Fayzullaeva Dilfuza Baxadirovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «OIV bilan infisirlangan bemorlarda periferik limfa tugunlari sili diagnostikasi va davosiga yondashuvni optimallashtirish», 14.00.26–Ftiziatriya va 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib217.

Ilmiy maslahatchi: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.01.

Rasmiy opponentlar: Sadikov Abduvaxit, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: OIV bilan kasallangan bemorlardagi periferik limfa tugunlari silini tashxislash va davolash yondashuvlarining optimallashtirishdan  iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor odam immuntanqislik virusi infeksiyasi mavjud bemorlarda sil limfadenitining klinik kechish xususiyatlari, an’anaviy va zamonaviy diagnostika usullarining diagnostik ahamiyati aniqlangan;

biologik substratlarda sil mikobakteriyasini aniqlashda immunogistokimyoviy tekshiruv usullarining yuqori informativligi isbotlangan;

OIV-infeksiyali bemorlarda sil limfadenitini tashxislash uchun diagnostik algoritm taktikasi ishlab chiqilgan;

OIV-infeksiyali bemorlarda periferik limfa tugunlar silini kompleks davolash usullari ishlab chiqilgan;

OIV-infeksiyali bemorlarni davolashda retrovirusga qarshi preparatlarning samarasiga ta’sir etuvchi odam genetik omili va ularning davolashga javob xususiyatlari aniqlanib, davolash samaradorligini bashorat qiluvchi genetik mezonlar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

OIV bilan kasallangan bemorlardagi periferik limfa tugunlari silini tashxislash va davolash yondashuvlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«OIV-assotsirlangan sil limfadeniti diagnostikasi va differensial diagnostikasi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 iyuldagi 8n-d/160-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma OIV ga bog‘liq sil kasalliklari bilan kasallangan limfadenitni tashxislash va davolashni yaxshilash mexanizmini tatbiq qilish imkonini bergan;

«Opportunistik infeksiyali bemorlarni davolash taktikasi», «OIV va sil kasalligi», «OIV va virusli S gepatit bemorlarni davolash taktikasi», «OIV va virusli V gepatit bemorlarni davolash taktikasi», uslubiy qo‘llanmalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 iyuldagi 8n-d/160-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanmalar Sog‘liqni saqlash vazirligining «OIV infeksiyasi bo‘yicha milliy klinik protokollarni amaliyotga tatbiq etish to‘g‘risida»gi 2018 yil 30 apreldagi 277-son buyrug‘iga asos bo‘lgan;

«OIV-infeksiyasi bo‘yicha milliy klinik protokollarni amaliyotga tatbiq etish to‘g‘risida»gi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 4 martdagi 81-son buyrug‘i tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 iyuldagi 8n-d/160-son ma’lumotnomasi). Mazkur buyruq OIV bilan kasallangan bemorlardagi opportunistik kasalliklar bilan bir vaqtda periferik limfa tugunlari silini ham tashxislash va davolash yondashuvlarining optimallashtirishda asos bo‘lgan;

OIV bilan kasallangan bemorlardagi periferik limfa tugunlari silini tashxislash va davolash yondashuvlarining optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi klinikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyat silga qarshi dispanserlari hamda Toshkent shahar 1-sonli shahar klinikasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 iyuldagi 8n-d/160-son ma’lumotnomasi). Natijada OIV bilan xastalangan bemorlarni davolash tizimini to‘g‘ri tashkillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish