va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik imkoniyatlar kengaytirildi.
    “Jinoyat huquqi” fanini zamonaviy ta’lim texnologiyalari (E-learning, Blended Learning, Experiential Learning, Collaborative Learning) asosida o‘qitish modeli ishlab chiqildi va amaliyotda qo‘llash mexanizmlari asoslab berildi.
    Maxsus fanlarni o‘qitishda rivojlantiruvchi dasturiy ta’minotlarning huquqiy ta’limga integratsiyalashuvi bo‘yicha Eksperimental yondashuv asosida o‘quvchilar bilimlari, ko‘nikmalari va ijodiy faoliyatini baholash tradision imtihonlar, testlar  interaktiv va maxsus fanlarini o‘rganish jarayonida amaliy muammolarni hal qilishga ustuvorlik berish orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Kasbiy ta’limda maxsus fanlarni o‘qitishda ekspremental yondashuv asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
maxsus fanlarni o‘qitish jarayonini tashkil etishda tadqiqot ishlari yuzasidan dastlabki tajriba-sinov ishlarini olib borishda dastlab natijalarni olish va mavjud muammolarni aniqlash uchun anketa-so‘rovlari o‘tkazilib ilmiy xulosalar qilingan;
tajriba-sinov ishlari jarayonida tadqiqotchi tomonidan eksperimental kompleks yondashuvlar asosida o‘rta bo‘gʻin kadrlarni tayyorlashda maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid  yaxlit pedagogik jarayon ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etilgan.
Tadqiqot jarayonida eksperimental kompleks yondashuvlar asosida o‘rta bo‘gʻin kadrlarni tayyorlash metodikasini takomillashtirishda quyidagilar alohida ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi: yuridik texnikum o‘quvchilarining umumiy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning maxsus fanlarni o‘qitishda ularning  axborot-metodik taʻminotini ishlab chiqish va pedagogik imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan tashkiliy-metodik, taʻlimiy-pedagogik hamda tuzilmaviy-mazmunli xususiyatlarini o‘zlashtirishga ustuvorlik berish zarurati isbotlandi.
Bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion tajribaga ega bo‘lgan amaliyotlar bazasidan tayyorlash muhiti yaratildi.  
“Maxsus fanlarni amaliyotga yo‘naltirib o‘qitish jarayoni uchun taʻlimiy dasturiy taʻminoti” yaratilgan va taʻlim jarayonida tajriba-sinovidan o‘tkazildi.
Tadqiqot ishi davomida o‘tkazilgan anketa so‘rovnomalar asosida maxsus fanlarni o‘qitish jarayonidagi aniqlangan muammolar hamda kasbiy faoliyatidagi muammoli vaziyatlarni bartaraf etishda kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish zarurligi aniqlandi. Mazkur muammolarni bartaraf etishda xorijiy tajribalarga tayangan holda mustaqil ta’limga yo‘naltirilgan 24 soatga mo‘ljallangan qisqa muddatli maxsus kurs va uning uslubiy taʻminoti ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan. “Eksperimental kompleks yondashuvlar asosida maxsus fanlarni o‘qitishni tashkil etish” nomli uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan. Natijadan ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarda kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish