Raupov Jamshid Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron tijoratning geolokatsion platformasi konsepsiyasini ishlab chiqishni takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” bo‘yicha ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3372
Ilmiy rahbar: Eshchanov Baxtiyor Ruzimbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, DSc.19/04.07.2023.1.88.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kenjabaev Aman Turg'unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Munis Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Inha Universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Elektron tijoratning geolokatsion platformasi konsepsiyasini ishlab chiqish va asoslashdan iborat bo‘lib, unga uning faoliyat yuritish modellari, usullari va algoritmlarini tanlash, shuningdek iqtisodiy samaradorlik va barqarorlikni baholash kiradi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
mahalliy ehtiyojlar va turli foydalanuvchilar toifalariga moslashtirilgan, e’lonlar taxtasi va marketplace funksiyalarini birlashtiruvchi, C2C, B2B, B2C, C2B kabi gibrid biznes-model asosidagi elektron tijoratning geolokatsion platformasi konsepsiyasi ishlab chiqilgan; 
foydalanuvchilar ishonchini oshirish, obro‘ va tranzaksion xatarlarni kamaytirish hamda konversiya ko‘rsatkichlarini yaxshilashni ta’minlovchi biometrik identifikatsiyaga asoslangan sotuvchilar va ijrochilarning ishonchlilik reytingi asoslab berildi va amaliyotga joriy etilgan;  
geoxizmatlar, kontentni boshqarish tizimi, analitik modullar, foydalanuvchi interfeyslari va APIlarni o‘z ichiga oluvchi integratsiyalashgan axborot tizimi yaratildi hamda geolokatsion platforma arxitekturasi taklif qilingan. Ushbu tuzilma mahalliy bozor shaffofligini ta’minlash, sotuv kanallarini kengaytirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish va mintaqaviy raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi;  
geolokatsion platformaning iqtisodiy samaradorligi prognoz qilinib, turli rivojlanish ssenariylari asosida potensial daromad va sof foydani hisoblash orqali uning barqarorligi va tijoratga layoqatliligi baholangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Elektron tijoratning geolokatsion platformasi konsepsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi ilmiy yangiliklar amaliyotga joriy etilgan:    
Gibrid biznes-modelga (C2C, B2B, B2C, C2B) asoslangan geolokatsion elektron tijorat platformasi konsepsiyasi ishlab chiqilib, e’lonlar taxtasi va marketpleys funksiyalarini birlashtirgan holda, “GOLD TEK” MChJ (“Sagban” savdo belgisi) amaliy faoliyatiga joriy etilgan (“GOLD TEK” MChJning 2024-yil 21-maydagi 5/11-sonli dalolatnomasi). Ushbu joriy etish natijasida geolokatsiyaga asoslangan samarali qidiruv ta’minlandi va shaxsiylashtirilgan takliflar hamda impulsiv xaridlarni rag‘batlantirish hisobiga o‘rtacha chek 10 % ga oshgan;    
Sotuvchilar va ijrochilarning ishonchlilik reytingini biometrik identifikatsiya asosida yaratish va joriy etish bo‘yicha ilmiy yangiliklar “GOLD TEK” MChJ (savdo markasi “Sagban”) platformasida amalga oshirilgan (“GOLD TEK” MChJning 2024-yil 21-maydagi 5/11-sonli dalolatnomasi). Ushbu vosita foydalanuvchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish va turli xil firibgarlik shakllarining oldini olishni ta’minladi. Natijada firibgarlik holatlari va mahsulotni qaytarishlar 25 % ga kamaydi, bu esa foydalanuvchilarning ishonchini mustahkamladi, operatsion xarajatlarni kamaytirgan va konversiya ko‘rsatkichlarini oshirgan;        
Geoservislar, kontentni boshqarish tizimi, analitika, interfeyslar va API ni o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan axborot tizimi va platforma arxitekturasini yaratish bo‘yicha ilmiy yangiliklar «ALI-YaNGI DAVR IMP-EXP TEXTILE» MChJ QK faoliyatiga joriy etilgan (“ALI-YaNGI DAVR IMP-EXP TEXTILE” MChJ QKning 2024-yil 21-maydagi 65-sonli dalolatnomasi). Ushbu echim aholiga va kompaniyalarga tovar va xizmatlarga tezkor va optimal kirish imkoniyatini, shuningdek, mahalliy bozor shaffofligini ta’minladi. Natijada sotuvchilar savdo hajmini kamida 15 % ga oshirdi, kichik biznes va turizm sektori daromadlari esa sotuv kanallarining kengayishi hisobiga 20 % ga ko‘paydi;
Geolokatsion platformaning iqtisodiy samaradorligini prognoz qilish bo‘yicha ilmiy yangiliklar biznes-modelning barqarorligi va tijoriy hayotiyligini baholash vositasi sifatida joriy etilgan (“ALI-YaNGI DAVR IMP-EXP TEXTILE” MChJ QKning 2024-yil 21-maydagi 65-sonli dalolatnomasi). Modellashtirish natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston elektron tijorat bozorining o‘sishi sharoitida 2030-yilga borib platformaning sof foydasi rivojlanish ssenariylariga qarab 1,10 mln. dan 5,71 mln. AQSh dollarigacha etishi mumkin, bu esa ishlab chiqilgan modelning yuqori daromad potensialini tasdiqlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish